Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 
2. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qiling. 


3. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
4. Ikkinchi baytda
 «oh»
va
 «Moh»
so'zlari o'rtasidagi bog'liqlik, shuningdek, 
to'rtinchi baytdagi
 «nazar»
so'zining g'azal qofiyasiga olingan so'zlar bilan 
ohangdoshligi qay darajada ahamiyatga ega ekanini tushuntiring. 
5. Beshinchi baytdagi Yoqub timsoli bilan bog'liq talmihni izohlang. 
6. Maqta'da Lutfiyning yuzi oltinni yashirgani zamirida qanday ma'no ko'zda 
tutilgan? 
7. G'azalni yodlang. 
«BU KO'NGULDUR, BU KO'NGUL» RADIFLI G'AZAL 
Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul, 
Xor-u rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun 
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
Meni yozg'urma «sevar» debki, mening haddim emas, 
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
«Borma», derlar, «eshiki son damo-dam», netayin, 
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
Tori mo'yin havasi birla qorong'u kechada 
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
Dushman-u do'st orasinda men g'ofilni mudom, 
Besar-u po qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
O'zgadin ko'rmaki ko'zung yoshini, ey Lutfiy, 
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul. 
G'azal an'anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt-
dan iborat. Vazni - ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur), 
ya'ni
 foilotun - foilotun - foilotun - foilun
(yoki
 foilon). 
Taqte'si: - V - - / - V - - / - V - - / - V - (
y o
ki 
- V ~ ). 
Bu asarida shoir endi besh so'zdan iborat radif qo'lla-
gan
 («qi-ladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul»).
G'azal 
79 


radifidagi barcha so'zlar - turkiy
 («qiladitrg'on bu ko'n-
guldur, bu ко ngul»).
Qofiyasi - arabiy-forsiy kalimalar-
dan
 («shaydo - rasvo - yo - tamanno - taqozo -
savdo - po - daiyo»)
tashkil topgan. 
Ko'ngil mumtoz she'riyatimizning asosiy tasvir manbayi 
hisoblanadi. Chunki, tasawuf ta'limotiga ko'ra, Alloh kishi-
ning ko'nglidagina aks etadi. Ishq ham - ko'ngul ishi. 
Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko'ngliga 
qo'ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo (matla'), qora qoshliklar 
uchun o'qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan (ikkinchi 
bayt) ham - shu. 
Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham - ко 'ngul 
(uchinchi bayt), deydi lirik qahramon. U mulohazalarini davom 
ettiraveradi:
 eshigiga tez-tez boraverma, deyishadi, lekin ко 'ngul 
shuni istasa
(taqozo etsa),
 nima qilay
(to'rtinchi bayt)? 
Qorong'i kechada sochining tolasiga jonni savdo qiladigan 
ham
(beshinchi bayt),
 do 'st-u dushman ichida men g 'ofil ban-
dani qo 'Isiz-oyoqsiz qilib qo 'yadigan ham
(oltinchi bayt) -
 shu. 
Maqta'da lirik qahramon Lutfiyga murojaat etib,
 bu ishni 
boshqadan ко 'rma, ко 'z yoshlaringni daryodek to 'kayotgan ham 
aynan «bu ко 'nguldur, bu ко 'ngul»,
deydi. 
Bu g'azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuyla-
nadi. Oradan to'rt yuz yil o'tib, XIX asrning birinchi yarmida 
Nodira Lutfiyning shu g'azaliga o'xshatma yozdi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish