Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti a. V. Mavlonov


Oluvchi quduqlar ish rejimini belgilash



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/134
Sana26.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#412094
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134
Bog'liq
neft va gaz konlari geologiyasi (1)

Oluvchi quduqlar ish rejimini belgilash. 
Quduqlarning texnologik 
ish  rejimi  ma’lum  muddatga  tuzilib,  uning  mavjud  asbob  -  uskunalar 
yordamida  qanday  ishlashini  kg’rsatadi.  Quduqning  ob’ekt  bg’yicha 
ishlash rejimini korxonaning geologik xizmat belgilaydi. Bu vazifa har 
bir  yangi  quduq  ishga  tushirilayotganda  qilingan  tadqiqot  va  uning 
natijalarini  hisob  qilish  natijasida  belgilanadi.  Texnologik  ish  rejimi 
neft  quduqlarida  bir  oydan  olti  oygacha,  gaz  quduqlarida  esa  uch 
oydan  bir  yilgacha  belgilab  qg’yiladi  va  sg’ngra  yana  yangidan 
tadqiqotlar  qilinishi  natijasida  yangi  ish  rejimi  belgilanadi.  Bunda 
albatta  har  bir  quduqing  g’ziga  xos  xususiyatlari  va  imkoniyatlari 
inobatga  olinib,  uning  eng  oqilona  ishlashi  uchun  sharoit  belgilanadi. 
Bunda  albatta  qatlamning  mahsuldorligi,  undagi  bosim,  qatlamning 
quduq  bilan  bog’langanlik  darajasi,  quduqqa  g’rnatilgan  asbob-
uskunalar, ularning ish quvvati va shu kabilar inobatga olinadi. 
Bunda  asosan  quduqdan  olinishi  lozim  bg’lgan  texnologik  va 
texnik norma belgilanadi. 
Quduqdan  olinishi  mumkin  bg’lgan  suyuqlikning  eng  kg’p 
miqdori texnik daraja deb atalib, u aksariyat texnologik holatlar tufayli 
chegaralanadi.  CHunki  quduq  qancha  neft  bersa  shuncha  olaverish 
imkoni  bg’lmaydi  (shuni  eslash  joizki,  ba’zan  quduqlar  bir  necha 
kunduzda  bir  necha  ming  tonna  va  undan  ortiq  neft  bergan  hollar 
amalda  juda  kg’p  masalan,  Meksikadagi  Serro-Asul  konidagi  4  - 
quduq  bir  kecha  kunduzda  35600  t  neft  bergan).  Neft  olishning 
chegarasiga  asosan  quduqning  iloji  boricha  uzoq  muddat  benuqson 
ishlashini ta’minlash nuqtai-nazaridan qaraladi. Quduqning texnologik 
ish chamasi undan olinishi mumkin bg’lgan va barcha geologik, texnik 
va  texnologik  holatlarni  hisobga  olgan  holda  belgilangan  miqdor. 
CHunonchi,  gaz  quduqlarida  olinadigan  miqdorni  oshirish  natijasida 
quduq  atrofining  emirilishi  kuzatilishi  mumkin  yoki  hamma 
quduqlarda  qatlam  suvining  bevaqt  quduq  tubida  paydo  bg’lishiga 
sabab bg’lishi mumkin.  


 
233 
Loyiha  hujjatlarida  quduqlarning  ishlash  rejimi  va  ulardan 
olinadigan mahsulot miqdori belgilab qo’yilgan
 
bg’ladi. Xuddi shunga 
qarab  har  bir  quduqning  ishlash  rejimi  va  undan  olinadigan  mahsulot 
miqdori    belgilanadi.  Albatta  vaqt  g’tishi  va  sharoitlarning  g’zgarishi 
bilan  bu  kg’rsatkich  g’zgarishi  va  unga  tegishli  tuzatishlar  kiritilishi 
turgan  gap.  SHuning  uchun  ham  quduqlar  ma’lum  muddat  orasida 
geologik  xizmat  xodimlari  tomonidan  tadqiq  qilinib,  uning  holati 
diqqat bilan g’rganiladi va har gal holatga qarab texnologik ish rejimi 
belgilanadi. 
Albatta  bunday  holatlarda  quduqning  ish  rejimi  butun 
ob’ektning  ish  rejimi  bilan  hamohang  va  g’shanga  monand  holatda 
olib  boriladi  va  belgilanadi.  Bunda  quduqning  qanday  joyda 
joylashganligi,  uning  kesimidagi  ahvoli  va  shu  kabilarga  ahamiyat 
beriladi. 
Qatlamda  suv  haydash  bilan  ishlatilayotgan  sharoitda 
quduqning  suv  bosish  ehtimolligi  albatta  inobatga  olinadi.  SHuning 
uchun
 
dastlabki  bosqichda  quduqning  imkoniyatlaridan  tg’la 
foydalanishga  xarakat  qilinsa,  undan  keyingi  bosqich-larda  esa 
quduqqa 
haydalayotgan 
suvning 
yaqinlashganini 
(umuman 
chegaraning yaqinlashganini) inobatga olib, undan olishni chegaralash 
tavsiya  etiladi.  SHu  chora  bilan  quduqni  shiddatli  suv  bosishdan 
saqlash  va  uning  ishlash  muddatini  chg’zish  imkoniyati  yaratiladi. 
Undan keyingi bosqichda esa qatlamning aksariyat qismiga suv keladi. 
SHunda  ichki  qatorlardagi  quduqlardan  neft  olishni  jadallashtirish 
taqozo  etiladi.  Oxirgi  bosqichda  esa  olishni  jadallashtirish  notekis 
kollekorlarni  durustroq  yuvish  imkonini  beradi  va  tg’xtatilgan 
quduqlar hisobiga biroz olishni ta’minlash imkonini beradi. 
Agar  juda  notekis  kollektorlik  xususiyatlariga  ega  bg’lgan 
hamda  yuqori  kg’rsatkichli  qovushqoqlikka  ega  bg’lgan  neftli  ob’ekt 
qazib  chiqarilayotgan  bg’lsa,  ularda  har  bir  quduqning  ishini  tartibga 
solish imkoni bg’lmaydi, chunki dastlabki kunlardan boshlab quduqlar 
50 - 80 % suv bilan ishlaydi va shu muddat uzoq davom etadi. Bunda 
qazib  chiqarishni  tartibga  solish  quduqlar  guruhi  bilan  amalga 
oshiriladi. Loyihadagi mahsulotni olishga erishish uchun quduqlardan 
uzoq  muddat  jadallik  bilan  suyuqlik  olinadi,  tabiiy,  bunda  suvning 
miqdori  kg’p  bg’ladi,  lekin  shunga  qarab  uning  tarkibida  neft  ham 


 
234 
ortadi. SHundagina biz qatlamning mg’ljallangan neft beruvchanligiga 
erishishimiz
 
mumkin. 
Qazib  chiqarish  jarayonini  tartibga  solish  sharoitida  qatlam 
bosimining undagi tg’yinganlik bosimiga munosabati ham g’rganiladi 
va  uning  pasayishi  kuzatiladi.  Lekin  bg’lganda  bosim  pasayib  ketib 
erigan  gaz  rejimi  namoyon  bg’lmasligi  uchun  ba’zan  quduqlardan 
olinadigan  mahsulot  chegaralanadi.  Natijada  biz  qatlam  bosimini 
tg’yinganlik bosimi kg’rsatkichidan taxminan 10% ortiq holda ushlab 
turishga erishuvimiz lozim bg’ladi. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish