Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet112/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   148
Bog'liq
3-qism

Alomat:— Kvars.
Qo‘chqor: — Nima-ars?
Alomat:— Kvars. Kvarsdan yasalgan.
Qo‘chqor: — Ha-a… Shishaning bir turi-da, a! Ja sovuq narsa bo‘larkan, lekin… Bilasizmi, xafa bo‘lmang-u, Qumri bilan, desangiz, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimizda. Nima deyotganini ko‘zidan bilardim. Uyam shundoq qarardi-yu, ichimdagini topardi, qurg‘ur…
Alomat:— Men maqsadingizni, xohish-istagingizni ko‘zingizdan bilolmayman. Tashqi olam bilan faqat manusonik metodda aloqa qilaman.
Qo‘chqor: — Nima-so‘nik?
Alomat:— Manusonik. Tabiatdagi barcha tirik mavjudot — o‘simlik, parranda-yu darranda, shuningdek, odam ham o‘zidan elektromagnit to‘lqinlari tarqatadi.
Qo‘chqor: — Men hammi?
Alomat:— Siz ham.
Qo‘chqor: — (Ma’yus jilmayib.)Qumri bo‘lsa “sizdan faqat solyarka hidi taraladi”, derdi. Qarang, gapi yolg‘on ekan-da, a?
Alomat:— Sizdan tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarini qabul qilaman va shunga ko‘ra nima kerak bo‘lsa, o‘sha ishni bajaraman.
Qo‘chqor: — (Tushunishga harakat qilib.) Demak, biz o‘zimizdan elektromagnit to‘lqinlari chiqaramiz, siz uni qabul qilasiz. Bundan chiqdi, siz kelguningizgacha bekordan bekorga elektromagnit to‘lqinlari chiqarib yotgan ekanmizda-a? Uni hech kim qabul qilmasa…
Alomat:— Mana, masalan, ikki kundan beri ishingizga ovqat olib boraman-a? Hech qaysi brigadada, qaysi kartada ishlayotganingizni so‘raganmanmi? Yo‘q. Ovqatni olaman-u, to‘ppa-to‘g‘ri topib boraveraman. Elektromagnit to‘lqinlari menga yo‘l ko‘rsatadi.
Qo‘chqor: — (Ma’yus.)Qumri ham adashmay topib borardi… Unga nima yo‘l ko‘rsatar ekan-a? Yoki, deylik har kuni ko‘chamizdan qanchadan qancha traktor o‘tadi, bolalarim bo‘lsa, mening traktorimni ovozidan taniydi, yugurib chiqishadi… Bo‘lmasam, uncha-muncha mexanik ham traktorlarni ovozidan ajrata olmaydi… E, Xudo, men tushunmaydigan jumboqlaring muncha ko‘p-a!..
Alomat:— Tushunmagan narsalaringizni so‘rang, javob beraman.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish