Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
«Adabiyot» 8-sinf
8«__»____ ___________________ 8«__»____ ___________________
10-DARS Mavzu: LUTFIY – tuyuq ustasi. Nazariy ma’lumot: tuyuq janri va tajnis.
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
IRSOLI MASAL
Gapda yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur bo‘lib ketgan biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga irsoli masal san’ati deyiladi.
Bu yerdagi irsol - keltirish, masal – misol, tamsil, maqol, matal, ibora ma’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul-masal deyilgan. Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar frazeologizmlar deb yuritiladi.
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz.
Xususan, Mavlono Lutfiy she’riyatida irsoli masal juda ko‘p uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash - shoir ijodiyotining yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mumkin.
Irsoli masalda muallif o‘z fikr-mulohazasini tap-tayyor maqol, matal, ibora yo hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, shu tariqa o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, ifoda ta’sirchanligini oshiradi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’atining eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan, shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan mumkin qadar ustalik bilan foydalanishga harakat qilishgan.
Ayni jihatdan Mavlono Lutfiy ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Bu qalam sohibi merosida shunday g‘azallar ham borki, ular boshdan-oxir badiiy-uslubiy tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning hammasida maqol ikkinchi satrda kelgan. Amalda u birinchi qatordagi fikrning tasdig‘i yanglig‘ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa shoir fikrini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi.
G‘azal matlaida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yorga murojaat qilinib: Har lahza soch oyog‘ingga tushadi, - deyiladi. Isboti tarzida: Chiroq osti qorong‘i maqoli keltiriladi:
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u».
Sochning qoraligi chiroq tubining qorong‘iligiga qiyoslangan.
Xuddi shu tariqa g‘azalning keyingi baytlarida birin-ketin: Oqqan ariqqa oqar su(v), Kishining ko‘zidur, ore, tarozu, Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu, Tiloganni tilogu maqollari dastlabki misradagi fikrning tasdig‘i sifatida keltiriladi. Eng muhimi, shoir tilimizdan beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topib, ularni o‘zaro zanjir kabi bog‘lagan. Irsoli masal qo‘llashning bunday yuksak darajasi adabiyotimiz tarixida kam uchraydigan badiiy-ifodaviy hodisa sifatida baholanishi kerak.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Do'stlaringiz bilan baham: |