M.G`aznaviy: Vaziri a`zam, siz qoling! Kibru – havoga berilib ketgan
bu nobakorning adabini berib qo`ymoq vaqti keldi.
Vazir: Rost aytingiz, olampanoh.
M.G`aznaviy: Darhol farmon oliy yozilsin! Farmoni oliyda uning 2
qo`lini bog`lab saroy tomidan tashlab yuborilsin deb hokum
qilinsin!
Vaziri: (bu gapni eshitib vazirni hushi boshidan uchadi, chunki saroy
tomidan tushgan odam til tortmay olishi muqarrar edi) Yo, shohi
zamon! Qadimgi donishmandlar. G`azab vaqtida qilingan
ishning oqibati pushaymonlik bo`lur, deganlar. Yalinib
so`rayman bul ishni ertaga qoldirsak …
M.G`aznaviy: Men aytgan so`zni qaytarib olmayman. Farmonni bajo
keltrishing shart, bo`lmasam sening ham boshing ketadur!
Vazir: men boshimni siz uchun qurbon qilishga tayyormen, ey shohi
zamon. Beruniy har qanday og`ir jazoga loyiq, ammo o`limga
hukm qilmang. Tomdan tashlab yuborilsa til tortmay o`ladur.
M.G`aznaviy: O`ladurmi, qoladurmi, bu bilan ishim yo`q. Ammo
so`zim, so`z!( podshoh chiqib ketdi, vazir ham ketdi)
(Sahnada Abu Rayhon Beruniy va ustozi Abu Nosir ibn Mansur
suhbati)
Abu Nosir: Qog`oza nima deb yozgan eding?
Beruniy: Hech bir eshikdan chiqmaysiz. Ro`paradagi devorni buzdirib,
teshikdan chiqib ketasiz, deb yozgan edim.
Abu Nosir: O`ylaganini topibsen, farosatinga qoyilman. Ammo buqadar
donolikning, hozirjavoblikning hafli ekanini bilar eding-ku. Sen
bilan o`chakishgan odam ulug` mamlakat podshohi ekanini
unutmasang bo`lar edi.
Beruniy: Na qilay, ustoz, mening bo`lgan turganim shul-ku. Ba`zan
aqlning tizginini izzati nafs qo`liga berib qo`yurmen.
Abu Nosi r:Xudo o`zi seni falokatlarni asrasin. Endi hujraga borib,
damingni olgin, tashqariga chiqma! Xo`p xayr!
Beruniy: xayr, ustoz! (ketadilar)
Abu Rayhon Beruniy ustozi bilan xayrlashgach, hujrasiga borib, qo`li ishga bormay, falokat nayzasi qay tomondan kelib sanchilishini kutib o`tirar edi. 4ta barvasta yigit kelib, balo-qazodek hujraga kirib, Beruniyni saroyga olib ketadi.
Har amringgizga mute, har farmoninggizga tobeydurmen,- deya ta`zim qilgan hushyor vazir Mahmudho`ja Hasanak podshohning amrini o`z bilanicha ijro etishga, lekin sih ham kuymasin,kabob ham qabilida, yosh olimni o`limdan saqlab qolgan edi.
Boshlovchi:
Matematika fani go`zalikka boy juda,
Go`zal son, go`zal yechim, go`zal chizma serjilo.
Boshqotirgich, safizm aqlni peshlasa gar,
Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar.
Endigi navbat qiziqarli matematika o`yinlariga:
Tug`ulgan kunni va oyini topish.
1983 sonini hosil qilish.
1-1000 ichida 3 raqami nechta?
Boshlovchi:
Ta`zim sizga, buyuk fanga asos slogan bobolar!
Ta`zim sizga, nomi mangu shonli qolgan bobolar!
Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz.
A`lo o`qib, ustozlarning ishonchini oqlaymiz!
Endigina navbat qiziqarli handalarga:
“Hisobdan adashdi”.
“Andoza”.
“EKUBni topish”.
“Tarozi”
Aziz ustozlar, qadirdon o`quvchilar!
Bugungi matematik kechamizni yakunlar ekanmiz, sizlarga o`qish va ijodiy faolyatingizda omadlar tilaymiz!
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Foydalanilgan adabiyotlar:
A. Salye “Abu Rayhon” Toshkent 1960-yil.
I. Raynov “O`zbekistonning buyuk olimlari” Toshkent 1943-yil.
Mirkarim Osim “Jayhun ustida bulutlar” Toshkent 1969-yil.
I.Qoriniyozov “O`zbek xalqining madaniy merosi haqida” Toshkent 1960-yil
I.Qoriniyozov “Mirzo Ulug`bekning Astronomiya maktabi” Toshkent 1950-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |