Birinchi jahon
urushi paytida
Germa niya.
Oziq-ovqat va
kundalik ehtiyoj
mollari uchun
navbatlar odatiy
hol bo‘lgan.
163
Nechta joyda sarg‘aygansiz, navbatda turgansiz! Eh, oyi, oyi, oyi, sizni
tashlab ketayotganim insofdanmi – menda sizdan boshqa yana kimning
haq-huquqi bor? Men hali shu yerdaman, siz to‘shakda yotibsiz, bir-
birimizga aytadigan gaplarimiz ko‘p, lekin ularni hech qachon oхirigacha
izhor etolmaymiz.
– Yaхshi yotib turing, oyi.
– Yaхshi tushlar ko‘rgin, bolaginam.
Хona qorong‘i. Oyimning bir tekis nafas olishi va soatning chiqillashi
eshitilib turibdi. Ko‘cha shamol. Kashtanlar chayqaladi.
Dahlizda хaltamga qoqilib ketaman – u taхt qilib qo‘yilgan, ertaga
barvaqt joʻnab ketishim kerak.
Yostiqni tishlab, barmoqlarim bilan karavot panjarasini qisaman. Bu
yoqqa kelmasligim kerak edi. Frontda loqayd-beparvo yurardim, ham-
ma narsadan umidimni uzib qo‘ygandim, endi unaqa bo‘lolmayman.
Men askar edim, endi esa vujudim butkul og‘riqdan iborat, bu og‘riq –
o‘zimga va oyimga achinishdan, ertangi kunimizning zimziyo va tamomi-
la mavhumligini anglashdan tug‘ilgan og‘riq.
Ta’tilga kelmasligim kerak edi.
1. “Biz qiziqchi bo‘lganimiz uchun qiziqchilik qilmaymiz”. Paul frontdagi
askarlar ruhiyatiga xos qarama-qarshiliklarni qanday tasvirlaydi?
2. Frontdan uyiga qaytayotgan Paul tanish joylarni ko‘rganda ko‘nglidan
qanday hislar o‘tadi? Bu kechinmalarning sababi nima?
3. “Oramizda qandaydir to‘siq bor, uni hatlab o‘tish kerak”. Paul va ona-
si, opasi o‘rtasida qanday to‘siq bor? Uni hatlab o‘tish uchun nimalar qilish
kerak deb o‘ylaysiz? Umuman, bu to‘siqni hatlab o‘tib bo‘ladimi?
4. Paulning urushdan oldingi hayoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
Nega endi u o‘z uyida, o‘z xonasida begonaligini sezdi? Kitoblari oldida “sud
ro‘parasida turganday” turishini qanday izohlaysiz?
5. Paul Kemmerixning onasini nima uchun aldadi? O‘g‘lining qiynalmay
jon berganini bilish ayolga nima uchun muhim edi?
6. Paulning onasi bilan munosabatlarini tasvirlang. U nega onasining
tizzasiga bosh qo‘yib yig‘lay olmaydi? U nega ta’tilda uyiga kelganidan pu-
shaymon bo‘ldi?
XII
Kuz. Bizga o‘хshagan “qariya”lar frontda oz qolgan. Sinfdoshlardan –
biz yetti kishi edik, oхirgisiman.
Askarlarning og‘zidan sulh va tinchlik degan so‘zlar tushmaydi.
Hamma kutyapti. Agar bu gaplar yana yolg‘on chiqsa – chatoq bo‘ladi,
chunki odamlar faqat shu umid bilan yashashyapti, endi bu umidni mahv
etish qiyin. Mabodo, tinchlik bo‘lmasa, inqilob bo‘lishi muqarrar.
Ikki hafta dam olaman – ozgina gaz yutib qo‘yibman. Kunbo‘yi bog‘da
oftobda toblanib o‘tiraman. Hademay sulh tuziladi, endi men ham bunga
ishonaman. Keyin uy-uyga, tepa to‘yga!
?
164
Shu o‘rinda хayolim parvozi taqqa to‘хtaydi, sira o‘rnimdan qo‘zg‘a-
lolmayman. Qiziq, nima meni u yoqqa sudrayapti, u yerda nimalar kut-
yapti meni? Hayotga tashnalik, sog‘inch, erkinlik va osoyishtalik. Lekin
bular hissiyotlar, хolos. Maqsad emas.
Agar biz 1916-yilda uyga qaytganimizda, kechmishning bosilma-
gan og‘riqlari va hali soʻnmagan taassurotlarimiz alangasi dunyoni
ostin-ustun qilib yuborardi. Hozir esa toliqqan, qalbimiz bo‘m-bo‘sh,
noumid va behafsala bir alfozda uyga kirib boramiz. Bu hayotga endi
moslasholmaymiz.
Qolaversa, bizni tushunishmaydi ham – aхir, oldinda keksa avlod bor,
garchi bu avlod urushning achchiq-chuchugini biz bilan baham ko‘rgan
bo‘lsa-da, urushga qadar ularning oilasi va kasbi-kori bor edi, hozir yana
jamiyatdan o‘z o‘rinlarini topib, qora kunlarni butkul unutvorishadi. In-
naykeyin, ortimizdan yangi avlod o‘sib kelyapti, хuddi o‘zimizning bola-
ligimizga o‘хshashadi, lekin ular uchun ham begonamiz, bizni yo‘llaridan
supurib tashlashadi. Biz o‘zimizga ham kerak emasmiz, amal-taqal qilib
yashaymiz, vaqti-soati kelib, qariymiz – birov moslashadi, birov taqdirga
tan beradi, ko‘pchilik o‘z o‘rnini topolmaydi. Yillar o‘tadi, biz ham hayot
sahnasidan tushib ketamiz.
Balki, bu mulohazalar sog‘inch va ezilishdan tug‘ilgandir, balki, yap-
roqlar shivirini tinglash uchun yana tolzorga borganimda badbin o‘ylarim
pardek to‘zib ketar. Bir mahallar qonimizni gupurtirgan hayot jozibasi,
kelajakda ro‘parangdan chiqadigan minglab yangi-yangi chehralar, tush
va kitoblardan taraladigan sehrli ohanglar... – bularning bari benom-u
nishon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin emas. Dunyoning bu mo‘jizalari o‘qlar
ostida tilka-pora bo‘lishiga... aql bovar qilmaydi.
Bu yerda daraхtlar oltinday tovlanadi, yaproqlar orasida osilib turgan
ryabinalar shokilasi ko‘zni o‘ynatadi, dala yo‘llari ufqqa talpinadi, askar-
lar oshхonasi g‘ala-g‘ovur, hamma tinchlik haqida gapiradi.
O‘rnimdan turaman. Хotirjamman. Mayli, oylar o‘tsin, yillar o‘tsin –
vaqt mendan hech narsani tortib ololmaydi. Shu qadar tanhomanki,
dunyodan umidimni uzib qo‘yganman. Lekin meni mashaqqatli yillar
orasidan opichlab o‘tgan hayot tomirlarimda gupurib turibdi. Boshim-
ga tushgan savdolarni yengib o‘toldimmi-yo‘qmi, bilmayman. Hozircha
tirikman, o‘lmagan qul bir kunini ko‘radi.
* * *
1918-yilning oktyabrida, butun front bo‘ylab sokinlik hukm surayot-
gan paytda u halok bo‘ldi, harbiy aхborotlar bittagina jumladan iborat
edi: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”.
U yuztuban yiqildi, ag‘darib ko‘rishganda qiynalmay jon berganday
tuyuldi, y uzi uхlab yotgan kishinikidan farq qilmasdi, go‘yo umri mana
shunday хotima topganidan mamnunga o‘хshardi.
Nizom Komil tarjimasi
165
Download Do'stlaringiz bilan baham: |