Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


pilon  –  reja (plan) ?


bet75/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

pilon 
– 
reja (plan)
?


105
H a k i m b i y. Nodir qo‘shunining Qarshidan chekilgani bir o‘yun 
edi. Men buni sezgan edim. Hindistonni olg‘an bir qo‘shunning Qarshi-
dan chekilishi uchun, bundan boshqa ma’no bermak to‘g‘ri emas edi. 
Men Eron qo‘shunining ikkinchi yo‘la ustimizg‘a yurg‘usini ko‘rgan kabi 
bo‘lub edim. Shuning uchun Nodir bilan do‘stlasharg‘a tirishdim, ham 
do‘stlashdim.
D o n y o l b i y. Buning nima foydasi bor?!
H a k i m b i y. Nima foydasi bo‘lar edi. Mana Nodir shoh yana keldi. 
Biroq burung‘i kabi emas. Xon kuchsiz, u kuchli. Xong‘a dushman, men-
ga do‘st bo‘lub keldi.
D o n y o l b i y. Bu ishingiz bilan xong‘a xiyonat qilg‘an bo‘lmaysizmi?!
H a k i m b i y. Qaysi xong‘a?
D o n y o l b i y. Abulfayzxong‘a.
Hakimbiyning harakatlarini xiyonat deb hisoblaysizmi? Siz uning ish-
lariga qanday baho berasiz?
H a k i m b i y. Uka, xoningizning qilg‘an ishlarini bir o‘ylab ko‘ringiz:
otamiz bilan kelishib, Farhod otaliq kabi beklarning yordami bilan aka-
sini o‘ldurub, xon bo‘ldi. Taxtga ming‘ach, boshlab otamizni Erong‘a 
qochirdi. O‘ziga yordam etgan beklarni birta-birta o‘ldurub bitirdi. Eng 
soʻng Farhod otaliqni ham o‘ldurub, qizini oldi. Meni ranjitmak uchun, 
buyuk dabdaba bilan Ibrohim kenagasni otaliq qildi. Yana uni o‘ldir-
moqchi bo‘lub, qochirdi. Ibrohim kenagas Karmanaga borib, qo‘shun 
yig‘di. Buxorog‘a yurush qildi. Men xon tomonindan chiqib, Ibrohim inoq 
bilan olti-yetti yil urushdim. Bu kun esa menim o‘zimg‘a dushman bo‘lib 
qolibdir. Nodir shoh bilan do‘stlashg‘anda, biz mana shu kishiga xiyonat 
qilganmi bo‘ldiq emdi?! 
D o n y o l b i y. Mana shul fi krlaringizni xonning o‘zi onglag‘an.
H a k i m b i y. Onglay bersunlar. Dunyoda har kim bir kun o‘lg‘usini 
biladir. Bir chorasi bormi?
D o n y o l b i y. Yo‘q.
H a k i m b i y. Chorasi bo‘lmag‘ach, uni bilmakdan nima foyda? Biz 
yaxshiliq qilmoq bilan arkning yomonlig‘indan qutular edik, deb o‘yla-
mangiz. Unlarning koʻnglida yomonliq yilon og‘zinda og‘u kabi yerlashib 
qolg‘an, yuvmoq bilan ketmaydir. Parvonachig‘a nima qildilar. Uni shu 
minordan tashlag‘anlarini hech kim unutmag‘andir.
M i r V a f o. Ko‘zlarimning xuddi ichinda turibdir-a. Oltmish ikki 
olchin yuqoridan kelib, yerga tushganda, suyaklarining sharqillab singan 
tovushi quloqlarimdan ketmaydir.
T o g‘ a y q u l b e k. Hay, emdi biz nima qilarmiz?
H a k i m b i y. Mana shuni so‘rangiz mendan.
D o n y o l b i y. Ayting-chi?
H a k i m b i y. Eron qo‘shuni erta Buxorog‘a qarab yursa kerak. Nodir 
?


106
shohni do‘stlik bilan qarshi olsak, Buxoroni qutqararmiz, bo‘lmasa Eron 
qo‘shuni kulimizni ko‘kga uchuradir. Men butun borlig‘im bilan tirishur-
mankim, xonimiz Nodir shoh bilan urushg‘ali chiqa olmasun. Tilagimga 
erishayozdim. Emdi shu kechada ham ishni shunday saqlay olsak, ayt-
kanimiz bo‘ladir.
D o n y o l b i y (kelganlarni ko‘rub). Mana, eshonlar ham keldilar. 
Bunlar onglasa, maylimi?
H a k i m b i y. Men o‘zim bunlarni chaqirdim. Shu ishni onglataman.
Xo‘ja Kalon bilan Qozi Nizom kelarlar. Hammalari turub salomlash-
kandan soʻng, o‘turarlar.
X o‘ j a K a l o n. Bu kun Mir Vafo bilan ko‘rushkan edim. Bir necha 
so‘zlar aytdilar, shunlar to‘g‘risinda o‘zingiz bilan so‘ylashmak uchun 
keldik. 
H a k i m b i y. Juda yaxshi qildingiz, taqsir. O‘zim ham sizlarni kutub 
turg‘an edim.
X o‘ j a K a l o n. Eron qo‘shuni Chorjo‘ydan o‘tdimi?
H a k i m b i y. Shu kun o‘tkan bo‘lsa kerak. Hanuz xabar yo‘q.
Q o z i N i z o m. Bunlarning kelishidan ulamo, mashoyixg‘a ziyon 
tegmaydirmi?
H a k i m b i y. To‘g‘ri harakat qilsak, hech kimga ziyon tegmaydir. 
Yanglish bir ish qilinsa, hammamizning kulimizni ko‘kka uchururlar.
X o‘ j a K a l o n (yelkasini tutub). Tangri o‘zi saqlag‘ay, tavba qildim, 
xudoyo. Nima qilmoq kerak, taqsir?!
H a k i m b i y. Xonimiz Nodir shoh bilan urushmoq istaylar. Butun 
dunyoni titratgan bir kishiga qarshu urush ochmoq uchun bizda kuch 
bo‘lmag‘anini onglamaylar. Men urushmoqni qabul qilmay turubman. 
Biroq meni(ng) so‘zimni tinglamaylar. Menim fi krim shudir: hammamiz 
birgalashib, Nodir shohni qarshu olamiz. Xon ham biz bilan borsunlar, 
Nodir shoh bilan ko‘rushganda, Buxoro xonlig‘ini tortuq qilsunlar. Shoh 
mamnun bo‘ladir. Xonliqni o‘zlarig‘a bag‘ishlab, tutub ketadir. O‘lkamiz-
ni shunday qilib buyuk bir balodan qutqarg‘an bo‘larmiz. Bunday qil-
masak, “ne bo‘lmasun, urushamiz”, deb chiqsaq, birinchi uchrashinda 
yengi lamiz. Elimizning bor-yo‘qi talanib bitadir.
Sizningcha, Abulfayzxonda Hakimbiyning maslahatini olmaslikdan 
boshqa chora bormi?
Q o z i N i z o m. Bu fi kringiz juda yaxshi. Buni xong‘a onglatmoq 
kerak.
X o‘ j a K a l o n. Istasangiz, biz shu tobda arkka borib, xon bilan 
ko‘rushamiz.
H a k i m b i y. Albatta, shunday qilingiz.
?


107
Bir xizmatchi yugurib kelar.
X i z m a t ch i. Taqsir, to‘qsoba keldilar.
H a k i m b i y. Qani?
X i z m a t ch i. Mana, ko‘chada otdan qoʻnub turalar.
H a k i m b i y. Ko‘raylik-a?
Hammalari turub, Rahim to‘qsobani qarshu olg‘ali chiqarlar. Sahna 
biroz bo‘sh qolar, soʻngra tovushlar kelar.
R a h i m t o‘ q s o b a t o v u sh i. Ota, hammalaringiz yaxshimi?
H a k i m b i y t o v u sh i. Shukur, o‘g‘lim. (Sahnada ko‘runur.) Seni 
kutub turg‘an edik.
Rahim to‘qsoba bilan boyagilar kelib o‘turalar.
Qani, o‘g‘lum, safaring qanday o‘tdi?
R a h i m t o‘ q s o b a. Ko‘b yaxshi o‘tdi. Shohni ko‘rdim. Men bilan 
ko‘b yaxshi ko‘rushdilar. Buxoroning mullalari, beklarini so‘radilar. “Biz 
sizga qoʻnoq bo‘lib keldik. Qoʻnoqg‘a dushmanliq ko‘rsatmasangiz ke-
rak”, dedilar.
H a k i m b i y. Eron qo‘shuni ko‘bmi?
R a h i m t o‘ q s o b a. Uni so‘ramangiz, ota! Bunday kuchli qo‘shun-
ni umrimizda ko‘rmadik. To‘plar, miltiqlar, fi llar bilan yerni titratib keladir. 
Menga qo‘shunlarini ko‘rsatdilar. Kelar chog‘imda yana shohning oldig‘a 
kirdim. “Biz Buxorog‘a qoʻnoq bo‘lib keldik. O‘lkangiz menga kerak 
emas. Xoningiz, el-ulusingiz meni do‘stlarcha qarshu olsalar, to‘rt-besh 
kun turub qaytib ketarman. Yomonliq, dushmanliq ko‘rsatsalar, kullarini 
ko‘kga uchurarman”, dedilar.
Mullalar bir-birlarig‘a qarab, boshlarini qimirlaturlar. Shu tobda qopqu 
tomondan ikki qalandar tovushi kelar. Hammalari tinglaylar. Qalandar 
tovushlari: 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish