Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Nazariy ma'lumot 
Doston
xalq og'zaki ijodi va o'zbek mumtoz adabiyotida 
keng foydalanib kelinayotgan epik shakllardan biridir. «Dos-
ton» so'zi xilma-xil ma'noni bildirib kelgan. Masalan, «doston» 
forschada epik asar nomini anglatadigan so'z bo'lib, u hatto 
qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi. Siz 
bilan biz o'rganayotgan doston esa xalq og'zaki ijodida yara-
tilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega 
bo'lgan xalq dostonlaridir. Ular yozma adabiyotdagi «Suhayl va 
Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dos-
tonlardan fantaziya ko'lami, ko'z ko'rib, quloq eshitmagan vo-
qealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq 
qiladi. To'g'ri, yuqorida nomlari tilga olingan dostonlarda ham 
fantastik unsurlar, mubolag'ali o'rinlar mavjud. Biroq ularning 
birortasi sujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar borasida xalq 
dostonlari bilan tenglasha olmaydi. 
Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro'shnoliklar ha-
qidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka, yorug' kunlarga erishish 
istagi yotadi. E'tibor bersangiz, dostonlar muvaffaqiyatli yakun 
bilan tugaydi. Asar qahramonlari juda katta fojialarni, qiyinchi-
ISHQIY-QAHRAMONLIK DOSTONLARI 


liklarni boshlaridan kechiradilar, og'ir sinovlarga bardosh be-
radilar, oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar. 
Xalq dostonlarining ko'pchiligiga xos xususiyat - ularda ishq-
muhabbat mavzusining ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahra-
monlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga 
mashhur «Alpomish»ni olasizmi, «Ravshan» yoki «Kuntug'mish» 
dostonlarini olasizmi - bari-barisida muhabbat mavzusi ustuvor-
lik qiladi. Darhaqiqat, muhabbat - muqaddas tuyg'u. Bekorga 
xalqimiz «Ishqsiz eshak - dardsiz kesak», demaydi. Sevimli 
shoiramiz Nodirabegim ta'biri bilan aytganda esa: 
Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi 
har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o'rgangan 
«Kuntug'mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning 
janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin. 
Chunki Kuntug'mish dostonda katta qahramonliklar ko'rsatadi: 
yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo'yilgan 
kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o'zini 
ko'rsatish emas, awalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo'lsa, 
sevikli yori, bolalarini deb g'oyat tang bir holatda yovlari 
o'rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos 
bo'lib chiqadi. 
Umuman, Kuntug'mishning dostondagi hayoti qahramonlik 
bilan kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq sa-
farga otlanishi, yo'lidagi barcha to'siq-g'ovlarni yengishi haqi-
qiy insoniy jasorat, fidoyilikdir. Dostondagi Xolbeka, Gurkiboy 
va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud. 
Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga 
tayyorligi, Gurkiboyning ukasi uchun o'zini fido qilishga shay-
ligi (uning dor ostidagi so'zlarini eslang) qahramonlik emasmi?! 
Birgina «Kuntug'mish» dostoni emas, boshqa doston-
larda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini 
ko'rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning og'irini yengil 
qiladi, el-yurtga ro'shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib 
«Muhabbatsiz kishi odam emasdur, 
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et». 


kuylagan «Kuntug'mish» kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari biz-
ni muhabbatdek ezgu tuyg'uni qadrlashga undaydi, fidoyilik, 
qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik, 
jo'mardlik doimo egizak tushunchalardir. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish