SILIKATLAR
Tabiatda ma‟lum bo„lgan mineral turlarining uchdan bir qismi
silikatlarga to„g„ri keladi. A.Е.Fersmanning hisobiga ko„ra, silikatlar Yer
qobig„ining 57 %ini tashkil qiladi. Bularga 12% kvars va opalni qo„shib
hisoblasak, silikatlar miqdori 80% ga yetib boradi. Juda ko„p silikat
minerallar hamma magmatik, cho„kindi (asosan, gil va gilli slaneslarda,
qum, qumtoshlarda) va nihoyat slaneslarda ham eng muhim jins hosil
qiluvchi mineral bo„lib qoladi. Ko„p silikatlarning o„zi metallmas konlarni
hosil qiladi. Masalan: asbest, kaolinit, dala shpatlari, qurilish materiallari,
qimmatbaho hamda bezak toshlari (zumrad, topaz, rodonit, nefrit va
boshqalar).
Silikatlar hozirda asosiy struktura turiga qarab tasnif qilinadi.
Silikatlarning strukturasi ularning kimyoviy tarkibi bilan chambarchas
bog„liqdir. Shuningdek, minerallarning muhim fizik xossalarini va hatto
ma‟lum darajada genezisini ham aks ettiradi.
46
Hozir silikatlar strukturasini rentgenoskopiya usuli bilan tekshirish
natijasiga qarab quyidagi beshta kichik sinflarga bo„linadi: 1) orolsimon,
2) zanjirsimon, 3) lentasimon, 4) varaqsimon, 5) to„qimasimon silikatlar.
Orolsimon silikatlar
Bu turdagi strukturada kremniy-kislorodli tetraedrlar yakka-yakka,
qo„shaloq yoki bir-biri bilan halqa holida bog„langan 3,4 yoki 6 ta tetraedr
guruhlari bo„ladi.
Kremniy-kislorodli tetraedrlarning bu orolchalarini Mg, Ca va boshqa
kationlar ushlab turadi. Yakka tetraedrli orolsimon silikatlar kimyoviy
jihatdan tub ortosilikatlarga to„g„ri keladi. Orolsimon silikatlarga
minerallardan sirkon Zr
2
[SiO
4
], forsterit Mg
2
[SiO
4
] va granat kiradi.
Forsterit minerali olivin guruhiga kiradi va ular izomorf qatorni tashkil
qiladi. Bu qatorning chekka hadlari magneziyli forsterit va temirli fayalit
Fe
2
[SiO
4
] dir. Odatda, shu ikki komponentning izomorf aralashmasi olivin
(MgFe)
2
[SiO
4
]
2
deb ataladi. Temir magniyli, lekin silikat kislotasi ham
bo„lgan bu silikat asos va o„ta asos magmatik jinslar uchun xosdir.
Granatlar
(anortosh). Magmatik jinslarda kam uchraydi. U asosan
metamorflashgan jinslar uchun xosdir. Granatlarning xillari ko„pdir.
Ularga pirop Mg
3
A1
2
[SiO
4
]
3
; almandin - Fe
3
A1
2
[SiO
4
]
3
; spessartin
Ca
3
Al
2
[SiO
4
]
3
; grossulyar Ca
3
A1
2
[SiO
4
]
3
; andratit Ca
3
A1
2
[SiO
4
]
3
; uvarovit
Ca
3
Cr
2
[8 SiO
4
]]
3
kiradi. Hammadan ko„p tarqalgani pushti-qizil rangdagi
temir glinezyomli granat - almandin va yashil-qo„ng„ir va qoramtir ohak
temirli andradit va eng kam tarqalgan granat - yashil rangdagi ohak gilli
grossulyardir. Granat kristallari juda ko„plab uchraydi. Ularning juda katta
kristallari ham ko„pdir. Masalan: Norvegiyada 700 kg og„irlikdagi granat
topilgan. Granat abraziv va yarim qimmatbaho toshdir.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |