Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi va mavzusi, ulardagi an'anaviylik va o'ziga xoslik haqida 
so'zlab bering. 
2. Lirik qahramon ishqqa mubtalo bo'lganini nimaga to'nkayapti va bunga 
sabab nima? 
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering. 
4. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
5. Bu g'azalning keyingi shuhrati haqida nimalar deya olasiz? 
6. G'azalni yodlang. 


«AYOQINGG'A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» G'AZALI 
Ayoqingg'a tushar har lahza gisu, 
Masaldurkim:
1
«Charog' tubi - qorong'u». 
Tuturmen ko'zki, ko'rsam orazingni, -
Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». 
Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, 
«Kishining ko'zidur, ore, tarozu». 
Ko'zing qonimdin iymanmas, ajabtur, -
Ki: «Qo'rqar, qaydakim qon ko'rsa, hindu». 
Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, -
Ki ayturlar: «Tiloganni - tilogu». 
Lutfiy - yozma adabiyot vakili. Biroq so'z san'ati tarixidan 
yaxshi bilamizki, dastlab og'zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yoz-
ma adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo'lgan. Shuning 
uchun o'zbek mumtoz she'riyati taraqqiyotini xalq og'zaki ijodi 
ta'siridan ayri tasawur qilish aslo mumkin emas. 
O'qiganingiz g'azal buning yorqin bir isboti yanglig' ja-
ranglaydi. Uni muallif tamoman o'zbek xalq maqollari asosiga 
qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo'llaydi. Maqol-
lar go'yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbot-
dek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri 
maqol bilan tugaydi. Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta 
bir-biriga qofiyadosh so'z bilan tugaydigan maqol topgan. De-
mak, g'azal besh baytdan iborat ekan. 
G'azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni 
«mafoiylun - mafoiylun - faulun
(yoki
 mafoiyl
)» vaznida yozil-
gan. Taqte'si: V - - - / V / V - - (yoki V -
Matla' nihoyatda go'zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga 
tushgan: har lahza soching oyog'ing ostiga tushadi, shuning 
uchun, maqolda aytilganidek,
 «Chirog' tubi - qorong'u».
Bu 
yerda yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib, yonib 
' M a s a i - maqol. 
81 


turgan chiroqqa qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol - juda 
mashhur. Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatil-
magani uchun bu maqol kam qo'llanadi. Holbuki, sham yoqil-
ganda kuzating, rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi, shu-
ning uchun u yer qorong'i bo'ladi. 
Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) 
ko'rishga ko'z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku:
 «Oqqan 
ariqqa oqar su(v)».
Bu maqol hozir ham ko'p ishlatiladi. Faqat 
endi u
 «Oqqan daryo oqaveradi»
shaklini olgan. 
Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir 
uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta'riflaydi, chunki 
«Kishining ко 'zi - tarozi»
degan maqol bor-ku. 
Shu tariqa to'rtinchi baytda tasvir yuzdan ko'zga o'tib oladi. 
Lirik qahramonning yor ko'zi oshiq qonidan iymanmayotgani, 
ya'ni qo'rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir:
 «Hindi 
qayda qon ко 'rsa, qo 'rqadi»
degan maqol bor edi-ku! Bu yerda 
«ко'zing - hindi»
deyilayotgani yo'q, lekin ko'z tasviri bilan 
maqolda
 «hindi»
so'zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan. 
Lutfiyning dardi - yor vasliga yetish, sababi u
 «Tiloganni 
tilogu» («Tilagan kishi tilagiga yetadi»)
degan maqolga umid 
bog'layapti. 
Ko'rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san'a-
tidan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab'iy (badi-
iy-estetik) jozibasi bor. Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha 
maqolni topib, ularni ustalik bilan qo'llashi shoirning yuksak 
mahoratidan dalolat beradi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish