Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


maqhur  – qahr-u  g‘azabga duchor mehmondor


bet81/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

maqhur 
– qahr-u 
g‘azabga duchor
mehmondor 

mezbon


117
?
H a k i m b i y. Xo‘b bo‘lubdir, podshohim!
N o d i r sh o h. Abulfayzxonni o‘ldurmaslikka so‘z berasizmi?
H a k i m b i y. Albatta, beraman.
N o d i r sh o h. Uni menga yuborursiz.
H a k i m b i y. Albatta, yuborurman.
N o d i r sh o h (eshikka qarab). Mirzo Mahdi! (Mirzo Mahdi kelar.) 
Yuz ming rupiya otaliqqa berilsun. (Hakimbiy qulluq qilar.) Emdi borib 
yozilingiz.
Hakimbiy bilan Mirzo Mahdi chiqarlar. Nodir shoh yotoq uyiga o‘tar.
Parda tushar.
Oddiy cho‘pon oilasidan chiqqan Nodirshoh avval sarkarda va bosh 
vazir, keyinchalik shoh va ulkan imperiya asoschisi darajasiga ko‘taril-
gan. Mazkur pardada Nodirshoh va Abulfayzxonning davlat boshqaruvi 
uslubidagi qanday farqlarni ko‘ryapsiz?
Nodirshoh 
portereti. 
Ermitaj muzeyi


118
TO‘RTINCHI PARDA
Eski bir gilam bilan ikki-uch eski ko‘rpa to‘shalg‘an o‘rtacha bir uy. 
Chetdagi bir kat uzra Abulfayzxon ko‘ylakchan yotqon, uxlaydir. Kat yo-
ninda bir kursicha uzra qo‘yilg‘an shamdonchaning shami yonib turadir. 
Birozdan keyin Qurbongul bir oftoba suv olib kelar, oftobani toshnov 
yoniga qo‘yub, o‘zi sekingina qaytib, xonning yuziga qarar.
Uchinchi va to‘rtinchi parda voqealari orasida bir yil o‘tgan. Sizning-
cha, bu orada nima o‘zgargan? Abulfayzxon hozir qayerda?
Q u r b o n g u l (yolg‘uz). Uxlaydir... sho‘rim qursun. Dunyoning qora 
chiziqlarini o‘qimoq uchunmi keldim men! Xudoning soyasi deb, pod-
shohlarning uyiga sig‘indim. Bunda ko‘rganlarimni hech ko‘z ko‘rmasun. 
Menim shuncha yig‘lashlarimg‘a qaramayin, shul xon akasini o‘ldurdi, 
uning taxtig‘a chiqdi. Karmina begini bola-chaqalari bilan tutub, kelturub 
qamadi. Soʻngra birta-birta hammasini bo‘g‘durub, quduqqa tashlatdi. 
Bu kun esa, o‘zini Rahimbiy qamab qo‘yubdir. Erta, albatta, o‘ldurar. 
Buning joyida o‘zi “soyayi xudo” bo‘lur. Bir-ikki yildan keyin yana bir-
tasi chiqar. Uni ham sog‘anag‘a joʻnatib, “soyayi xudo”likni o‘ziga olar. 
Bizda esa bu qora kunlarning qayg‘usi qoladir. (Biroz o‘ylab.) To‘g‘risi-
ni aytganda, yana o‘zimiz tinch. Xudo soyasi-da bo‘lmaymiz, o‘ldurul-
maymiz-da. Och qornim, tinch qulog‘im. (Oʻng qo‘lining barmoqlarini 
uch yo‘la o‘pub, yelkasiga urar.) Ko‘zim ko‘rmasin-ey! Uch-to‘rt yil xudo 
soyasi bo‘l. Soʻngra qamal, soʻngra o‘l... Menga nima kerak shunlar? 
(Uzoqdan kelgan azon tovushin tinglab.) Azonlar o‘quldi. Xonni uyg‘otay, 
namozin o‘qusun. (Yotoq oldig‘a borib, xonning oyoqlarini uqalar.) Xon 
bolam, arslonim... turmaysizmi?
Sizningcha, Qurbongul kim? Asar boshidagi qatnashuvchilar ro‘yxati-
da bu obraz yo‘q. Bu rolga qaysi aktrisani tanlagan bo‘lardingiz?
X o n (seskanib uyg‘onar). Hah... kimdir (Yotoqda o‘turub.) Kimdir? 
Senmi, Qurbongul?!
Q u r b o n g u l. Men, men. Qo‘rqutdimmi sizni?
X o n (ko‘zlarini uqalab). Yo‘q, yo‘q... Nechun kelding?
Q u r b o n g u l. Azon o‘quldi, suv keltirdim, tarat qilmaysizmi?
X o n. Nima gaplar bor, Qurbongul?
Q u r b o n g u l. Tinchlik, arslonim!
X o n (o‘ylaydir). Bunlar har so‘rag‘animda mana shunday tinchliq, 
tinchliq deb meni dunyodan xabarsiz qoldirdilar. Men qamoqda, tax-
tim boshqalar qo‘linda, bola-chaqalarim bilmadim qayerda. Yana tinch-
liq ekan. Bilmam bunlar tinchsizliq deb, nimani deylar. (So‘ylar.) Qanday 
tinchliq? Ulfatdan xabaring bormi?

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish