Antroposentrik tilshunoslik
o`zbek lisonshunosligi uchun nisbatan
yangi, jahon tilshunosligi uchun esa kamida ikki yarim asrlik tarixga ega
bo`lgan yo`nalish hisoblanadi.
Antropotsentrizm so`zi yunoncha
anthropos
–
odam
hamda
lotincha
centrum
–
markaz
ma‟nosini bildiruvchi so`zlar birikuvidan
hosil bo`lgan
2
. Antropotsentrizm termini dastlab qadimgi yunon
falsafasining ”
Inson koinot markazidir
” degan g`oyani ilgari suruvchi
qarashiga nisbatan qo`llanilgan bo`lib, bu g`oya, ayniqsa, o`rta asrlarda
Yevropada keng tarqaldi
3
.
Hozirgi vaqtda tilshunoslikning yetakchi paradigmalaridan biri
sifatida tan olinayotgan antropotsentrizmning ildizlari V.fon Gumboldt
1
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M.
Hozirgi o`zbek adabiy tili. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2010. – 403 b.
2
http // ph.ras.ru// elib 0215 html: Новая философская энциклопедия.
3
Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуальные исследования. Введение. – М.:
Флинта, 2014. – С. 8.
12
hamda
L.Vaysgerberning
nazariy
qarashlaridan
oziqlandi
1
.
Antropotsentrik paradigmaning shakllanishi til egasi – so`zlovchi shaxs
omilini tadqiq etish bilan bog`liq. Demak, mazkur yo`nalishning
tadqiq yo`nalishi mohiyatida ”til–shaxs–nutq” dixotomiyasi turadi.
Antropotsentrik paradigma tilni immanent tarzda, ya‟ni o`z egasidan
ayro holda tadqiq etishga antipozitivistik qarashlarning yuzaga kelishi
natijasida shakllandi
2
.
Jahon tilshunosligida matnni antropotsentrik paradigma asosida
o`rganish,
asosan,
lingvistik
semantika,
lingvokognitologiya,
psixolingvistika, lingvokulturologiya, pragmatik tilshunoslikka oid
tadqiqotlarda ko`zga tashlanadi.
Substansial yo`nalishning asosiy samarasi tilning tizimli hodisa
ekanligini
isbotlashdan
iborat
bo`lgan
bo`lsa,
antropotsentrik
paradigmada inson asosiy o`ringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib
toptiruvchi bosh unsur deb qaraladi. Zero, rus adibi S.Dovlatov to`g`ri
ta‟kidlaganidek: “
Inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil etadi
”.
Shu bois ”
inson aqlini, insonning o`zidan, tildan va nutq yaratish
hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib
bo`lmaydi
”.(V.A.Maslova)
Til, uning nutqiy voqelanishi, inson omilida tilning ahamiyati
serqirra hodisalar bo`lib, aslida, yuqorida qisman sharhlab o`tgan
yo`nalishlarimiz til mohiyatiga turlicha yondshuvlarning natijasidir.
Qo„lingizdagi mazkur kitob mavjud darslik va qo„llanmalardan
yangi – milliy grammatik talqinlarga uyg„unligi bilan ajralib turadi.
Ushbu darslik nafaqat o„rta va oliy ta‟lim tizimida amalda bo„lgan
dasturlar bilan uyg„un, balki “Tilshunoslik nazariyasi” o„quv fani oldida
turgan muhim vazifani – kitobxon toliblarni yangicha grammatik
talqinlarning asosiy atamalari, tushunchalari, tahlil usullari bilan
tanishtirishni – ularni yangi tilshunoslik dunyosiga olib kirishni
1
Маслова В.А. Лингвокультурология. – М.: Acаdemia, 2001. – С. 17; Маҳмудов Н.
Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб ... // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Тошкент,
2012. – № 5. – Б. 3-16; Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуальные исследования.
Введение. – М.: Флинта, 2014. – С. 8.
2
Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдлик. – Тошкент: Академнашр, 2012. 3-жилд. – Б.
262-263.;
Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Тошкент: Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси , 2008. – Б. 35.
13
bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali ziyolilar ongidagi milliy
tafakkur tarzi va mafkura ko„chatlarini sug„orishga ham xizmat qiladi.
Darslikni mukammallashtirishga qaratilgan o„rinli taklif va
mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladilar.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |