Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


modernizm paydo boʻldi. Modernizm


bet92/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

modernizm
paydo boʻldi.
Modernizm
(fransuzcha “modern” – “yangi, zamonaviy” soʻzidan) yo‘na-
lishida hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchi-
lar adabiyotga 
yangi shakllar
olib kirishga harakat qildilar. Ularning maqsadi –
oʻz muammolari bilan yolgʻiz qolgan inson ruhiy kechinmalarini ochib berish ning 
yangi yoʻllarini kashf qilish, aksar holatlarda mavhum tushunchalarni muayyan 
shakllarda kitobxon tasavvurida gavdalantirishdan iborat edi.
Modernizmning oʻziga xos xususiyatlari sifatida yana quyidagilarni ajratib koʻr-
satish mumkin:
– modernizmda soʻz sanʼatining asrlar davomida shakllangan anʼanaviy qonu-
niyatlari inkor qilindi, ispan faylasufi Xose Ortega-i-Gasset taʼbiri bilan aytganda, 
“eskini toʻla-toʻkis rad qilish” asosida yangicha adabiyot yaratishga harakat qilindi:
Oy chiqmoqchi.
Koʻrindi
cheti.
Soʻng muallaq qoldi havoda oppoq.
Kumush qoshigʻi-la
kovlab koʻrar edi
seryulduz shoʻrvasin,
chamamda,
xalloq.
Vladimir Mayakovskiy 

(Husniddin Sharipov tarjimasi) 
?


137
– modernizm adabiyoti vakillari uchun romantik yoki 
realistik metodda ijod qiladigan yozuvchilar kabi yaxlit 
dunyo, tugal syujet yaratish emas, balki insonning ichki 
olamini, ruhiy kechinmalarini, voqealarga munosabatini 
shartli, sxematik tarzda aks ettirish muhim hisoblanadi: 
Nafasni rostlay deb
oʻtirdim vaqt davrasida.
Qanday tinch makon!
Oq doirada
oq orom,
Uchar yulduzlar ham.
Suzar atrofi mda
oʻn ikki qora raqam.
Federiko Garsia Lorka 
 
(Shavkat 
Rahmon 
tarjimasi
)
– modernizmda aksar hollarda real voqelik 
va xayolot olami qorishib ketadi, ongosti olami-
ga kirishga harakat qilinadi. Bunda hayot, voqea 
va hodisalarning mohiyati, ichki dunyo murakkab 
ramz va shakllarda, kutilmagan, baʼzan absurd 
obrazlarda tasvirlanadi:
Bir kuni ertalab behalovat uyqudan uygʻongan Gregor Zamza oʻzining bahaybat 
hasharotga aylanib qolganini koʻrdi. U chalqancha yotar, yelkasini sovutday suyak 
qoplagan edi. Boshini koʻtargan edi, qornida paydo boʻlgan suyaksimon tanga-
chalarga koʻzi tushdi. Koʻrpa doʻppaygan jigarrang qornidan sirgʻalib yerga tushay- 
tushay deb turardi. Tanasiga nisbatan ayanchli darajada kichik oyoqlari koʻz oldida 
tinmay pitirlardi.
“Menga nima boʻldi oʻzi?” – deb oʻyladi u. Axir, bu tush emas-ku. Oʻsha qadr-
don xona. Tor boʻlsa ham odam yashaydigan xona, oʻsha toʻrt devor. Stolda har xil 
gazmollardan qirqib olingan namunalar sochilib yotar edi. (Gregor Zamza kommi-
voyajer edi). Stolning tepasida tilla suvi yuritilgan romda yaqindagina oʻzi jurnaldan 
qirqib olgan portret osilib turardi. Unda moʻyna shlyapa bilan gorjetka kiygan qaddi 
ravon xonim oʻtirar va qirqma yengga tiqilgan qoʻlini choʻzib turardi.
Gregor tashqariga qaradi. Tund havo, deraza tokchasidagi tunukaga uri-
layotgan yomgʻir tomchilari kayfi yatini battar tushirib yubordi. “Yana jinday uxla-
sam yaxshi boʻlardi. Har xil bemaʼni narsalarni unutish kerak”, deb oʻyladi u.
Ammo endi uxlash oson emas edi. U doim oʻng yonboshini bosib yotishga koʻ-
nikkan, ammo hozirgi ahvolda yonboshga oʻgirilish amrimahol edi. Gregor qan cha 
urinmasin, yana chalqanchasiga agʻdarilib tushaverdi. Tinimsiz tipirchilayotgan 
oyoqchalarini koʻrmaslik uchun koʻzini yumib, yonboshiga yotmoq uchun yana bir 
urinib koʻrdi. Butun kuchini toʻplab, harakat qildi – boʻlmadi. Nihoyat, oʻng biqini-
da oʻziga notanish bir ogʻriqni, soʻniq simillayotgan ogʻriqni sezdi-yu, harakatdan 
toʻxtadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish