G‘AFUR G‘ULOM (1903 - 1966)
1. G‘afur G‘ulomning Ikkinchi jahon urushi paytida yaratilgan she’rlarini toping.
J: «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog‘inish», «Onalar»
2. G‘afur G’ulomning qissalari:
J: «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda», «Shum bola»
3. G‘afur g’ulomning qaysi qissasi 1936-yilda yozilib, 60-yillarda yana qayta ishlandi? J: «Shum bola»
4. «Hayot sharobidan bir qultum yutay. Damlar g‘ani- matdir, umruzoq soqiy, Quyosh-ku falakda kezib yurib- di, Umrimiz boqiydur, umrimiz boqiy» misralari g’afur G‘ulomning qaysi she’ridan olingan? J: «Vaqt»
5. «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi qanday hikoya hisoblana di? J: Voqeiy hikoya
6. «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasidagi qora buvi- ning ismi? J: Roqiyabibi
7. Qora buvining yoshi? J: Saksondan oshgan
8. 0‘g‘rining uyga kirganini qora buvi qanday bilib qola- di? J: 0‘g‘ri aksa urib yuborgani uchun
9. Qora buvi shipga qarab og‘ziga nima solib o‘ylanib yotgan edi? J: Nos solib
10. «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasidagi yetimlar soni? J: 4 ta
11. Kampir «Tuyaning ko‘ziday non anqoga shapig‘» deydi. Shapig' so’zining ma’nosi nima?
J: Nihoyatda tansiq, kam
12. Yetim bolalarning amakilari qanday tirikchilik qilar edilar? J: Aravakashlik
13. Yetim bolalarning nechtasi o‘g‘il, nechtasi qiz edi?
J: 1 ta o‘g‘il, 3 ta qiz
14. 0‘g‘rining nechta bolasi bor edi? J: 2 ta
15. «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasida voqealar qaysi podsho davrida bolib o’tadi?
J: Kerinska davrida
16. 0‘g‘rining ota kasbi nima edi? J: Kavushdo‘zlik
17. Chitfurush boyning ismi nima? J: Karim qori
18. Pudratchi boyning ismi nima? J: Odilxo‘jaboy
19. Ko‘nchi boyning ismi nima? J: Matyoqubboy
20. 0‘g‘ri qaysi boyning hovli darvozasida miltiq ush- lagan gorodovoy turadi deydi? J: Odilxo‘jaboy
21. 0‘g‘ri kimning tovuqxonasidan 4 ta tovuq, 1 ta xo‘roz o‘maradi? J: Orif sassiqning
22. Kampir «hamma hunarning ham o’zining murt gar- doni bolar ekan-da» deydi. Murt gardon so‘zining ma’nosi nima? J: Javobi
23. Ellikboshining ismi? J: Rahmonxo‘ja
24. o’g‘ri ellikboshiga qancha pora berib rabochiyga borishdan qutuladi? J: 83 so‘m
25. Kampir o’g‘riga nima olib ketishni taklif etadi?
J: Qozonni olib ketishni
26. Amerika yozuvchisi O.Genrining «Darddoshlar» asariga kimning asari o‘xshash? J: G‘afur G‘u!omning
27. Qaysi asarda o’zbek onasining quyoshdan issiq mehri, oqibati, insoniyligi, shafqati butun bo‘y-basti bilan namoyon boladi?
J: «Mening o‘g‘rigina bolam»da
28. «Otamizning olganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil - o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bolib qoldik». Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Mening o‘g‘rigina bo!am» hikoyasida
29. «Turib yeganga turumtog' chidamas» maqoli qaysi asarda qollangan?
J: «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasida
30. Butun qolip-u shon-u so‘zan, bigizlarini ulgurjisiga ikki pud jo‘xori unga movoza qilgan (almashgan) etikdo‘z kim? J: Buvamat ota
Do'stlaringiz bilan baham: |