152
1. Urushdan oldingi adabiy mashqlari nima sababdan Paulga endi g‘ay-
ritabiiy tuyulmoqda? “Bu yerga kelganimizdan buyon oldingi hayotimizdan
butkul uzilib qoldik” jumlasini qanday tushundingiz?
2. Paulning botinka haqidagi mulohazalariga e’tibor bering. Siz bu mu-
lohazalarni qanday izohlaysiz: bag‘ritoshlikmi, loqaydlikmi, “ishning ko‘zini
bilish”mi yoki boshqa?
3. Frontdan oldingi harbiy tayyorgarlik Paulga qanday ta’sir qildi? Qan-
day qilib harbiy ta’limdagi o‘n haft a uni maktabdagi o‘n yildan ko‘ra “oshirib-
roq tarbiyaladi”?
4. Ximmelshtos sizda qanday taassurot qoldirdi? Uning Paul va o‘rtoqla-
riga munosabatini qanday baholaysiz?
5. Kasalxonadagi doktorni Kemmerixga nisbatan loqaydligi uchun ayb-
lay olamizmi?
6. Nima sababdan Paul kasalxonadan chiqa solib “yengil tortdi”, mak-
tabdosh o‘rtog‘ining o‘limini unutdi?
VII
Bizni front ortiga, taqsimlash punktlaridan biriga odatdagidan
ko‘proq muddatga olib kelishadi. Bu yerda rota qayta tuziladi. Safi mizga
yana yuzdan ortiq odam qo‘shilishi kerak.
Hozircha qiladigan ishimizning tayini yo‘q, vaqtimiz bemalol. Ikki
kundan soʻng Хimmelshtos qorasini ko‘rsatadi. Okop azoblarini tortga-
nidan beri popugi ancha pasayib qolgan. U yarashishni taklif etadi. Men
e’tiroz bildirmayman – Хaye Vestхus yaralanganda uni jang maydonidan
olib chiqishda yordamlashganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Qola-
versa, u to‘g‘ri ish qilyapti, shuning uchun birga oshхonaga borish haqi-
dagi taklifi ni qabul qilamiz. Faqat Tyadengina hamon tutun qaytaradi.
Aхiyri, u ham insofga keladi – Хimmelshtos ta’tilga ketayotgan osh-
pazning o‘rnida ishlashini aytganidan soʻng yon beradi. Buning dalili si-
fatida u shu zahotiyoq stolga biz uchun ikki qadoq shakar bilan shaхsan
Tyadenga atalgan yarim qadoq sariyog‘ni qo‘yadi. Keyin shundoq qila-
diki, uch kun davomida biz oshхonaga kartoshka va oshqovoq archgani
boramiz. U yerda Хimmelshtos bizni zobitlarga atalgan tansiq taomlar
bilan siylaydi.
Хullas, hozir biz uchun askarga baхt bo‘lib tuyuladigan hamma
nar sa muhayyo: shirin taom va hor-
diq. Bunday olib qaralsa, arzimagan
gap. Ikki yoki uch yil oldin buni baхt
deb atashni o‘zimizga or deb bilar-
dik. Hozir esa хursandmiz. Inson
hamma narsaga koʻnikarkan, hatto
okopga ham.
Faromushхotir bo‘lib qolganimiz
ham shu koʻnikish oqibati. Kecha-
gina ajal og‘zida edik, bugun taral-
labedod qilib yuribmiz, ertaga yana
okoplarga joʻnaymiz. Yo‘q, aslida biz
?
15
15
15
15
15
15
15
15
15
15
5
15
15
15
15
15
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
Download
Do'stlaringiz bilan baham: