TASHBEH HAQIDA
1. Tashbehning yuzaga kelishida necha unsur muhim?
J: 4 ta: o‘xshamish, o‘xshatilmish, asos, vosita
2. 0‘xshamish nima?
J: Tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha
3. Asos nima? J: Nimaga ko‘ra o‘xshatishning yuza ga chiqqanligi, ya’ni o‘xshatish sababi
4. Vosita nima? J: 0‘xshatish belgisi, ya’ni o‘xshatishni yuzaga keltiruvchi vositalar: dek, day, cha, vash, simon, vor, saro, oso, iy, oyin qo‘shim chalari, kabi, singari, yanglig‘, bikin, misoli, o‘xshash, misli, go’yo, xuddi, o‘xshab, nechukki so‘zlari
5. Yuzing go‘zallikda gul kabidir satridagi asos qaysi?
J: Go‘zallikda
6. Yuzing go‘zallikda gul kabidir satridagi vosita qaysi?
J: Kabi
7. Yuzing go‘zallikda gul kabidir satridagi o’xshamish qaysi? J: Yuz
8. Yuzing go‘zallikda gul kabidir satridagi o‘xshatilmish qaysi? J: Gul
9. Mutlaq tashbeh deb nimaga aytiladi? J: Asos va vositaning qollanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i na zar o‘xshamish bilan o‘xshatilmish ishtirok etgan o’xshatish san’ati mutlaq tashbeh deyiladi
10. Kinoya tashbeh deb nimaga aytiladi?
J: 0‘xshamish ham tushib, o‘xshatilmishning o‘zi gina saqlansa, kinoya tashbeh deyiladi
11. Mutlaq tashbehning ikkinchi nomi?
J: Aniq tashbeh
12. Kinoya tashbehning ikkinchi nomi?
J: Ishora o‘xshatish
13. «Ermas alar tufrog‘u, sen nuri pok, Xilqat alarg‘a yu sanga tiyra xok» misralarida qanday badiiy san’at ish latilgan? J: Mutlaq tashbeh
14. «Bo‘rini dag‘i galadin dur qil, Suv beribon bog‘ni ma’murqil» misralarida qanday badiiy san’at ishlatilgan?'
J: Kinoya tashbeh
15. «Bo‘rini dag‘i galadin dur qil, Suv beribon boglni ma’murqil» misralarida nechta kinoya tashbeh bor?
J: 4 ta: bo‘ri bo‘ridek talovchilar, gala gala sin gari xalq, suv suvdek adolat, bog‘ bog‘ga o‘xshash mamlakat
TANOSUB
1. Tanosub qanday san’at? J: Baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan birbiriga yaqin tu shunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash
2. «Anda bir shoh hokimu voliy, Mulki ma’muru him mati oliy» misralarida qanday badiiy san’at ishlatilgan?
J: Tanosub
3. «Anda bir shoh hokimu voliy, Mulki ma’muru him mati oliy» misralaridagi tanosubni hosil qiluvchi so‘zlarni toping. J: Shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk, ma’mur
4. «Maylni qo‘yki, vola uzorul, Jon berib vasliga xaridor ul» misralarida qanday badiiy san’at ishlatilgan?
J: Tanosub
5. «Maylni qo‘yki, vola uzorul, Jon berib vasliga xaridor ul» misralaridagi tanosubni hosil qiluvchi so‘zlarni toping.
J: Mayl, vola, zor, vasl, xaridor
IRSOLI MASAL
1. Irsoli masal sarVati nima?
J: «Maqol kiritish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun xalq maqollaridan foydalanish san’ati
2. «Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh» misralarida qanday badiiy san’at ish latilgan? J: Irsoli masal
Do'stlaringiz bilan baham: |