103
?
IKKINCHI PARDA
Oydinli bir kechada Hakimbiyning hovlisi. Terazisiz eshiklari tashqa-
riga ochilg‘an bir uyning oldinda uzun bir sufa. Sufa bo‘yincha uzun bir
qalin yoyilg‘an. Ko‘rkamlik ko‘rpalar to‘shalg‘an. To‘rda pakana qurli bir
kat ustinda yotoq tayyorlangan. O‘rtadag‘i buyuk shamdonda sham yo-
nadir. Devorg‘a bir qalqon, bir qilich, bir-da Jazoyir miltig‘i osilg‘an. Ha-
kimbiy yolg‘uz, yurub so‘ylaydir.
H a k i m b i y (tom ustidan ko‘rulgan minorga qarab). O‘lum mi-
noridir bu! Buning ko‘lkasinda yashaganlar o‘lumdan qo‘rqmaylar. Bu
uzun minor oxiratning eng qisqa yo‘li bo‘lub qoldi. Minor, Chil dux-
taron, Kallaxona, Obxona, zindon... o‘lim... Bunlarning hech birtasinda
meni yo‘limdan qaytararliq kuch yo‘qdir. Yotoq o‘lumi-da o‘lum, zindon
o‘lumi- da o‘lumdir. Ikkavindan-da qo‘rqmam. Abulfayzxon xonlig‘i Nodir
shohning oyoqlari ostinda jon berayotqanda, o‘z ulushimizni olmoq ke-
rak. Shuni olarmiz. Shu kecha Chorjo‘ydan o‘g‘lum qaytadir, erta Nodir
shoh qo‘shuni bosib keladir. Shu kecha bilan erta kurashimizning soʻng
daqiqalaridir. (Mir Vafoning kelganini ko‘rmay.) Bu odamlar qayoqqa ket-
dilar. Kurashning soʻng daqiqalarini bila turub, haligacha kelmaylar.
Hakimbiy qanday kurashni nazarda tutyapti?
M i r V a f o. Keldik, bek!
H a k i m b i y. Nima gap?
M i r V a f o. Kurashning soʻng daqiqasini bilg‘animiz uchun hamma-
miz yugura, chopa ishlamoqdamiz.
H a k i m b i y. Erta Nodir shoh qo‘shunining kelish xabarini olarsiz.
M i r V a f o. Bilamiz!
H a k i m b i y. Nimalar qildingiz?
M i r V a f o. Odamlarimni har tomong‘a yerlashturdim.
Hakimbiy devorg‘a osilgan miltiq bilan o‘ynab tinglaydir.
Shu kecha Buxoroda chibin uchsa, menga xabari keladir. Ko‘rulg‘usi
kishilarni ham ko‘rdim. Juborg‘a borib Xo‘ja Kalon bilan ko‘rishdim. Bu-
tun fi kringizga qo‘shuldilar. O‘zlari ham Qozi Nizom bilan sizga keladirlar.
Xon tomonida ikki-uch mullalardan boshqa kishi qolmadi. Qozi Nizom
bizga qo‘shulg‘ach, unlarning-da bir chaqaliq bahosi qolmas.
H a k i m b i y. Arkda nimalar bor?
M i r V a f o. Ark o‘zining o‘yun-kulgusiga berilg‘an, ichib yotg‘an edi. Bi-
roq Rahim to‘qsobani Chorjo‘yg‘a yuborishingiz xonning mazasini qochirg‘an.
Rahim to‘qsobani yo‘lda yo‘q etmak uchun, Forobg‘acha kishilar yubordi-
lar. Bu ishning bitganini xabar olgach, bizga ham hujum qilib, sizni tutub qa-
mag‘andan soʻng, o‘zlari Nodir shohg‘a qarshu chiqib, urushar ekanlar.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: