Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

 «Agar, -
deydi O'gdulmish, -
 arslon itlarga bosh 
bo 'Isa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik 
qilsa, arslonlar itlar kabi bo 'lib qoladi». 
Beklik mustahkam bo'lishi uchun to'rt narsaga - birinchi-
si, kuchli lashkarga; ikkinchisi, kuchli lashkarni saqlash uchun 
ko'p boylikka; uchinchisi, ko'p boylikni to'plash uchun badavlat 
xalqqa; to'rtinchisi, boy-badavlat xalqqa ega bo'lish uchun ado-
latli siyosat yuritishga katta ehtiyoj bor. 
Bek, o'zida shunday ko'p fazilatlarni kamolga yetkazishi bilan 
birga, mana bu besh illatdan ehtiyot bo'lmog'i zarur: birinchisi -
shoshqaloqlik, ikkinchisi - ochko'zlik, uchinchisi - jaholat (aql 
bilan emas, jahl bilan ish ko'rish, bilimsizlik), to'rtinchisi - bu-
zuq fe'llilik, beshinchisi - yolg'onchilik. 
Yuqorida qayd etilgan sifatlarni o'zida shakllantirgan, sanal-
gan illatlarni o'zidan forig' aylagan kishigina sarvar, ya'ni bosh-
liq, yetuk va komil bo'ladi. Rahbar har taraflama boshqalardan 
ustun bo'lmog'i darkor. 
Bobning tub mohiyatida yotgan masala - bugun uchun 
ham juda dolzarb. Hozirgi zamonda boshqaruv ilmi, rahbarga 
qo'yiladigan talablar mukammal bir ilm darajasiga ko'tarilgan. 
Bu masalalar o'zbek adabiyotida bundan o'n asrlar ilgari shu 
darajada tahlil etilganining o'zi jahon tamadduniga xalqimiz 
nechog'li buyuk hissa qo'shganini yana bir karra isbotlab tu-
ribdi. 
Shuning uchun ham G'arb dunyosi Sharq didaktik adabiyoti-
ga juda-juda qiziqadi. Shuning uchun ham «Qutadg'u bilig»ni 
Yevropa olimlari atroflicha o'rgangan, o'z tillariga tarjima qil-
gan. Bunday ilmiy-adabiy qiziqish hamon qizg'in davom etyapti. 
Asarning tili bugungi o'quvchi uchun to'la tushunarli emas, 
albatta. Shuning uchun filologiya fanlari nomzodi Qayum Ka-
rimov uni baytma-bayt bugungi o'zbek tiliga ilmiy tabdil qil-
gan. Filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To'xliyev esa 


dostonni she'riy yo'l bilan ommabop qilib o'zbekchalashtirgan. 
Adabiyotdan 8-sinf uchun darslik-majmua (2001) tuzgan filolo-
giya fanlari doktori, professor Akrom Kattabekov, pedagogika 
fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo'ldoshev, filologiya fan-
lari doktori, professor Hamidulla Boltaboyevlar ham doston 
matnini soddalashtirib tushuntirishga tutungan. 
Biz muhtaram o'quvchilarimiz manfaatlarini hisobga olib, 
baytlar mazmunini bugungi tilda bayon etishda ana shu nasriy 
bayonlardan ijodiy foydalandik. 
Dostonning tili shoir badiiy mahoratidan dalolat beradi. 
Asarda aruz vazni qoidalariga qat'iy amal qilinadi. Jami 6 
ming 409 baytli katta bir asami boshdan-oxir bir vaznga solib 
yaratish XI asrning turkiy adabiyoti uchun juda ulkan jasorat 
va yangilik edi. Chunki bu borada hali unchalar katta aruziy 
an'analar shakllanib ulgurmagan edi. 
Qofiyalarda, asosan, turkiy so'zlar qo'llanishi ham doston-
ning butun o'zbek adabiyoti tarixidagi o'ziga xos badiiy o'rni 
borligidan dalolat beradi. Misol uchun quyidagi baytlar qofi-
yalariga diqqat qilaylik: 
Bu beglik iginga o'ti o'g
 bilik, 
Uqush birla emla, ey qilqi
 silig. 
Biliglig uqushlug' kerak beg
 tetig, 
Anin qilsa o'tru iginga
 etig. 
Biliglig uqushlug' bo'gu elchi
 beg, 
Ekigun ajunda bo'lur o'rni
 yeg. 
Biroq dostonda shu singari to'q qofiyalar ko'p uchrasa-da, 
bu borada, o'zbek xalq og'zaki she'riyatida bo'lgani kabi, qu-
yidagilarga o'xshash och qofiyalar ham bemalol qo'llanaveradi: 
Eki neng turur elka bag'i
 beki, 
Biri saqliq ul, bir to'ru el
 ko'ki, -
yoki: 
Bu erdi, ey elig, mening
 bilmishim, 
Munuqi o'tundum senga
 uqmishim, -
69 


yoki: 
Mengilig qayu ul, menga ay
 vera, 
Kishi qutlug'i kim kishilar
 ara? -
yoki: 
Yuraklig yuraksizka bo'lsa
 bus hi, 
Yuraklig bo'lur o'tru tekma
 kishi. 
Ba'zan, hatto, vaznning mukammal, ya'ni bexato, saktasiz 
qo'llanganigagina suyanib, misralarni vazn jihatidan mos-u, le-
kin o'zaro ohangdosh bo'lmagan so'zlar bilan ham yakunlay-
veradi: 
yoki: 
yoki: 
Qiling edgu erdam kerak ming tuman, 
Ati edgu bo'lsa, tutunsa bodug', -
Kishi yalg'aninda tilama vafa, 
Bu bir so'z sinamish o'kush yilqi ul, -
Ukush, o'g, bilig kimda bo'lsa tugal, 
Yavuz ersa, kad te, kichik ersa, o'g. 
Holbuki, mumtoz she'riyatimizning keyingi davrlarida bun-
day och qofiyalar ishlatilmaydigan bo'la bordi. 
Radif qo'llaganda ba'zan shoir, shu ohangdoshlik bayt uchun 
yetarli, deb hisoblab, radifdan oldin qofiya keltirib o'tirmaydi: 
Aqi bo'l, bag'ishla, ichur ham yetur, 
Qali eksusa ur yana al yetur. 
Turkiy tilimiz shakldosh (omonim) so'zlarga boyligi bilan 
ajralib turadi. Yusuf Xos Hojib shu imkoniyatdan ham unumli 
foydalangan. Masalan: 
Qilinch edgu erdan kerak ming
 tuman, 
Aning tutsa el kend, ko'tursa
 tuman. 
Baytning birinchi misrasida
 «tuman»
so'zi raqamni angla-
tib kelgan. Eski tilimizda bu hozirgi tushunchadagi o'n ming-


ni bildirgan,
 «ming timian»
esa aynan o'n millionni anglata-
di. Ikkinchi satrda kelgan
 «tuman»
so'zi bo'lsa tabiat hodisasi 
bo'lgan tuman (zulmat, qorong'ilik) ma'nosida kelgan. Shuning 
uchun bu bayt mazmuni quyidagicha bayon etildi:
 «Erdan ezgu 
xulq va ming tuman hunar lozim, U shu hunarlari bilan elni 
boshqarib, zulmatni ко 'taradi». 
Shu tahlillardan ham ko'rinib turibdiki, «Qutadg'u bilig» 
dostoni o'z davrining badiiy mahsuli hisoblanadi va unda o'sha 
zamondagi turkiy she'riyatning eng muhim xususiyatlari har 
taraflama aks etgan. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish