tasavvur hukmron edi. E.de Soto esa yashirin biznesda xuddi rasmiy
iqtisodiyotda bo‘lgani kabi “qonun kuchi” mavjudligini ko‘rsatib
berdi. Uning tadqiqotlari norasmiy faoliyatning
barcha sohalarida
(uy-joy qurilishi, savdo, transport) barqaror
tashkilotlar mavjud
bo‘lib, ular yashirin faoliyat ishtirokchilarini bir-birlari bilan va
davlat institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtiradilar. “Soya”da
ham o‘zining
kasaba ittifoqlari, sudlari, huquqiy normalari bilan
parallel
dunyoda yashaydiki, u ko‘p hollarda rasmiy dunyodagiga
qaraganda samarali hisoblanadi.
Biznesning yuqori transaksiya xarajatlari
individual faoliyatni
samarasiz qilib qo‘yadi, natijada yashirin faoliyat ishtirokchilarini
nolegal tashkilotlarga birlashishga majbur qiladi. E.de Soto
transaksiya xarajatlarining “rasmiylik-norasmiylik” me’yorlari
asosida quyidagi yangi klassifikatsiyasini ishlab chiqdi:
Birinchi guruh - “qonunga bo‘ysunish bahosi” bo‘lib,
qonunga
bo‘ysunuvchi xatti-harakatining xarajatlaridir. Bunda tadbirkor
rasmiy biznesda iqtisodiy faoliyatning
biron bir turi bilan
shug‘ullanish huquqini olish uchun bir martalik “erishish
xarajatlari”ni qilishi kerak:
– ruxsatnoma olganidan keyin “qonun doirasida faoliyatini
davom ettirish xarajatlarini qilishi;
– soliq va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashi kerak;
–
ishlab
chiqarish
standartlarining
byurokratik
reglamentatsiyalarga bo‘ysunish xarajatlari;
– nizolarni hal qilishda yoki qarzlarni undirishda samarasiz sud
faoliyati natijasida yo‘qotishlarga uchrashi, zarar ko‘rishi xarajatlari.
Peruda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik biznes sub’ektlari (kichik
sanoat firmalari) qonunga bo‘ysunmagan taqdirda qonundoirasida
faoliyat yuritayotganlarga nisbatan 4,5 barobar ko‘p miqdorda foyda
olishlarini
ko‘rsatdi. Bunda soliqlar qonunga bo‘ysunish
xarajatlarining atiga 21,7% qoplar ekan.
Biznesga bosim soliqlar
emas, balki byurokratik protseduralar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularga
boshqarish xodimlarining 40% ish vaqti sarflanar ekan
157
.
Ikkinchi guruh transsaksiya xarajatlarigi “xufyonalik bahosi”ni
ifodalaydigan quyidagi xarajatlar kiradi:
157
Сото Э. де. С. 187 – 188.
– “jazodan qutilib qolish” xarajatlari (sug‘urtaning alohida
shakli sifatidagi poralar);
– xufyona iqtisodiyotdagi kapitalga yuqori stavkalar;
– texnika hajmkorligi (kapital hajmkorligi) yuqori bo‘lgan
ishlab chiqarish sohalarida ishtirok eta olmaslik;
– mulk huquqining nisbatan kuchsiz himoyalanganligi;
– “shartnoma
tizimidan
foydalana
olmaslik
bahosi”
(ishbilarmonlik majburiyatlarini buzishning xavfliligi) (qarang:7.4.2-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: