Garmonik rivojlanish (yunon, pagtesha–bog’liqlik, hamohanglik, muvofiqlik) – insondagi jismoniy, aqliy va ma'naviy kuchlarning o’zaro bir–birlariga muvofiq ravishda rivojlanishidan iborat bo’lgan kamolot darajasi.
Guruh – ma'lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasi.
Genetik psixologiya (yunon. genetikos–tuqilishga, kelib chiqishga oid) – psixologiyaning maxsus sohasi bo’lib, umuman, hayvonlar xulqi va inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi; xususan psixik jarayonlarning o’zgarishini, turning biologik va evolyutsion taraqqiyoti (filo–genez), odamning paydo bo’lish tarixi, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti, har bir organizmning yoshga qrab yoki individual taraqqiyoti (ontogenez) jarayoni asosida o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |