O’xshshlik assotsiatsiyasi – bir biriga o’xshash belgilarga ega bo’lgan narsa va xodisalarning birortasini idrok yoki tasavvur qilish munosabati bilan ongimizda boshqalarning ham obrazlari ixtiyorsiz ravishda tiklanishidan iborat qonuniyat. Masalan, hasan va husanning birinchi idrok qilsak, ixtiyorsiz ravishda ikkinchisini eslaymiz.
Haqiqat – hukm va tushunchalarning bu hukm va tushunchalarda aks ettirilayotgan ob'ektlarga mos kelishi; narsa va hodisalarni, ob'ektiv olamning konuniyatlarini, sabab–oqibat bog’lanishlarini ongimizda to’g’ri aks ettirishdan iborat psixologik kategoriya.
Xayol sifatlari – xayol jarayonida yaratilgan obrazlarning kengligi, mazmunliligi, kuchi va realligidan iborat individual farqlari. Bu sifatlariing barchasi bir–birlari bilan uzviy ravishda bog’liqdir.
Hasadgo’ylik – o’zga shaxslarning mavqei qobiliyati, iste'dodi, faoliyatdagi yutuqlari, mulki kabilarga nisbatan g’arazgo’ylik munosabatida ifodalanadigan salbiy xarakter xislati.
Harbiy psixologiya – psixologiyaning jang va harbiy mashq, strategiya va taktika masalalarini, komandir sostavi va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni psixologik taqlil qilish hamda tegishli ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat maxsus sohasi.
Kosmik psixologiya (yunon. dunyoviy, dunyo bo’shlig’iga oid) –psixologiyaning kosmik uchishlarning psixologik muammolarini o’rganish, ilmiy jihatdan tekshirish bilan shug’ullanadigan maxsus sohasi. Kosmik psixologiya asosan kosmik uchish faktorlarining kosmonavtlar psixikasi va faoliyatiga ta'sirini o’rganish, kosmik kema boshqaruv priborlari va boshqaruv richaglarini psixologik jihatdan bahlash, kosmonavtlarni psixologik jihatdan tanlash va kosmik uchish sharoitlariga tayyorlash kabi masalalar bilan shug’ullanadi.
Shapko’rlik – ko’z to’r pardasidagi tayoqcha shaklidagi ko’ruv hujayralarining to’liq yoki qisman ishdan chiqishi munosabati bilan qosh qorayganda yoki kechasi yaxshi ko’rmaslik, ba'zan esa kechasi butunlay ko’rmaslikdan iborat ko’ruv sezgilarining nuhsoni. Tayoqchasimon ko’ruv hujayralari tovuq ko’zining to’r pardasida yaxshi rivojlanmagan, shuning uchun ham u kechasi yaxshi ko’rmaydi. Bu nuhsonning «kurinaya slepota» deb atalishining sababi ham shundan iboratdir.
Lakonizm (yunon. lakonicmos–qisqalik) – nutq jarayonida fikrni qisqa hamda aniq ifodalay bilishdan iborat aql sifati yoki xarakter xislati. Rivoyatlarga ko’ra, qadimgi lakoniyaliklar, spartaliklar aqlning ana shunday sifati bilan mashhur bo’lgan ekanlar.
Logopediya (yunon. 1ogos–so’z, nutq, raideia–tarbiya) – defektologiyaning bolalar nutqining rivojlanishidan kamchiliklarni bartaraf qilish nazariyasi hamda praktikasi haqidagi bo’limi. Logopediya nutq kamchiliklarining sodir bo’lishining sabab va mexanizmlarini tekshiradi, ularni bartaraf qilishning priitsip va metodlarini ishlab chiqadi,
Pedagogik psixologiya – yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o’rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan birini tashkil qilib, pedagogika nazariyasi va praktikasini tashkil qilish uchun zarur bo’lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |