Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/158
Sana07.04.2022
Hajmi3,96 Mb.
#533874
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
- P2

Mead D. С, Morrisson С. 
The Informal Sector Ele-pfant // World 
Development. 1996. Vol. 24. No. 10. P. 1611-1619. 


Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), 
Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va 
Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha 
axbortlardan 
foydalanib 
D.Mid 
va 
K.Morrissonlar 
ushbu 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
kichik 
biznesning 
legalliligi 
(ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga 
rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu 
tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir. 
Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib 
tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar 
o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha 
keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab 
chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar; 
sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 
kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir, 
1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan 
o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan 
o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis 
bundan mustasno). 
Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga 
keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 
darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan 
chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”
114
. Bunday mayda 
korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni 
oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli 
mamlakatlarda turlicha darajada). 
Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi 
o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan 
o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo 
va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, 
Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan 
korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, 
Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni 
ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini 
114
Mead D. С, Morrisson С. 
Op. cit. Р. 1613. 


isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va 
yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan 
norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan 
tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin”
115

Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham 
bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya) 
ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga 
amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand) 
aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar 
ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini 
anglatmaydi
116
. Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida 
chegara o‘tkazish murakkabdir. 
D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda 
jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni 
olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali 
haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan 
oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi 
ancha pastdir. Bu ma’lumotlar norasmiy sektorda, asosan, 
ma’lumotga ega emas odamlar ishlaydi degan tushunchani inkor 
etadi. Tailand va Tunisda ko‘pchilik (50-70%) kichik korxonalar 
jismoniy kapitalga investitsiyalarni amalga oshirsalar, Jazoirda esa 
kamchilik (15-30%) korxonalar bunday investitsiyalarni amalga 
oshiradilar, bu ushbu mamlakatda norasmiy sektor korxonalarida 
modernizatsiya jarayonlarini past darajada ekanligidan dalolatdir. 
D.Mid va K.Morrissonlar xulosasiga ko‘ra “uchinchi dunyo” 
mamlakatlarining deyarli barchasida ko‘pchilik korxonalar quyidagi 
umumiy xususiyatlarga egadirlar: band bo‘lganlarni soni kam, soliq 
va boshqa qoidalarga rioya qilmaslik, past darajada kapital 
sig‘imkorligi. Ammo bu xususiyatlarning barchasi birdaniga 
uchramasligi mumkin, shu sabab norasmiy sektorning universal 
ta’rifini ishlab chiqish murakkablashmoqda. “Norasmiylik”ni o‘ziga 
xos mozaikaga o‘xshatish mumkin, uning elementlari ichida qonuniy 
115
Mead D. 
С, 
Morrisson С. 
Op. cit. Р. 1613. 
116
O‘sha yerda 


va tasodifiylarini ajratib olish juda murakkabdir. Ushbu holatni 
e’tiborga olib, tadqiqotchilar tahlilchilarni turli mamlakatlarning 
ma’lumotlarini tanqidiy baholashlari va har bir holatda norasmiy 
sektor tushunchasiga qanday mazmun berilayotganing aniq 
ko‘rsatishlarini so‘rashmoqda. Chunki har bir mamlakatda norasmiy 
sektorga turli holatda turli mazmun berilmoqda. 
Har qanday holatda “uchinchi dunyo” tadqiqotchilari norasmiy 
sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egaligini 
yakdillik bilan tan olishmoqda. Ba’zi mamlakatlarda u hatto rasmiy 
iqtisodiyotdan ham oshib ketgan (7.1.4- va 7.1.5-jadvallar). 

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish