Geshtalpsixologiya (nem. cestalt–tasvir, yaxlit shakl, tarkib tuzilish)– psixik jarayonlarning yaxlit tuzilishi va dinamikligi jarayoniga asoslanuvchi, bu xususiyatlar azaldan psixikaga xosdir, ular psixika taraqqiyotining asosini tashkil qiladi, degan fikrni ilgari suruvchi oqimlardan biri.
Differentsial psixologiya – psixologiyaning shaxsning individual hamda muayyan gruppalarga oid bo’lgan psixologik farqlarini o’rganadigan maxsus sohasi.
Dogma (aqida) (yunon. dogma–o’zgarmaydigan, qotib qolgan narsa) – ob'ektiv sharoitlarning o’zgarishini hisobga olmasdan, shak-shubhasiz qabul qilinishi, bajarilishi zarur bo’lgan qoida.
Do'stlaringiz bilan baham: |