Mikro va Makro matnlar (Fors adabiyoti misolida)
Bajardi: Numonova N., adabiyotshunoslik
yo’nalishining I kurs magistranti.
Qabul qildi: f.f.d., professor Xodjaeva R.U.
Har qanday matnni unda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko’ra minimal matn va maksimal matn tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda yozilgan matnda minimal matn deb biror mavzuni yoritishga bag’ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Fors tili maqol va matallarga boy til hisoblanadi. Quyidagi jadvalda forscha maqolning so’zma-so’z tarjimasi va uning o’zbekcha ekvivalentini ko’rishingiz mumkin.
Forscha maqol so’zma-so’z tarjimasi
|
O’zbekcha ekvivalenti
|
Tomog‘ingga sig‘adigan ovqatni ye.
|
Ko‘rpangga qarab oyoq uzat.
|
Bir qinga ikki qilich sig‘maydi.
|
Bir qozonda ikkita kalla qaynamas.
|
Chuqurdan chiqib, quduqqa quladi.
|
Yomg’irdan qochib do’lga tutildi.
|
Omadsizlikda kelgan atala ham tishingni sindiradi.
|
Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi.
|
Qalampi kichkina ekan deb o’ylama, totib ko’r achchig’ini bilasan.
|
Kichkina demang bizni ko’tarib uramiz sizni.
|
Aqlli ko‘prik izlaguncha aqlsiz daryodan o’tib bo’ldi.
|
O’ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi.
|
Hayvondan hayvon, qushdan qush, yaxshidan yaxshi, yomondan yomon tug’iladi.
|
Olmaning tagiga olma tushadi.
|
Bir qo’lda ikki tarvuzni tutib bo’lmaydi.
|
Ikkita kemaga osilgan odam cho’kib ketadi.
|
Baland nom baland tomdan yaxshiroq.
|
Sho’rva ketsa ketsin obro’ ketmasin
|
Chumolining uyida shudring ham toshqin.
|
Sichqon sig’mas iniga g’alvir bog’lar dumiga.
|
Savol osmon haqida – javob arqon haqida.
|
Biri tog’dan kelsa, biri bog’dan kelar.
|
Oshpaz ikkita bo’lsa ovqat yo sho’r bo’ladi, yo bemaza.
|
Cho’pon ko’paysa, poda ayniydi.
|
Eng baland tog’ ortida ham bir tekislik bo’ladi.
|
Tundan keyin tong otadi.
|
Eng yaxshi ot ham ba’zida qoqiladi.
|
Har to’kisda bir ayb.
|
Gilamingdan uzoqqa oyog’ingni uzatma.
|
Ko’rpangga qarab oyoq uzat.
|
Makro matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn tarkibid epigraf, so‘zboshi, epilog kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo’shimcha izoh va sharh bo’lib keladi. Makro matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo’ladi.
Fors adabiyotida makro matnga misollar:
Malkomxonning 4 ta p’esasi Tehronda 60-yillar oxiri-70-yillar boshida qo‘lyozma shaklda chop etilgan. Bu pesalar ichida “Arabiston gubernatori Ashrafxonning sarguzashtlari” diqqatga sazovardir.
Sharif Ali Asqarning “Xunbaho-ye Iron” (1928-1929), Hasan Afshor Tehroniyning “Mirzo Kuchekxon”, Murtazo Brazjoniyning “Zendoni-yye Bezexurd” (1935), Ruknzoda odamiyatning “Dalirone Targestoni” (1935)
Fors tilida yozilgan birinchi tarixiy roman San’atizoda Kermoniy qalamiga mansub «Domgustaron yo entiqom-xohon-e Mazdak» («Tuzoq qo‘yuvchilar yoki Mazdak uchun qasos oluvchilar»)
Hasanxon Nusrat al-Vazara Badening 1920 yilda yozib tugallagan «Doston-e boston yo sarguzashte Kurush» («O‘tmishdan hikoyalar yoki Kurushning tarixi«).
Do'stlaringiz bilan baham: |