110
?
Y o‘ l d o sh. Sizni arkka chaqirib kishi yubordilarmi?
H a k i m b i y. Yubordilar. Men ketmadim.
Y o‘ l d o sh. Bek! Ketmagan bo‘lsangiz, shu tobda uyni bosarlar.
H a k i m b i y. Bosa olmaylar. Chorasi ko‘rulgan.
Boshqa nima xa-
barlaring bor?
Y o‘ l d o sh. Men ikki kundan beri arkda edim. Xon juda umid-
sizlangan. Hech yoqdan yordam xabari yo‘q. O‘zlarining kuchsizliklari-
ni ochiq onglag‘anlar emdi. Biroq shularning hammasini sizdan bilalar.
Shuning uchun Nodir shoh kelmasdan burun, sizni yo‘q qilmoq yo‘llarini
axtarib turalar.
H a k i m b i y (Ergashga). Sen nima qilding?!
E r g a sh. Men Karmanagacha bordim. Hammani ko‘rdim, xatlarni
berdim, so‘zlaringizni aytdim. El orasig‘a kirdim, kerak bo‘lg‘an so‘zlar-
ni tarqatdim.
Elning sizga qarashi yaxshi, Nodir shoh bilan urushmoqni
hech kim istamaydir...
Bir miltiq tovushi chiqar. Mir Vafo seskanar.
H a k i m b i y (Rahim to‘qsobag‘a). Sen odamlaring bilan yaroqlanib
tomg‘a chiq. (Qalandarlarni ko‘rsatib.) Bunlarga ham yaroq ber, sen bi-
lan yursunlar.
Tomda turungiz, kuchlab kela bersalar, otishingiz. (Rahim
to‘qsoba qalandarlarni olib ketar.) Mir Vafo, miltiqdan qo‘rqdingizmi?!
Hakimbiy kimga yoki nimaga ishonib xonga ochiq qarshi chiqmoqchi?
M i r V a f o. Yo‘q-ey... Bir narsani o‘ylab turg‘an ekanmanmi, bir-
dan seskanib yubordim! (Yana bir miltiq tovushi chiqar,
Mir Vafo yana
seskanar.)
H a k i m b i y (kulub). Bu kecha qo‘rqmangiz! Qancha kuchlasa-
lar ham, bizni bosa olmaylar. Ertag‘acha otisharmiz. Erta bo‘lg‘ach, ot-
lanib chiqarmiz-da, Eron qo‘shunig‘a borib qo‘shularmiz. (Xizmatchini
chaqirar.) O‘ bola! (Xizmatchi kelar.) Otlarni egarlab qo‘ysunlar. (Xizmatchi
ketar. Hakimbiy fo‘tasini beliga o‘rab, qilichini devordan olib taqar ekan,
so‘ylar.) Xonning aqli yo‘qolg‘an. Mening uyimga hujum qilib kirish ga
kuchi yo‘q ekan, Nodir shoh bilan urushmoqchi bo‘ladir.
Rahim to‘qsoba yugurib kelar.
R a h im t o‘ q s o b a. Ulfat xo‘jasaroy keldi.
H a k i m b i y. Kelturingiz. (Rahim to‘qsoba yugurib chiqar.
Hakimbiy
yurub so‘ylar.) Yana shuni yubordi. Oramizni buzg‘an odamning Ulfat
bo‘lg‘anini bilaturub, yana shunday qiladir. Shu aql bilan xon bo‘lub tur-
moq istaydir. (Rahim to‘qsoba Ulfatni keltirar. Ulfat salom berar.) Nechun
keldingiz?!
111
?
U l f a t. Meni xon yubordilar. Buyurdilarkim: “Borib, otaliqqa ay tingiz.
Biz muboraknoma yozib, u kishini yonimizg‘a chaqirdiq, kelmadilar. O‘zi-
miz uylarig‘a borib ko‘rishmak
uchun chiqdiq, odamlari bizni miltiq bilan
qarshu oldilar. Buning sababi nima? Eron qo‘shuni bosib kela turubdur.
Unga qarshu nima qilmoqchi bo‘lsaq, kengashib qilarmiz. Otaliq bizga
kengash berarlarmi, yo‘qmi?!”
H a k i m b i y. Biz shu o‘lkaning yaxshilig‘indan boshqa narsa ista-
maymiz. Nodir shohg‘a qarshu chiqib urushmoq uchun kuchimiz yo‘qdir.
Xonning buyruqlari arkdan Mir Arabg‘acha yurmaydir. Eron qo‘shuni bi-
lan qanday urusharlar?!
U l f a t. Bek! So‘zingiz to‘g‘ri. Qo‘yingiz,
xon kelsunlar, mana shu
so‘zlaringizni o‘zlariga aytingiz!
H a k i m b i y. Xon ham kelmasunlar, biz ham bormaymiz. Borib ay-
ting, men bilan kengashmoqchi bo‘lsalar, to‘ppa-to‘g‘ri Juborg‘a borib,
Xo‘ja Kalonning uylarig‘a qoʻnsunlar. Elning kattalarini chaqirsunlar. Men
ham borarman, shunda kengasharmiz.
U l f a t. Qachon borarsiz?
H a k i m b i y. Siz
shu tobda xonni olib boringiz, men ham borar-
man. (Ulfat “xo‘b” deb, Rahim to‘qsoba bilan chiqar. Hakimbiy Mir Va-
foga so‘ylar.) Siz bunlarning orqasindan kishi yuboring. Xo‘ja Kalonning
uylarig‘a kirganlarini ko‘rub kelsun, soʻngra biz ham borarmiz. O‘zingiz
bizning beklarga xabar bering, Juborg‘a bora bersunlar!
M i r V a f o. Xo‘p bo‘lubdir.
Ikkilari ham chiqarlar.
Parda tushar.
Hakimbiy: “Xonning buyruqlari arkdan Mir Arabg‘acha yurmaydir”, –
deydi. Mir Arab madrasasi Buxoroda arkning orqasida joylashgan, ark
va madrasa orasidagi masofa katta emas. Hakimbiyning bu so‘zlari xon-
likdagi vaziyatni tushunishga qanday yordam beradi?
Download
Do'stlaringiz bilan baham: