Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


bet38/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

LOYIHA
S (strengths) – 
adib ij odining 
kuchli 
tomonlari
W (weaknes-
ses) – adib ij odi -
ning zaif
tomonlari
O (oppor-
tunities) –
davr bergan 
imkoniyatlar
T (threats) –
tahdidlar
(davrga xos
muammolar) 
Adabiyotshunos olim G‘ulom 
Karimov fi kricha, Muqimiy ijodi 
o‘zining butun kuchli va zaif to-
monlari bilan XIX asrning ikkinchi 
yarmi – XX asr boshlaridagi ta-
rixiy davr yetishtirib bergan katta 
adabiy va ijtimoiy hodisadir. Ush-
bu davr haqidagi hamda Muqi-
miy hayoti va ijodiga oid bilim-
laringizga tayanib, adib ijodidagi 
kuchli va zaif tomonlarni, uning 
ijodiga davr ta’sirini aniqlang. 
“SWOT”
tahlili asosida taqdimot 
tayyorlang.
Muqimiy “Tanlangan asarlar. 
Hajviyot” kitobini o‘qib 
chiqishni tavsiya qilamiz.


50
XVII–XIX ASRLAR 
JAHON ADABIYOTI
Mavzuni oʻrganish jarayonida:
– XVII–XIX asrlar jahon adabiyotining rivojlanish 
tendensiyalarini tahlil qilamiz;
– romantizm va realizmga xos xususiyatlarni o‘rganamiz.
XVII asrda Yevropa murakkab va ziddiyatli davrga qadam qo‘ydi. 
Feodalizm inqirozga yuz tutdi va yangicha kapitalistik munosabatlar 
shakllana boshlandi. Ayrim davlatlarda (xususan, Fransiya va Rossiya-
da) absolyut monarxiya (qirolning mutlaq hokimiyati) o‘z cho‘qqisiga 
chiqqan bo‘lsa, Angliyada qirol hokimiyati va eskicha munosabatlarga 
qarshi g‘alayonlar bo‘lib o‘tdi. Bir tarafdan, Yevropaning ko‘p davlatlarini 
hududiy va diniy kelishmovchiliklar tufayli urushlar bo‘hroni qamrab oldi, 
ikkinchi tarafdan esa, ilm-fanning turli sohalaridagi yangiliklar insonning 
dunyo va jamiyat haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirib yubordi. Asosiy shi-
ori “Ozodlik, tenglik, birodarlik” bo‘lgan Buyuk fransuz inqilobi (XVIII asr 
oxiri) esa nafaqat Fransiya, balki butun Yevropada inson shaxsi va erkiga 
nisbatan yangicha munosabatlarni shakllantirdi. Bunday sharoitda ada-
biyot va san’atga munosabat ham o‘zgardi: Uyg‘onish davri madaniyati 
insonni oliy qadriyat sifatida ko‘rgan bo‘lsa, keyingi davr san’atkorlari 
inson va tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarga asosiy e’tiborni 
qaratdilar. 
XVII–XVIII asr ijodkorlari inson tafakkuriga ishonch, inson tarbiyasi 
va kamoloti orqali jamiyatni o‘zgartirish, undagi nuqsonlarni bartaraf qi-
lish g‘oyasini ilgari surdilar. Ingliz adibi Daniyel Defo “Robinzon Kruzo” 
romanida kimsasiz orolga tushib qilgan inson misolida uning yaratuv-
chanlik kuchini tarannum etgan bo‘lsa, fransuz faylasufi Jan Jak Rus-
so o‘zining “Emil, ya’ni tarbiya haqida” asarida qanday qilib nosog‘lom 
jamiyatda inson o‘z tug‘ma fazilatlarini saqlab qolishi mumkinligi masa-
lasini ko‘tardi. Muallifl ar tanqid orqali o‘z davrining illatlarini fosh qilib, 
ularni bartaraf qilishga da’vat etdilar: ingliz adibi Jonatan Sviftning “Gul-
liverning sayohatlari” satirik-fantastik romani va rus dramaturgi Denis 
Fonvizinning “Dumbul boyvachcha” komediyasi shunday asarlarning 
yorqin namunalaridir.
XVIII asr ikkinchi yarmi – XIX asr boshlarida yashab ijod etgan buyuk 
nemis adibi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyotening 
“Faust”i jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri sifatida e’tirof eti-
ladi. Unda yashash mohiyati haqidagi muallif qarashlari umri davomida 
to‘plagan bilimlaridan hafsalasi pir bo‘lgan professor Faustning Mefi sto-
fel (shayton) bilan garovi vositasida aks ettirilgan.


51
?
Ilohiyot ila band bo‘ldim,
Faylasufi xiradmand bo‘ldim.
Ilmi huquq, ilmi tabobat –
Barchasini o‘rgandim, faqat,
Faqat menga bir narsa ayon:
Nodon edim, nodonman hamon...
O‘zni olam bog‘iboni deb,
Ahli odam charog‘boni deb.
Topganim yo‘q boylik va shuhrat,
Totganim yo‘q hayotda lazzat...
Sening qutlug‘ og‘ushingdan, voh,
Yana chetda qoldim, tabiat!
Qandoq mumkin senga etishmoq,
Bahra olmoq quchoqlaringdan,
Sening zilol buloqlaringdan
To‘yib-to‘yib shimimoq sharbat.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish