Abuali ibn Sino asarlari bibliografiyasi. Abuali ibn Sino haqida



Download 31,08 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi31,08 Kb.
#658253
Bog'liq
2 5190916350326872137


Abuali ibn Sino asarlari bibliografiyasi.
Abuali ibn Sino haqida:
Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ʻAlī al-Husayn ibn ʻAbd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) — oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim, boshqa manbalarda esa, buxorolik fors olimi, tabib va faylasuf deb yuritilgan. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999-yilda vafot etdi.
Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“ asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sino ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizikaning maqsadlari haqida“gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr Albarqiy (yoki Baraqiy)ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ („Yakun va natija“) qomusiy asari hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi.
Qoraxoniylar 999-yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002-yil uning otasi vafot etdi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yilgacha davom etib, oxiri Qoraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois Ibn Sino oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. XI-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazmshohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj(Urganch)da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Iroq, (1034-yilda vafot etgan), mashhur tabib va faylasuflar Abu Saql Masihiy (1010-yilda vafot etgan), Abu al-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qoʻshildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, Ibn Sino u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid „Risola aliksir“ („Eliksir haqida risola“) nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu al-Xayr Hammor Gʻaznaga ketadilar. Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011-yillarda yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining janubi sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda 1012—1014-yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Jurjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U Ibn Sino bilan olimning soʻnggi damigacha, 25 yil davomida birga boʻladi. Ibn Sino tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta.
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi „Tib qonunlari“ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014-yil olim Jurjonni tark etib, Rayga koʻchdi. Ibn Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi boʻlib ishlaydi, soʻng vazirlik mansabiga koʻtariladi. Davlat ishlari bilan band boʻlishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. „Tib qonunlari“ning birinchi kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ni ham shu yerda yozishga kirishadi. „Tib qonunlari“ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi. bn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga koʻra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. „Kitob ash-shifo“ning qismlari, fors tilidagi „Donishnoma“ va 20 jildli „Insof-adolat kitobi“ shular jumlasidan.
Asarlari
Tib qonunlari” haqida.
"TIB QONUNLARI" (asl nomi "Kitob alQonun fittib") — Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. "Tib qonunlari" oʻz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi boʻlib, unda inson sogʻligi va kasalliklariga oid boʻlgan barcha masalalar mantiqiy tartibda toʻla bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shugʻullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qoʻllash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga koʻtardi va yunon, rim, hind, Yaqin va Urta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib "Tib qonunlari"da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi.
Ibn Sino "Tib qonunlari"ning 1kitobini Goʻrgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015— 1024).
Ibn Sino "Tib qonunlari"ni yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih adDimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar Roziy, Abu Sahl alMasihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. "Tib qonunlari"ning har bir kitobi, oʻz navbatida, qismlarga (fan), boʻlimlarga (jumla), maqolalarga (maqola) va paragraflarga (fasl) boʻlingan.
1kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining taʼrifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi taʼlimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" aʼzolari — suyak, togʻay, asab, arteriya, vena, pay, bogʻlam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogʻliqni saqlash haqidagi taʼlimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.
2kitobda oʻsha davrda oʻsimlik, hayvon va maʼdanlardan olinadigan 800 dan ortiq doridarmonlar taʼrifi, ularning davoli xususiyatlari va qoʻllanish usullari bayon qilingan. Muallif Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan doridarmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, Oʻrta dengiz atrofi va boshqa joylardan keltiriladigan koʻplab dori va moddalarni ham koʻrsatib oʻtadi. Ibn Sino tavsiya qilgan koʻpgina dorilar farmakopeyada hozirgi ham qoʻllanadi.
3kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha boʻlgan aʼzolarida yuz beradigan "xususiy" yoki "mahalliy" kasalliklar haqida maʼlumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagʻishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), koʻz, quloq, burun, ogʻiz boʻshligʻi, til, milk, lab, tomoq, oʻpka, yurak, koʻkrak, qiziloʻngach va meʼda kasalliklari, soʻngra jigar, oʻt pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoʻli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy aʼzolari kasalliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
4kitob kishi aʼzolaridan birontasiga xos boʻlmagan "umumiy" kasalliklarga bagʻishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar (kasallik davridagi buhronlar), shishlar (shu jumladan, rak), toshmalar, yarachaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh suyagi, koʻkrak qafasi, umurtqa va qoʻloyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda uzoq choʻziladigan va oʻta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida soʻz boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi taʼlimot (toksikologiya)ning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus boʻlimi inson husni va chiroyini saqlashga va pardozandoz vositalariga bagʻishlangan. Jumladan, Ibn Sino sochni toʻkilishdan saklaydigan hamda haddan tashqari semirib yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi.
5kitob farmakopeya boʻlib, unda murakkab tarkibli doridarmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan. Uning birinchi hemila turli taryoklar (ziddizaharlar), maʼjunlar, habdori, kulcha dori (tabletka), elaki dori, sharbatlar, qaynatmalar, sharob, marham va h.k. tavsifi berilsa, ikkinchi qismda muayyan aʼzolar — bosh, koʻz, quloq, tish, tomoq, koʻkrak qafasi va qorin bushligi aʼzolari, boʻgimlar va turli teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan hamda sinalgan doridarmonlar keltiriladi.
11-asrning boshlarida yozib tugatilgan "Tib qonunlari"ning koʻp sonli qoʻlyozma nusxalari tarqalib, tib ilmi boʻyicha eng mukammal asarga aylanadi. U Sharqda naqadar mashhur ekanligini jahonning turli kutubxonalarida saklanayotgan qoʻlyozmalarning koʻpligidan ham bilsa boʻladi. Eron olimi Yahyo Maxdaviyning "Fihristi nusxahoi musannafoti Ibn Sino" nomli kitobining oʻzida "Tib qonunlari"ning 130 nusxasi keltirilgan. Oʻz Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida ham "Tib qonunlari"ning 3 qoʻlyozmasi sakdanadi. Shulardan eng qadimiysi 1308-yilda koʻchirilgan toʻliq nusxadir.


Kitob an-najot(Kitob ash-shifo)ning qisqartirilgan shakli.
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. Ibn Sino fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa hodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini mavhumlashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi..
Aqsom al-ulum alaqliya(Aqliy ilimlar tasnifi) asari haqida.
Ibn Sino oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu sohada „Aqsom al-ulum alaqliya“ („Aqliy ilmlar tasnifi“) nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻlishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.
Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.

Javome ilm ul-musiqiy(“Musiqa ilmiga oid tuplam”) asari.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiyni ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi „Javomeʼ ilm ul-musiqiy“ („Musiqa ilmiga oid toʻplam“) asari „Kitob ash-shifo“ ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. „annajot“, „Donishnoma“larda musiqa haqida kichik boʻlimlar mavjud, „Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo. Yevropada keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. Ibn Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.a

Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda Ibn Sinoning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. Ibn Sino 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida „Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy“ („Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola“) nomli kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va „Risola aliksir“ („Iliksir haqida risola“) asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan „Kitob ash-shifo“ da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek edi.

At-tayr(Qush asari) haqida.
«At-Tayr»— «Qush asari». Ibn Sinoning adabiy ijodiga kiradigan asarlaridan biri uning «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»)dir.
Bu asar ham aslida ramz — ishoralar bilan yozilgan boʻlib, olimning jon, haqiqat toʻgʻrisidagi fikr va gʻoyalarini bilish uchun ham ahamiyatga molik. Sharqning yirik siymolaridan Farididdin Attor «Mantiq ut-tayr», ulugʻ Navoiy «Lison ut-tayr» kabi asarlarnni yozishida Ibn Sinoning shu asari asosiy turtki boʻlgan deyish mumkin. «Qush» haqida birinchi oʻlaroq kichik asar yozgan Ibn Sinodan soʻng bu sohada asar yozganlar uni yanada chuqurroq, yanada kengroq boʻlishini ta’minladilar.
Ibn Sinoning bu asari bilan birinchi boʻlib Umar ibn Sahlon Soviy (1145 yilda oʻlgan) shugʻullanib, uni fors tilida sharhlagan. Undan keyin Sharqda unga juda koʻp sharhlar bitilgan.
Asarning nomi koʻpincha «Risolatat-tayr» atalsa-da, ba’zan «Kitob shabaka va-t-tayr» («Tuzoq va qush kitobi») deb ham atalib kelingan.
Qoraxoniylar somoniylar sulolasini yiqitgandan soʻng, Ibn Sino Buxoroda turolmay, oʻziga qulayroq va tinchroq deb Xorazmga — Urganchga boradi. Koʻp oʻtmay, u yerni kuchayib kelayotgan Gʻazna hukmdorn Mahmud Gʻaznaviy oʻziga boʻysundirishga urinib, Xorazmshohga tazyiq qila boshlaydi. Buni payqagan Ibn Sino Xorazmni tark etib, Niso, Abivard, Tus orqali Gurgonga keladi. Gurgonda yana Mahmud xavfi tugʻiladi. Keyin Ray, Hamadonda yashaydi, u yerda toʻrt oy qamalib chiqadi. Keyin Isfahonda yashaydi.Xullas, olim bir joyda tinchgina yashay olmay, shaharma-shahar kezadi, bir fitnadan qochib, ikkinchisiga uchraydi. Tarixchilarning yozib qoldirishiga qaraganda, hatto Ibn Sinoning Xorazmdan qochib qolganini eshitgan Mahmud Gʻaznaviy uning rasmini ishlatib, butun qoʻshni oʻlkalarga tarqatgan, qayerda shu rasm egasi koʻrinsa, tutib unga yuborish kerakligini tayinlagan. Mana bu holatlarning hammasi ramziy ishoralar, tamsiliy iboralar bilan «Qush» risolasida oʻz aksini topgan.

Asardagi tuzoq Mahmud Gʻaznaviyning changali, qushlarning boshu qanotlarining ozod boʻlishi esa, Xorazmshoh dargohidan oʻz ixtiyori bilan boshqa yurtga chiqishi, qushlarning oyoqlarida tuzoq qoldiqlarining qolishi va dushmanning izma-iz kelishidan qoʻrquv esa, qaysi oʻlka, qaysi shaharga borsa, hamon muhayyo boʻlib turgan Mahmudning ta’qibidir, qushlar uchib oʻtgan togʻ, vodiylar Ibn Sino qochib-kezib yurgan shaharlardir. Shu tariqa Ibn Sino bu asarida ramz bilan oʻz ahvoliga ishora qilgan bulishi mumkin.
Foydalangan adabiyotlar ruyxati.

  1. Uzbekiston Milliy Ensiklopediyasi.Toshkent.Davlat ilmiy nashriyoti,2003.

  2. Ubaydulla Uvatov. Uzbekiston buyuk allomalar yurti. –T.”Manaviyat”2010

Internet saytlari:
1)Wikipediya.
2)Manda.uz
3)Arxiv.uz
Download 31,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish