O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “OLMALIQ FILIALI” “Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi Mustaqil ish Bajardi: 3B-19 KI guruh talabasi Eraliyev H Tekshirdi: Xunarov A Olmaliq 2022 Ekologiya boshqa fanlar o’rtasidagi o’rni REJA: 1.Ekologiyaning biologiya bilan aloqasi. 2.Ekologiyaning fan-texnikadagi o’rni. 3.Ekologiyaning kimyo faniga qo’shgan hissasi. Ekologiya fani biologiyaning eng yosh, lekin juda ham tez rivojlanayotgan tarmog’i bo’lib, tabiatda uchraydigan tirik organizmlarning bir-birlari va ular yashayotgan muhit bilan bo’layotgan munosabatlarni o’rganadi. Ekologiya tirik organizmlarning rivojlanishi, ko’payishi, tarqalishi, o’zgarishi hamda ular hosil qiladigan murakkab ekologik birliklar qonunlarni o’rganadigan fanga aylandi. Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishiga olib keladi. Salbiy kuchkar ta’sirida tabiatning holati o’zgaraveradi. Buning natijasida tabiiy voqtlikni o’rganadigan ekologiya fani turli biologik va nobiologikfanlar bilantabiiy ravishda bog’lana boshladi. Ekologiya o’simlik va hayyvonlarning turli joylarga moslashishi, fasllar bo’yicha o’zgarishi va ayniqsa, ularning turli tabiiy mintaqalarga xosligini aniqlashda jo’g’rofiya fani bilan qadimdan bog’liqdir. Organizmlarning o’rganish jarayonida ularga muhitning tabiiy omillari ta’sirini aniqlashda va muhitga organizmlarning ham ko’rsatadigan aks ta’sirini yoritishda ekologiya nobiologikfanlarga, ya’ni iqlimshunoslik, landshafshunoslik, metrologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik kabi fanlarga bog’lanadi, chunki organizmlarning o’sish, rivojlanish va ko’payish jarayonlari iqlim, yerning tuzilishi, tuproqlarning tabiiy va kimyoviy holatlari bilan bog’liqdir. Kimyoning rivojlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligining taraqqiyoti natijasida inson salomatligiga ziyon yetkazishni aniqlaydigan, ekologik ofatlarning oldini olishni o’rganadigan yo’nalishlar: “Odam ekologiyasi, “”Qishloq xo’jalik ekologiyasi ”, “Transport ekologiyasi”, “sanoat eologiyasi”, “Tabobat ekologiyasi”, “Geoekologiya”, “qurilish ekologiyasi” kabi fan tarmoqlari kelib chiqmoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning tabiiy zahiralardan foydalanish yo’larini o’rganiladigan va amalga oshiradigan “Iqtisodiy ekologiya”, “ijtimoiy ekologiya”, va tabiat go’zaligini tushuntirib uni targ’ibot qiladigan “Etik, estetik ekologiya” fani ham rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda turli shahar va qishloqlarda aholi uchun uy joylarni, sanoat markazlarini qurishda tabiatga zarar keltirmaydigan holda qurilishni rejalashtirgan “Me’morchilik ekologiyasi”, Tabiatdagi salbiy holtlarni aniqlaydigan, turli ekologik chora tadbirlar ishlab chiqadigan, Muhitning ifloslanishi, zararlanishini to’xtatadigan “Ekologik ekspertiza”, kabi yo’nalish,EHM apparatlari hisoblari asosida matematik yo’llar bilan ekologik modullar yaratish kabi yo’nalishlar ham mavjud. Xulosa qilib aytganda, ekologik tirik organizmlarning eng maydasi- mikroorganizmlardan tortib to insongacha, hattoki insonning yashash sharitini,uning tabiatga va tabiiy holatarning insonga qiladigan salbiy ijobiy ta’sirlarni biologik hamda nobiologik fanlar hamjihatlikda o’rganadi. Ekologiya atrof muhit holatini o’rganishning nazariy asoslarini yoritadi. - Adabiyotlar:
-
- 1.I.Karimov. Uzbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 1997 yil. 2. A.Tuxtaev. Ekologiya. T. O‘kituvchi 1998
- YU.Maxmudov. Ekologiyadan qo‘llanma T. «Fan,» 1997
- I.Xolliev A.Ikromov. Ekologiya T. «Mexnat,» 2001
- SH.SHirinboev. Atrof muhitni muxofaza qilish. Samarkand SHSHM. Safin.
- www.ziyonet.uz
Etiboringiz uchun tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |