ABDULLA QODIRIY (1894 ~ 1938)
1. Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holida: «...bog‘bonlik bilan kun kechiruvchi bir ollada tug‘ilganman», -deydi? J: Qodiriy
2. Abdulla Qodiriyning 1913 - 1916-yillarda elon qilin- gan ilk asarlarini toping. J: 1.«Uloqda» 2.«To‘y» 3.«Mil- latimga bir qaror» 4. «Baxtsiz kuyov» 5.«Fikr aylagil»
6. «Juvonboz» 7.«Ahvolimiz»
3. A.Qodiriyning she’rlarini toping.
J: «To‘y», «Millatimga bir qaror», «Fikr aylagil», «Ahvolimiz»
4. A.Qodiriyning hikoyalarini toping.
J: «Uloqda», «Juvonboz»
5. A.Qodiriyning pyesalarini toping.
J: «Baxtsiz kuyov»
6. A.Qodiriy ilk asarlariga qaysi taxallusni qollagan?
J: Julqunboy
7. A.Qodiriy eng ko‘p ijod qilgan davr qaysi?
J: 1920-yillar
8. «0‘tgan kunlar» romani uchun qaysi hukm to‘g‘ri?
J: 1922-yildan elon qilina boshladi, 1925 — 1926-yil-
larda har bir boMim alohida uchta kitob holida nashr etildi
9. «Mehrobdan chayon» romani qachon yaratilgan?
J: 1928-yili
10. «Obid ketmon» qissasi qachon yaratilgan?
J: 1930-yili
11. Qaysi ijodkor mustaqillik yillarida birinchi bolib Mustaqillik ordeniga munosib ko‘rilgan?
J: Abdulla Qodiriy
12. «Uloqda» hikoyasining bosh qahramoni kim?
J: Turg‘un
13. «Uloqda» hikoyasidagi chavandoz bola akasining ismi? J: Mahkamboy
14. «Uloqda» hikoyasidagi chavandoz yigitning yoshi nechada? J: 12 da
15. «Uloqda» hikoyasidagi Sobir tegirmonchining o‘gli kim? J: To‘g‘on
16. «Uloqda» hikoyasida kimning oti qozoqi, qamchi ko‘tarmaydi deb ta’riflanadi? J: Salimning
17. «Uloqda» hikoyasida biya minib o’rtoqlariga kulgi bolgan bolaning ismi? J: Shokir mishiqi
18. «Uloqda» hikoyasida chavandoz bola otining umildirig‘i qancha turishini aytib maqtanadi? J: 15 tanga
19. «Uloqda» hikoyasida chavandoz bolaga: «Saning otdan baxting bor ekan», -deb havaslangan bolaning ismi?
J: Nurxon
20. «Uloqda» hikoyasida kim davraboshi edi?
J: Orif sarkor
21. «Uloqda» hikoyasida kimni ot bosib vafot etadi?
J: Esonboyni
22. «Uloqda» hikoyasida haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
J: Hikoya 1915-yilda yozilgan, 1916-yilda alohida
kitob holida nashr etilgan
23. Kontrast qanday usul? J: Zidlantirish usuli
24. «Uloqda» hikoyasi qanday usulda yaratilgan?
J: Kontrast
25. «Boshsiz odam» hikoyasining muallifini toping.
J: A. Qahhor
26. Yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixcham shaklda bayon etuvchi nasriy asar qanday ataladi? J: Hikoya
27. «Oq jujuncha kamzul, o‘ruscha shim, amirkon etik, duxoba do‘ppi kiygan» qahramon kim?
J: Turg‘un chavandoz
28. «Undan nariroqda bir-ikki kishi uch-to‘rt qop bodringni bir-biriga suyab, «Mirzaqiron bodring, kasir-kusur bodring» deya maqtanishardi». Ushbu parcha qaysi asar- dan olingan? J: «Uloqda» hikoyasidan
29. Turg‘un chavandozga «Saning otingga hech ot bolasi etolmaydi» deb kim havaslanadi? J: Haydar soqov
30. Nurxon otining chopmasligiga nimani sabab qilib ko‘rsatadi? J: Akasining sovuq holda suv berganini
31. Kim otining chopmasligiga sabab qilib Eson ko‘knorining o‘glining bexos tom boshidan guvala tashlab yuborishini sabab qilib ko‘rsatadi? J: Haydar soqov
32. O’zbek adabiyotida kimlar hikoya janrining ustalari sifatida e’tirof etilganlar?
J: Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev, 0‘tkir Hoshimov, Erkin A’zamov
Do'stlaringiz bilan baham: |