Fizika-texnika fakulteti tyutori Akbarova Ma’mura Ismoilovna
1-fevraldan 28-fevralgacha bajarilgan ishlari
HISOBOTI
1-2 -fevral kunlari Darsdan tashqari vaqtda davlat muassasalari tashkilot va korxonalari xamda xususiy sektorda rasmiy (shartnoma asosida) yoki norasmiy ishlayotgan talabalar to’g’risida ma`lumot tayyorlandi va ma`sullarga topshirildi.
3-4- fevral kunlari o`zimizga biriktirilgan talabalarni ijara xonadonlari va TTJ ga qaytganligi xaqida hamda TTJ lar talabalar o`qishga qaytishiga tayyorligi o`rganildi va masullarga xisobat berildi.
5- fevral kuni talabalarni HEMIS dasturi orqali yakuniy nazorat ishlarini olib borayotganligini nazorat qilib bordik.
6- fevral kuni talabalarni ananaviy o`qishga qaytishi munosabati bilan TTJ larda talabalarni kutib olindi.
7- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-oktabrda o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishining 6-son bayonining 1.7.3-bandi ijrosi yuzasidan 2022-o‘quv yili uchun “Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ma’naviy va ma’rifiy ishlarni samaradorligini tashkil etish” bo‘yicha vazirlik tomonidan 11 ta uslubiy tavsiyalar ilovasiga muvofiq o’quv kurslarni tashkil etish maqsadida “Talabalarda sog`lom turmush tarzi madaniyatini shakillantirish bo`yicha uslubiy tavsiyalar” mavzusida 2022 yil 7-fevral kuni Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti yoshlar masalalari va ma`naviy-marifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari hamda tyutorlari tomonidan o’quv-seminar tashkillandi.
8- fevral kuni Farg‘ona davlat universitetida tahsil olayotgan ishga va yordamga muhtoj talabalar ro‘yxati xamda oylali qizlar xaqidagi ma`lumotlarni ma`sullarga topshirildi.
9- fevral kuni Farg’ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti tyutorlari hamda faol talaba-yoshlar ishtirokida mutaffakkir she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g’azal va dostonlari bilan tadbir o`tkazildi.
10- fevral kuni talabalarni kantraktlardan qarizdorligi bo`yicha ogoxlantirildi xamda jadvalshakilga keltirilib ma`sul shaxslarga yetkazildi.
14- fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakultetida keng nishonlandi. Shu kuni “ Bobur dilbar shaxs“ mavzusida fakultet bosqichida insholar tanlovi o’tkazdim. 1-talabalar turar joyida navbatchilikni o`tkazdim. Navbatchilik davrimda talabalarni yashash sharoitlarini o`rgandim va talabalar bilan yakuniylarga tayyargarlik ko`rishlari xaqida suxbatlashdim
15-fevral kuni Farg’ona davlat universiteti asosiy majlislar zalida Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlangan sahnalashtirilgan “ Bobur dilbar shaxs“ mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Farg’ona davlat universiteti rektori B. SH. Shermuxammadov, prorektorlar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, Boburshunos olimlar va universitet tyutorlari ishtirok etdilar.
17-fevral kuni 4-talabalar turar joyida “Oila mustahkamligi uchun har birimiz ma’sulmiz“ mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Talaba qizlarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
18 -fevral kuni talabalarni EXCEL dagi umumiy malumotlarini tayyorlab berdim.
19 -fevral kuni farg’ona shahridagi O`tra sho`ra MFY ga tashrif buyurdik. MFY raisi va xokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi bilan mahalla xududidagi ijtimoiy holat haqida suhbatlashdik.
21-fevral kuni A.Qodiriy kochasi 19-uy 56-xonadonda yasshovchi 20.10 gurux talabasiSobitov Qilichbekni ijarada yashash sharoitini o`rgandim. O`rganish mabaynida talabalarga tozalikga rioya etishi va elektr moslamalaridan to’g’ri foydalanish bo`yicha o`z maslaxatlarimni berib o`tdim.
22 -fevral kuni 3-juftlik darsida 20.10- guruh talabalariga axborot va murabbiylik soatini o`tdim men bu darsda universitet odob-ahloq qoidalariga qattiy rioya qilishini hamda PQ 92-qarorini mazmun moxiyatini tushuntirib o`tdim.
Fizika-texnika fakulteti yoshlar
masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: D.G’ulomov
Fizika texnika fakulteti tyutori: M.Akbarova
Do'stlaringiz bilan baham: |