Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

 «faulun-faulun-faulun-faul»
(V - - / 
V - - / V - - / V - ) yoki maqsur, ya'ni
 «faulun-fau-
lun-faulun-faol»
( V / V / V / V Mu-
taqoribi musammani maqsur vazniga tushadigan misralarda 
oxirgi hijo o'ta cho'ziq -
 «sabr», «qand», «tog'», «tor»
kabi 
so'zlardan tashkil topadi. Masalan, asardagi: Biliglik, bilig-
siz, chiqay bar ya bay, Uqushliq, uqushsiz, otun bir gaday, -
bayti mutaqoribi musammani mahzuf, ya'ni
 «faulun-fau-
lun-faulun-faul»
( V - - / V - - / V - - / V - ) vaznida 
bitilgan bo'lsa, mana bu qo'shmisra mutaqoribi musammani 
maqsur, ya'ni
 «faulun-faulun-faulun-faol»
( V / V - - / 
V - - / V vaznida yozilgan: 
Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asar-
lar, davrlar mobaynida shakllangan an'anaga ko'ra, asosan, shu 
Qayu begda bo'lsa bu arquq qilinch, 
Ishi barcha tetru sevinchi saqinch. 


vaznda bitilgan. Masalan, Firdavsiyning «Shohnoma»si, «Xam-
sa» turkumining Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) 
hayoti va faoliyatini asos qilib olib yaratilgan oxirgi dostonlari, 
jumladan, Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomayi Iskandariy» 
(«Iskandar aqlnomasi»), Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» 
asarlari ham aynan shu vaznda yozilgan. 
«Qutadg'u bilig» kam nusxada saqlanib qolgan bo'lsa ham, 
muallif uning o'z davrida ancha mashhur ekani haqida faxrlanib 
so'z yuritadi. Chinliklar uni «Adab ul-muluk» («Podshohlar 
odobi»), mochinliklar «Amin ul-mamlakat» («Mamlakat omon-
liklari»), Sharq elining ulug'lari «Ziynat ul-umaro» («Amir-
lar ziynati»), eronliklar esa «Shohnoma»yi turkiy» («Turkiy 
«Shohnoma»), turonliklar «Qutadg'u bilig», ba'zilar esa «Pand-
nomayi muluk» («Podshohlar pandnomasi») deb atayotganini 
alohida qayd etadi. 
«Qut» - baxt, saodat, «bilig» esa bilim degani. Shunga 
ko'ra, asarning nomini «Baxtga eltuvchi bilim» yoki «Saodatga 
yo'llovchi bilim» deb tarjima qilish mumkin. Abdurauf Fitrat 
uni «Baxtliklanish bilimi» deb o'girgan. 
Albatta, XI asrga qadar ham tilimizda dostonlar bitilgan 
bo'lishi kerak. Lekin hozircha bizgacha yetib kelgan ilk turkiy 
doston - aynan ana shu «Qutadg'u bilig». 
Dostonda to'rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga 
ramzan muayyan bir ezgu tushuncha - ma'naviy qadriyat-
ning timsoli yanglig' qaralib, alohida ma'no-mazmun yukla-
tilgan. Kuntug'di (chiqqan Quyosh) - elig, ya'ni hukmdor. U 
adolat ramzi bo'lib kelgan. Oyto'ldi (to'lgan Oy) - vazir. U 
baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O'gdulmish (aqlga to'lgan) -
vazirning o'g'li. U aql va zakovat ramzi yanglig' tasvirlangan. 
O'zg'urmish (uyg'ongan) - vazirning qarindoshi. U asarda 
qanoat, ofiyat, ya'ni sog'lomlik ramzi sifatida qalamga olingan. 
Men shu to 'rt tushuncha ustida fikr yuritdim,
deydi shoirning 
o'zi: 
Bu to'rt nang uza so'zladim men so'zug, 
O'qisa ochilg'ay yetig qil ko'zug. 


(So'zni shu to'rt narsa ustida yuritdim, 
Uni o'qib, tushunilsa, ro'shnolik bo'ladi, ko'zingni och.) 
Doston - sof badiiy asar. Bunday deb urg'u berib aytishimiz 
bekorga emas. Adabiyot tarixida Kaykovusning forsiy tilda 
yozilgan «Qobusnoma»si kabi nasihatnomalar ham, Zahiriddin 
Muhammad Boburning «Boburnoma»si singari tarixiy-memorial 
asarlar ham mavjud, ularning ham badiiy ahamiyati - juda kat-
ta. Biroq «Qutadg'u bilig» - pandona (didaktik) ruhdagi, ta'lim-
tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag'ishlangan tipik badiiy asar. 
Unda, shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o'rni, komillik shart-
lari, umrni bekorga o'tkazmaslik, turli ij'timoiy tabaqaga mansub 
kasb-kor egalarining ma'naviy-axloqiy mezonlari, davlatchilik 
qat'iyat va tamoyillari asosiy yo'nalishga aylangani bilan, bu 
g'oyalarning bari badiiy bo'yoq va timsollarga burkangan holda 
taqdim etilgan. 
Asar, nasriy hamda she'riy muqaddimadan tashqari, 71 max-
sus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko'proq savol-javob, muno-
zara olib boriladi. Shu tariqa shoir oldiga qo'ygan masalalarga 
o'z hissiy munosabatini bildirib boradi. Ko'tarilgan masalalar-
ning barida aynan qanday bilim kishini baxt-saodat sari yetak-
lashi oydinlashadi. Bu esa asar nomi naqadar oqilona tan-
langanini ko'rsatadi. 
Yalpi olib qaraganda, bu doston orqali XI asrda xalqimiz-
ning qanday yuksak ma'naviy mezonlarni ulug'lab yashaganini 
ham to'liq tasawur qilish mumkin. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish