Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


Xudo hofi z – bu yerda  “ xayr ” ma ’ nosida mirasad


bet89/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

Xudo hofi z

bu yerda 

xayr

ma

nosida
mirasad 
– 
yuzboshiga 
yaqin lavozim


132
A b d u m o‘ m i n x o n (ikki qo‘li bilan ko‘kragini tutub, buruladir). 
Voy yondim. (Yalinar.) Bek bobojon, bu nima edi? Yondim.
R a h i m b i y. Jim turingiz, hech narsa qilmaydir.
A b d u m o‘ m i n x o n (chiday olmay). Voy yondim... biroz suv be-
ringiz! (Abdumo‘minxonning ko‘zlari olayib, yuzi buzila boshlar.) Yondim. 
Biroz suv beringiz! (Qusmoq istaganda, taxtdan yumalanib, tubanga 
tushar. Rahimbiyning singirlari buzular, kuchli bir vijdon azobiga uchra-
gan kabi, devorg‘a tayanib, ko‘zlarini Abdumo‘ming‘a tikib, qotib qolar. 
Qusib, tolpinib, qiylanib yotg‘on Abdumo‘minxon birdan boshini ko‘ta-
rar.) Jallod! (Rahimbiy seskanar.) Meni ham o‘ldurdingmi?! (Yana yiqilib, 
tolpina-tolpina jon berar.)
Ko‘k gumburlar, qattiq bir yel esib, shamlarni o‘churar. Shu tobda 
taxtning bir chetindan, yigirma yashar eronli aft bir Xayol chiqar. Sochi 
orqaga qaytarilib, bo‘yni to‘g‘risindan kesilgan, boshi yalang, egnida ka-
fan, og‘ir yurub, Rahimbiyning qarshusig‘a borib turar. Rahimbiy juda 
qo‘rqub, qattiq titrar.
R a h i m b i y (bo‘g‘uq). Bu kim!... Kim bu!...
Xayol qo‘li bilan imlagach, parda ochilib, o‘luklar turg‘an boyagi zin-
don ko‘rinur.
X a yo l (og‘ir tovush bilan shul forscha nazmni o‘qur). 
Surati adli Xisravon in ast,
(zindonni ko‘rsatur)
Zulm dar olami g‘araz din ast.
Ojizonro dihan g‘utta ba xun,
(o‘luklarni ko‘rsatur)
To shavad xilvati havas gulgun.
Adl in rang tuxmi ra’fat kosht,
V-ey agar zulm teg‘ mebardosht.
R a h i m b i y. Bu kim?...
X a y o l (taxtga qarab). Ey qora kuch, qurub ketgur taxt! Hech 
gunohi bo‘lmag‘an bolalardan, tog‘ kabi yigitlardan millionchalari sen 
uchun qurbon bo‘lub ketarlar. Insonlar tomonidan yaratilg‘an ming-
larcha tangrining eng buzuqboshi, eng shumi, eng qop-qora saodat 
sensan. Ostingda qolg‘anlarni ezguchi bir falokat yuki bo‘lg‘aning 
kabi, ustingga chiqqanlarning borliqlarini yondirg‘uchi bir olov 
tepasidirsan!
R a h i m b i y. Kim bu? (Qo‘rqa-qo‘rqa ikki odim ilgari bosib, bir 
narsa so‘ramoqchi bo‘lur. Xayol so‘ylag‘ach, yana qo‘rqub keyinga 
qaytar.)
singir 
– 
pay, tomir
Xisravlar (shohlar) adolatining 
surati shundaydir,
G‘araz olamida zulm dindir.
Ojizlarni qonga sho‘ng‘itishadi,
Toki havas kiyimi rang-barang 
bo‘lsin deb.
Zulm tig‘ ko‘taradigan bo‘lsa,
Adolat shu taxlit yuksaklik urug‘ini 
ekardi. 
(Forschadan tarjima)


133
X a y o l. Sen fazilatliq bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzub tashla ding. 
Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgusiga aylanturding. 
Ota pichog‘i bilan bolalarini bo‘g‘izlading. Bola xanjari bilan otalarni 
yiqitding. Do‘stlarni bo‘g‘ushturding, o‘rtoqlarni urushturding. Dalaning 
erkini, shaharning tinchini, erlarning g‘ayratini, xotunlarning ismatini ta-
latding. Otamdan qochib, o‘ziga sig‘inganim holda uyolmayin, boshimni 
kesdirgan Afrosiyobingdan mana shu kimsasiz bolani og‘ulab yiqitqon 
Rahimxoningg‘acha minglarcha yirtqich xoinlarni sen yaratding, sen 
yashatding. Ey, insonning dushman tangrisi, qachongacha bu ongsizlar 
to‘dasini o‘zingga ham topindirub, ham qurbon qilarsan?! Ey, boyqush-
lar qafasi, bunday dev ishtiholiq hayvonlarning qo‘li bilan qachongacha 
dunyolarni bir-biriga urub turasan?! Tinchliq saqlamoq bahonasi bilan 
millionlarcha inson ko‘masini chuqurdan chuqurg‘a yumalatmog‘ingning 
zamoni hanuzgacha bitmadimi?!
R a h i m b i y (o‘ylar). Afrosiyob, deydir. Otamdan qochdim, deydir. 
(Bir-ikki odim ilgari bosib, qo‘rqa-qo‘rqa.) Sen kimsan?!
X a y o l. Men... Sening kabi bir zolim qo‘linda mana shuning kabi 
(Abdumo‘minning o‘lugini ko‘rsatur) hech bir narsani bilmayin, ongla-
mayin, bo‘g‘izlangan bir mazlum, – Siyovush!.. Ey, qora yurakli boyqush, 
bundan senga qolg‘an vayronani qutlamoq uchun keldim. Insonliq dun-
yosi, esini bir joyga to‘plab, o‘z ishiga o‘zi ega bo‘lg‘ancha, sen ham, se-
ning kabilarning ham ixtiyoringizdadir. Istaganingizcha hukm sura olar-
siz. (Sekin-sekin uzoqlanib, yo‘qolar.)
R a h i m b i y. Siyovush... Siyovush. (Xayol tomonindan tortilg‘an 
kabi, uning ketidan yurub, sahnadan chiqar).
Parda tushar.
“Shohnoma”ga ko‘ra, Eron sho-
hi Kaykovusning o‘g‘li Sivoyush 
o‘gay onasining nayranglaridan 
qochib Turonga keladi. Turon 
shohi Afrosiyob uni yaxshi kutib 
oladi, o‘ziga kuyov qiladi. Keyin-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish