Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

 
mumkin.
 
SHular  bilan  bir  vaqtda 
oluvchi  quduqlarda  kam  g’tkazilgan  kuzatish  va  tahlil  ta’sir  kuchi 
kg’lami tg’g’risida hulosa qilish imkonini beradi. 
Quyida  biz  shu  ishlarni  hal  qilish  uchun  qg’llanadigan  
tadqiqot usullari tg’g’risida qisqa ma’lumot berishga urinamiz: 
Radioaktiv  izotoplar  usuli  -  qabul  qiluvchi  quduqlar   
mahsulotiga  radioaktiv  modda  qg’shiladi  va  boshqa  quduqlarda 
gamma-karotaj 
g’tkaziladi.  Dastlabki  diagramma  bilan  suv   
haydashdan sg’ng qilingan dirgramma solishtirilishi natija-sida modda 
qg’shilgan  suv  quduqqa  qay  darajada  etib  kelganligini  aniq  bilish 
mumkin bg’ladi. 
Romashkino  konida  shu  usul  bilan  haydovchi  quduqqa   
qilingan  tadqiqot  natijasi  shuni  kg’rsatadiki,  otilgan  4  ta    oraliqdan 
faqat  2  tasi  (tepa  zonasi  va  past  zonasi)  suvni    qabul  qilgan.  Bu 
usulning  kamchiligi  shundan  iboratki,  u  faqat  qabul  qilinganlikning 
sifat  kg’rsatkichini  ifodalaydi,  miqdor  darajasini  esa  kg’rsatolmaydi. 
Bu  usul  quduqdan  trubalar  (kolonna)  orqasidan  sifatsiz  tsementlash 
natijasida suv ketishi mumkin bg’lgan holatlarni aniqlashda ham keng 
qg’llaniladi. 
Oqimni  g’lchashning  mexanik  usuli  -  bunda  haydovchi  va 
oluvchi  quduqlar  tubiga  qatlamga  kiradigan  va  undan      chiqadigan 
suyuqlikning  miqdorini  o’lchovchi  asbob  (debitomer-rasxodomer) 
tushirish  va  ularni  g’lchash  orqali  mahsulot      miqdori  aniqlanadi.  Bu 
asbob orqali oluvchi quduqda g’lchangan kg’rsatkich quduqning debiti 
52 m
3
/sut ni tashkil qiladi, jumladan yuqori qismidan 5, g’rta qismidan 
15 va pastki qismidan 32
 
m
3
/sut mahsulot olinayotgani ma’lum. G’rta 
qatlamda  esa  hammasi  bg’lib  47  m
3
/sut,  jumladan  uning    yuqori  
qismidan 20, pastidan 27 m
3
/sut mahsulot olinayotganligi ma’lum. 


 
216 
SHunday  vazifani  haydovchi  quduqda  ham  bajarganida  
otilgan  uchta  qatlamdan  asosiy  miqdordagi  suvni  pastki  qatlam  qabul 
qilganligi  ma’lum  bg’ladi  (500  m
3
/sut)  va  qabul  qiluvchanlik  qatlam 
bg’yicha ham bir  tekis emasligi kg’rinadi. 
Bu usul amalda juda keng qo’llaniladi.
 
Termo  mahsuldorlik  oqim
 
o’lchagich usuli, termometrik usul, 
neftning  fotokalorimetrik  usuli  va  shu  kabilar  qatlamga  mahsulot 
yuborish  yoki  undan mahsulot  olish  vaqtida  bo’ladigan  g’zgarishlarni 
hisobga  olish  natijasida  qabul  qilinayotgan  yoki  olinayotgan  suyuqlik 
miqdorini  aniqlash  imkonini  beradi.  Ulardan  tashqari  neytron  usuli 
bilan  ilshayotgan  va  ishlamayotgan  oraliqlarni  aniq  belgilash  imkoni 
ham  mavjud.  Qatlamning  ta’sir  bilan  qamralganlik  darajini  undagi 
bosim  holati  bilan  ham  chamalash  mumkin,  lekin  kg’p  qatlamli 
ob’ektda bu ancha mushkul, chunki qaysi qatlam qancha qabul qilgani 
(bergani)ni bosim ko’rsatkichi bilan chamalash  amri mahol. 
Qatlamning  qamralganlik  darajasini  ko’rsatuvchi  xarita  tuzish 
uchun qatlamga haydalgan, undan olingan suyuqliklar miqdori, undagi 
bosimning  tarqalganligini  ko’rsatuvchi        ma’lumotlar  hamda 
qatlamning  geologik  tuzilishini  ifodalov-chi  ma’lumotlar  hammasi 
birgalikda  tahlil  qilinib,  natijalari  solishtirib  ko’rilgan,  ularning 
natijalarida 
foydalanish 
lozim. 
Ma’lumotlarni  umumlashtirish 
taxminan    quyidagi tartibda bajariladi. 
Dastlab  qazib  chiqarish  ob’ektining  tuzilishini
       
ifodalovchi, 
ularning  mezo  va  makro  notekisliklarini  ko’rsatuvchi  mavjud 
maydonlari  xaritalari,  kollektorlarning  tarqalganligini  ko’rsatuvchi 
xaritalar  tuziladi  va  ular  qazib  chiqarishni  tahlil  qilishda  asos  bg’lib 
xizmat qiladi. 
Sg’ngra  butun  ob’ektdagi  qoluvchi  va  qabul  qiluvchi    
quduqlar  xususiyatlari,  qatlamchalarning  ishlovchanlik  xususiyat-lari, 
haydovchi  quduqlarning  qabul  qiluvchanlik  va  g’sha  suyuqlikning 
tarqalish  jarayonlari  tahlil  qilinadi  va  bu      ma’lumotlar 
umumlashtiriladi. 
Umumlashtirish jarayoni ham olingan ma’lumotlarning aniqlik 
darajasiga qarab bir necha guruhlarga bg’linsa maqsadga muvofiqdir. 
Eng ishonchli ma’lumotlar sifatida bir qatlam bg’yicha har bir 
quduqdan  olingan  ma’lumotlar  hisoblanadi.  CHunonchi,    bir  qatlam 
bg’yicha ishlayotgan quduqlarning debiti yoki qabul qiluvchanligi, suv 


 
217 
miqdori,  qatlam  bosimi,  gaz  kg’rsatkichi  va  sh.k.
 
Bunday 
ma’lumotlarni umumlashtirish sodda va oson. Undan keyingisiga esa, 
aniqligi undan kamroq bg’lgan ma’lumotlar kiradi. Bunda masalan: bir 
quduqda  ikki  va  undan  ortik,  qatlam  otilgan,  lekin  qatlam 
ishlayotganligi  ma’lum.  Bunda  olingan  ma’lumotlar  (debit,  bosim 
kg’rsatkichi)  ishlab  turgan  qatlamga  mansub  bo’lishi  mumkin. 
Materiallarning    aniqligi  ularning  qanchali  ishonchli  bo’lishiga 
bog’liq. Bunda albatta tadqiqot natijalariga (quduq, tubida o’lchangan 
debit va sh.k.) tayanilgan bo’lishi lozim. 
Quduqlar fondi katta bo’lgan va ular mexaniklashgan   usulda 
ishlagan holarda bunday tadqiqotlar o’tkazish ko’lami ancha torayadi. 
Agar  quduq  bir  otilgan  oraliqda  ishlayotganligi  aniq  bo’lsa,  boshqa 
quduqlarning ishini unga solishtirib va   o’zaro quduqlarning bir-biriga 
ta’sirini  o’rganib  xulosalar    chaqarish  mumkin.  Bunda  albatta 
haydovchi va oluvchi quduqlar   orasidagi munosabatlarni ham aniq va 
diqqat bilan o’rganish hamda shunga qarab xulosalar chiqariladi. 
So’nggi  guruh, ma’lumotlariga kattagina maydondagi ko’plab 
quduqlardan  olingan  ma’lumotlar,  agar  ularda  bir  vaqtning  o’zida  bir 
necha  qatlamlar  ishlayotgani  ma’lum  bo’lsa,  kiradi.  Bularda  qilingan 
tadqiqotlar  ham  uncha  ko’p  emas.  Bunday  hollarda  qaysi  qatlam 
ishlayotganligini  tasdiqlash  mumkin  bo’lgan  barcha  materiallardan 
foydalaniladi.  Albatta  birinchi  galda  u  yoki  bu  holatni  tasdiqlovchi 
tadqiqotlar  natijalari  inobatga  olinadi  va  xulosalarga  asos  sifatida 
xizmat  qiladi.  Boshqa  hollarda  esa  ikki  qatlam  ishlayotganligi 
tg’g’risida  gap  ketganda  ularning  qalinligi  va  o’tkazuvchanlik 
xususiyatlariga  qarab  mutanosib  ravishda  ko’rsatkichlarni  taqsimlash 
taqozo  etiladi.  Taqsimot  natijalarini  boshqa  ko’rsatkichlar  bilan 
taqoslash  qabul  qilingan  echimining      to’g’riligini  taqsimlashi  yoki 
tuzatishlar kiritishini aytib beradi. 
Qatlamlar  to’g’risidagi  barcha  ma’lumotlar  haydovchi  va 
oluvchi  quduqlar
 
orqali  qatlam  xaritasiga  tushiriladi  va  bir  qatlamli 
ob’ektda tuzilgan xaritaga o’xshagan holda fikr yuritilib, kg’p qatlamli 
ob’ektlarning xaritasi tuziladi. Bunda albatta ta’sirning yaxshi, o’rta va 
yomon bo’lgan zonalari ajratilishi mumkin. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish