Dramatik tur - 1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan.
- San’atkor “hamma tasvirlanayotgan shaxslarni harakat etuvchi va faol shaxslar sifatida” (Aristotel) tasvirlaydi. Bu yerda biz xatti - harakatning individual ifodalar va xarakterlardan boshlanish, kelib chiqish prosessining o’zini ko’ramiz (V.Belinskiy). Bu dunyoning obektiv va subyektiv tomonini birlashtirib, shaxs harakati orqali tasvirlashdir.
- 2. Vaqt hissi nuqtai - nazaridan. “Temir xotin” (Sh.Boshbekov)ni tomosha qilar ekansiz, unda Qo’chqor, Olimtoy, Alomat kabi obrazlar bilan bog’liq hayotiy voqealar ko’z oldimizda hozir ko’rib turganidek, bo’lib o’tayotgan voqealardek namoyon bo’ladi.
- 3. Hajmi va tashqi ko’rinishi jihatidan. Dramaning hajmi taxminan 2,5 - 3 soat mobaynida ko’rsatishga mo’ljallangani uchun, unchalik katta bo’lmaydi. U dialog va monologlardan, sahna va pardalardan tashkil topadi, ijrochilar-artistlar orqaligina asarning mazmuni ro’yobga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |