O'ldirib ikki qo'zimni diydayi giryoniman,
Onadin baxti qaro tug'dim, shuning hayroniman.
Dostondan olingan ushbu parchada nuqtalar o'rniga qo'yilishi kerak bo'lgan nomlarni belgilang.
- Kuntug'mish, No'g'ay
14. "Kuntug'mish" dostonida dastlab Kuntug'mish bilan do'stlashib, so'ng o'z manfaatini deb unga xiyonat qilgan qahramon kim? Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
«Adabiyot» 8-sinf
8«__»____ ___________________ 8«__»____ ___________________
15-DARS Mavzu:Fardlarni o’qib tahlil qilish.Nazariy ma’lumot:Fard
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
“SHAYX” RADIFLI G‘AZAL
Meni ishqdin man' etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim, loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar suv uza solsa sajjoda shayx.
Yorug‘luq emas mumkin andinki, bor`
Zalolat tariqida aftoda shayx.
Riyo bahri ichra tama‘ zavraqin
Solibtur asodin tutub xoda shayx.
Yoyar domi tazvir el saydig‘a
Qilib subhadin dona omoda shayx.
Gazabda sabu’ shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamizoda shayx.
Kirar odamiy sonig‘a qilsa no‘sh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Ibodattin o‘lg‘ay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin o‘zni tutar garchi, bor
O‘kush zeb-u ziynat bila moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzluk yigit,
Ne g‘am gar oni man' etar soda shayx.
«Navodir ush-shabob»ning 112-g‘azali.
Sho‘ro davri mafkurachilariga Alisher Navoiyning ana shu «Shayx» radifli g‘azali juda asqatdi. Unga «Soda shayx» deb sarlavha ham qo‘yib olindi. Holbuki, o‘tmishda g‘azallarga sarlavha qo‘yish rasm bo‘lmagan edi. Shu va boshqa asarlari bahonasida shoir shayxlarni yomon ko‘rgan, u qalban dinga qarshi, ya'ni dunyoviy shaxs bo‘lgan, degan talqin ilgari surildi. «Dunyoviy» so‘zi orqali esa dahriy, ya'ni xudosiz deyilmoqchi bo‘lindi.
Aslida, kishilarning dunyoqarashi va hayot yo‘liga qarab «diniy» yoki «dunyoviy» toifalarga ajratish G‘arb turmush tarziga xos narsa. Chunki nasroniy (xristian) dinida mistitsizm, masalan, monaxlik tamoman tarkidunyochilikka asoslanadi. Bu yo‘lga kirgan kishi, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, turmush qurishi mumkin emas. Islomda esa bu tarzdagi tarkidunyochilik yo‘q. Chunki tasavvufga kirish uchun avval shariat bosqichini mukammal bosib o‘tish, unga umrning oxiriga qadar bekam-ko‘st amal qilish shart. Shariyat talabiga ko‘ra, uylanmagan kishi, ilmi har qancha baland bo‘lsa ham, namozda imomlikka o‘tolmaydi. Islom bag‘rida shakllangan tasavvuf qay bir jihatdan nasroniylikdagi monaxlikni eslatadi, ya'ni unga tipologik o‘xshaydi. Shundan kelib chiqib, ayrim G‘arb mutaxassislari tasavvufni ham mistitsizm deb hisoblayotgan bo‘lsa, bilib qo‘ysinki, aksar shayxlar uylanib, bola-chaqa qilib yashagan, oilasini halol mehnati bilan boqqan. Jaloliddin Rumiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Ubaydulloh Valiy, Abdurahmon Jomiyning... ham farzandlari bo‘lgan.
«Shayx» radifli g‘azalga munosabatda sho‘ro adabiyotshunosligining eng katta xatosi shu ediki, bittagina asarini tutib olib, ini shoirning barcha shayxlarga umumiy munosabati sifatida talqin etdi. Holbuki, bundan kelib chiqadigan mantiqiy savol javobsiz qoldi: modomiki, Navoiy shayxlarga bunchalar qarshi ekan, nima uchun u ustozi va piri Abdurahmon Jomiydan aynan shayxlar haqida maxsus kitob — tazkira yozishni iltimos qildi? Axir, Abdurahmon Jomiyning 1475-76-yili yozilgan «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» asari shu tariqa dunyoga kelgan-ku. Jomiy vafotidan uch yil o‘tib, ya'ni 1495-96-yili Navoiy uni ayrim qisqartirish, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan o‘zbek tiliga tarjima ham qildi. Ulug’ mutafakkirning “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» tazkirasi shu asosda yaratildi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Do'stlaringiz bilan baham: |