O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING
BUYRUG'I
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi 98-son buyrug'i ijrosi to'g'risida
Vazirlar Mahkamasining "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 17-fevraldagi 74-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi 98-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida,
buyuraman:
1. Prorektorlar, fakultet dekanlari, boshqarma, bo'lim va markaz boshliqlari,kafedra mudirlari, filiallar, akademik litsey va texnikum direktorlari:
Vazirlar Mahkamasining "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 17-fevraldagi 74-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi 98-son buyrug'ini ma'lumot va ijro uchun qabul qilsinlar (ilova qilinadi);
Dalolatnoma asosida Yuriskonsult Universitet tomonidan qabul qilingan hujjatlarni xatlovdan o'tkazganligi hamda Vazirlar Mahkamasining "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 17-fevraldagi 74-son qaroridan kelib chiqib, o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish talab etiladigan Universitet hujjatlari aniqlanmaganligini ma'lumot uchun qabul qilsin.
2. Yuriskonsult (T.Tojibayev) doimiy ravishda har oyning 5 sanasiga qadar Universitet tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy targ'ibot bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirlar natijalari (foto, video, audio va bosma materiallar, ko'rgazmali taqdimot materiallari (slayd, infografika,va boshqa))ni hisobot shaklida Vazirlikga kiritib borsin.
3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda hududiy filiallari hodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo'yicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi (keyingi o'rinda - Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo'yilsinki:
Universitet har yili hodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo'yicha joriy yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini qabul qiladi va uning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Universitet, filiallar, akademik litsey va texnikum direktorlari ushbu buyruqda va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o'z vaqtida lozim darajada amalga oshirilgan holda, natijasini tegishincha tadbir o'tkazilgan kundan kechikmasdan tadbir natijalari (foto, video, audio, va bosma materiallar, ko'rgazmali taqdimot materiallari (slayd, infografika va boshqa))ni tegishincha Universitet Yuriskonsulti (T. Tojibayev)ga kiritib borishi zarur;
Universitet tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va islohotlar sohada amalga oshirilayotgan tashkiliy-huquqiy va texnik islohotlar sifatida portalga kiritilishi lozim:
Portalga taqdim etilayotgan ma'lumotlar va ularni asoslantiruvchi hujjatlar sifatli, har tomonlama chuqur o'ylangan va qo'yilgan masalaga muvofiq ravishda belgilangan talablarga to'laqonli javob berishi shart.
5. Portalga kiritilishi mo'ljallangan ma'lumotlarning sifatli va o'z muddatida taqdim etilishi, haqqoniyligi bo'yicha mas'uliyat ushbu ma'lumotlarni tayyorlagan mas'ul ijrochi hamda tegishli prorektorlarga yuklansin.
6. Yuriskonsult (T.Tojibayev), Korrupiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi (M.Umurzoqov). Matbuot xizmati, barcha mas'ullar, Filiallar, Akademik litsey, Texnikum direktorlari tegishincha Portalga, shuningdek, o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va rasmiy veb sayti, shu jumladan, telegram ijtimoiy taqmog'iga hamda telegram kanaliga zarur materiallar har ish kuni davomida kiritib borilishini ta'minlasin:
7. Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor v.b. (F.Aripjanov), Yuriskonsult (T.Tojibayev) o'rnatilgan tartibda huquqiy targ'ibot bo'yicha Universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, shuningdek, muntazam ravishda zaruratga qarab sohada huquqiy targ'ibot o'tkazishda va uni amalga oshirishda jonkuyarlik ko'rsatgan faol universitet xodimlarini rag'batlantirish va kamchilikka yo'l qo`ygan universitet xodimlariga nisbatan intizomiy jazo qo'llash bo'yicha takliflarni
Rahbariyatga kiritib borsin.
8. shbu buyruqning bajarilishi nazoratini Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor D.Yaxshiboyev zimmasiga yuklatilsin. 02
Rektor v.b. B. Maxkamov
№
|
Tadbir nomi
|
Tadbirni amalga oshirish mexanizmi
|
Tadbirni bajarish muddati
|
Mas’ul ijrochi
|
Nazoratga mas’ul bo’lgan ijrochi
|
2.
|
2022-yilda universitet tomonidan o'tkaziladigan respublika darajasidagi anjumanlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalar haqida ma'lumot berish
|
2022-yilda universitet tomonidan o'tkaziladigan respublika darajasidagi anjumanlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalar haqida ma'lumotlarni ushbu tadbir qachon va qaysi hujjatga asosan o'tkazilishi, o'tkazilgan bo'lsa o'tkazilgan tadbir bo'yicha to'plam (konferensiya to'plami), foto, videmateriallarni Vazirlik yuridik bo'limga taqdim etish.
|
10-martga qadar
|
Ilmiy tadqiqot bo'limi (U.Berdanov), Xalqaro hamkorlik bo'limi (Dj.Sultanov), Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i (X.Tursunov). Yoshlar bilan ishlash bo'yicha
barcha dekan muovinlari.
|
Ilmiy ishlar
va innovatsiyalar bo'yicha prorektori (K.Tashev).
|
3.
|
Talabalar va
soha xodimlari uchun yo'lga qo'yilgan imtiyozlar haqida ma'lumot taqdim etish
|
Yo'lga qo'yilgan imtiyozlar bo'yicha ma'lumotlar berish, unda yo'lga qo'yilgan imtiyoz qachon va qaysi hujjatga asosan yo'lga qo'yilganligi va ushbu imtiyoz kimlar uchun qanday shartlar asosida CELOTOL qo'llanilishi, ushbu imtiyozdan ko'zlangan maqsadlarni to'liq ma'lumotlar. va ifoda etuvchi ularni tasdiqlovchi hujjatlarni Vazirlik yuridik bo'lim hamda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo'limiga kiritish
|
20-martga qadar
|
Boshlang'ich kasaba uyushma Yoshlar qo'mitasi (S.Jumayev), Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim (X. Tursunov).
|
Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori (D. Yaxshiboyev).
|
4.
|
Ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini reklama qilish uchun taqdimot materiallarini tayyorlash va uni taqdim etish
|
Ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini reklama qilish uchun taqdimot materiallarini tayyorlash va uni dastlab universitet veb-saytiga joylashtirish hamda Vazirlik yuridik bo'limiga kiritish
|
1-iyulga qadar
|
O'quv media markazi direktori Yoshlar
(Sh.Joldasov), Matbuot xizmati bo'limi.
|
Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori (D. Yaxshiboyev
|
|
|
II. Soha xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha o'qitish
|
|
|
|
5.
|
Universitet va uning tarkibidagi filiallar, texnikum va litseylarda huquqiy online o'quv soatlarini tashkil etish va natijalarini o'matilgan tartibda Vazirlikning yuridik bo'limga kiritish
|
1. Universitet tizimidagi filiallar, Har texnikum va litseylar normativ-huquqiy hujjatlar yoki amaldagi sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati yohud Respublika darajasida o'tkazilgan huquqiy o'quv soatlarida o'tkazilgan mavzular bo'yicha tashkilotda har xaftaning payshanba kuni tashkilot xodimlari uchun online tarzda huquqiy o'quv soatini o'tkazish;
2. Payshanba kuni o'tkazilgan tadbir natijalarini o'rnatilgan tartibda Vazirlik yuridik bo'limiga kiritish.
|
Har haftaning payshanba kuni
|
Yuriskonsult
(T.Tojibayev) O'quv media markazi (Sh.Joldasov), Matbuot xizmati bo'limi.
|
Barcha prorektorlar
|
6.
|
Universitet xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni taqdim etish
|
Universitet xodimlarining malakasini har oyning oshirish bo'yicha amalga oshirilgan tadbirlarni aks ettiruvchi foto-video, materiallar, shuningdek, malaka oshirishda qo'llanilgan o'quv materiallarini Vazirlik yuridik bo'limiga kiritish
|
har oyning 10-sanasiga qadar
|
Xodimlar bo'limi (Z.Begmatova), O'quv-uslubiy boshqarmasi (A.Ergashev). barcha dekanlar.
|
O'quv ishlari bo'yicha prorektor (Sh.Sadullayeva). Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori (K.Tashev).
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |