16
tilshunosligiga bog„liq o„rinlarda esa substansial yo„nalish asosida
yondashilgan ilmiy xulosalarga tayanildi.
“Tilshunoslikka kirish” kursining vazifasi
Lingvistika va tillarni
o`qitish bakalavriat tizimidagi filolog talabalarni til haqidagi fanning
asoslari bilan tanishtirish, ularning lisoniy bilimlarini kengaytirish va
mustahkamlash, ularga zaruriy lingvistik atamalar haqida ma‟lumot
berish, ba‟zi tillar orasida uchrovchi ayrim til hodisalaridagi umumiylik
va xususiyliklarni qiyoslab berishdan iborat.
“Tilshunoslikka kirish” to„rt asosiy qismdan iborat bo„lib, kirish
qismida tilning ijtimoiylik tabiati, ikkinchi va uchinchi bo„limlarda lison
va nutq farqlanishi hamda shu asosda lisonshunoslik bo„limlari, nihoyat
dunyo tillari tasnifi o„rganiladi.
Til
– ijtimoiy mohiyatga ega bo„lgan hodisa. Avvalo, “til”,
“ijtimoiy” tushunchalari to„g„risida batafsilroq to„xtalib o„taylik. Til
bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a‟zolarining ongida mavjud
bo„lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo„lgan, fikrni
shakllantirish va uni ifodalashga xizmat
qiladigan birliklar hamda
ularning o„zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig„indisidir. Til
mohiyat, umumiylik, zaruriyat va yashirin imkoniyatdir.
“
Ijtimoiy
” so„zi arab tilidan olingan bo„lib, kishilik jamiyatiga,
uning hayoti va qonuniyatlariga oid degan ma‟noni ifodalaydi. Kishilik
jamiyati til bilan chambarchas bog„liq bo„lib, til va uning voqelanishi
bo„lmish nutq yordamida kishilar o„zaro fikr, axborot almashish
imkoniyatiga ega bo„ladilar. Demak, til kishilik jamiyatining eng muhim
axborot almashish vositasi bo„lib, jamiyat va uning a‟zolariga xizmat
qiladi.
Shuningdek, u voqelikni avloddan avlodga yetkazuvchi, insoniy
kechinmalar, his-tuyg„ularni ifoda etuvchi, insonning his-tuyg„ulariga
ta‟sir kursatuvchi vosita hamdir.
Til ko„p qirrali va murakkab hodisa bo„lganligi uchun ham kishilik
jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida til hamda uning muhim
xususiyatlari
haqidagi turli tushunchalar, fikr-mulohazalar-u nazariyalar
vujudga kelgan. Jumladan, XIX asrning o„rtalariga kelib tabiiy fanlar
sezilarli darajada rivojlandi; Charlz Darvinning jonivor va
17
o„simliklarning turlari haqidagi ta‟limoti
1
ning yuzaga kelishi natijasida
ba‟zi tilshunos olimlar tilni tirik organizm deb tushuna boshladilar.
Mashhur nemis olimi Avgust Shleyxer (1821-1868) nomi bilan bog„liq
bo„lgan “naturalistik oqim” vakillari tilni tirik organizm ekanligini
isbotlashga uringanlar. (A.Shleyxer: “hind-yevropa tillari bir bobotildan
kelib chiqqan” degan g„oyani ham ilgari
suradi va hind-yevropa
tillarining taraqqiyotini “shajara daraxti” orqali tushuntiradi.) A.Shleyxer
o„zining “Darvin nazariyasi va tilshunoslik”
2
(1863-yilda yaratilgan)
asarida Darvinning ta‟limotini tilga ham tatbiq etish kerak, deb da‟vo
qiladi. Uning “Insonning tabiiy tarixi uchun tilning ahamiyati haqida”
(1865-yilda yaratilgan) asari ham shu nuqtayi nazarda yaratilgan.
A.Shleyxer va uning tarafdori bo„lgan M.Myullerlarning yozishlaricha,
tilning paydo bo„lishi, rivojlanishi va o„lishi tabiat qonunlariga
bo„ysungan holda ro„y beradi, ya‟ni kishi tug„ilganda til ham tug„iladi,
kishi o„lganda til ham o„ladi. A.Shleyxer, M.Myuller, G.Paul kabi
olimlar shunday fikr tarafdorlari bo„lganliklari uchun ham ular
“
Do'stlaringiz bilan baham: