Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Jigarning anatomik nuqsonlari 
Jigarning anatomik nuqsonlari jigarning joylanishi (situs viscerus 
inversus) va uning tuzilish xususiyatlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. 
Jigarning bir qator hayvonlarga xos bo’lgan bo’laksimon tuzilishi, insonda 
ham atavizm ko’rinishida uchrashi mumkin. Kamdan-kam hollarda 
qo’shimcha bo’lakchalar tutqichga (mezenteriy) ega va buralib qolishi 
mumkin, bu jarrohlik operatsiyasini o’tkazilishini talab qiladi. 
Jigar tomirlarining tug’ma patologiyasi jigar bo’lagining atrofiyasiga 
olib kelishi mumkin, fibroz rivojlangan sayin jigarning o’lchamlari keskin 
kichrayadi. Jigar o’ng bo’lagining ageneziyasi birmuncha kam uchraydi, u 
jigardan tashqari portal gipertenziya holatiga olib kelishi mumkin. 


Ridel bo’lagi borligi jigardan anatomik tuzilishining boshqacha turi 
hisoblanadi, bunda jigarning o’ng bo’lagi til ko’rinishida o’sib chiqqan bo’lib, 
pastga o’ng yonbosh sohasi sathigacha osilib tushib, katta hajmli tuzilmaga 
o’xshab ko’rinadi. 
Ko’pchilik hollarda jigar nuqsonlari klinik jihatdan yuzaga chiqmaydi, 
davolashni talab qilmaydi va boshqa patologiyani aniqlash uchun bemorni 
tekshirilayotganda tasodifiy topilma bo’lishi mumkin. 
Jigarning jarohatlanishlari 
Jigar jarohatlanishlari odatda yo’l-transport hodisalari oqibatida, 
balandliklardan yiqilish, o’tkir predmet yoki o’q otar qurol, turli-tuman qattiq 
buyumlar ta’siridan kelib chiqib, teshib kirgan yaralanishlarga bog’liq bo’lishi 
mumkin. Ular yatrogen tabiatga ega bo’lishi mumkin. Jigar jarohatlari 
aksariyat hollarda ko’krak, qorin bo’shlig’idagi boshqa a’zolarning, 
shuningdek bosh va sklet suyaklarining jarohatlanishi bilan birga o’tadi. 
Jigar jarohatlari ochiq yoki yopiq turlarga bo’linadi. Jigar jarohatlarining 
tabiatiga va darajasiga ko’ra ularning klinik belgilari juda kam yoki shok, 
ichga qon ketishi, peritonit belgilari ko’rinishida yaqqol namoyon bo’lishi 
mumkin. Qorinning oldingi devorida qontalash sohalarning borligi, jarohat 
kanalining joylashuvi va yo’nalishi operatsiyaga qadar jigarning 
jarohatlanganligiga shubha uyg’otishi mumkin. Tashxis qo’yishda 
laparoskopiya, qorin bo’shlig’i suyuqligini diagnostik aspiratsiya qilish, 
ultratovush yordarnida tekshirish, kompyuter tomografiyasi katta yordam 
berishi mumkin. Bunda qorin bo’shlig’ida qon yoki o’t suyuqligining borligi, 
jigar yorilganligi yoki uning kapsulasi ostida suyuqlik yig’ilganligini aniqlash 
mumkin. Ayrim hollarda jigar parenximasida gaz to’planganligi aniqlanadi. 
KT da pasaygan singish koeffitsenti sohasi fonidagi gaz, gematomaning 
yiringlagani haqida axborat beradi. Qorinning yopiq jarohatida diagnozni 
aniqlash uchun, ba’zan laparotomiya o’tkazish zarurati tug’iladi. 2-jadval 
Jigar jarohatlarini davolash ko’pchilik hollarda xirurgik usulda, 
jarohatlanish tabiati va og’irligi bilan belgilanadi. Jigardagi kichikroq 
gematomalar qunt bilan kuzatib borilib, gemodinarnika ko’rsatkichlari 
barqaror bo’lganda, konservativ usulda davolash olib boriladi. Qorin 
bo’shlig’ida patologik suyuqlik bo’lganda, shuningdek sanchilgan, kesilgan 
jarohat bo’lganida yoki o’q otar qurollardan jarohatlanishda laparotomiya va 
qorin a’zolari taftishi (reviziya) o’tkazilishi zarur bo’ladi. 
Jigar jarohatlarida operatsiyaning maqsadi: qon oqishini to’xtatish, 
jigarning jarohatlangan to’qimasiga ishlov berish va qorin bo’shlig’ini 
drenajlashdan iborat bo’ladi. Qon oqishini to’xtatish uchun gepatoduodenal 
bog’lamdan o’tadigan jigar arteriyasi, darvoza venasini barmoq bilan bosib 


turish yoki oqayotgan qonni to’xtatishni imkonini beradigan qisqichlar 
ishlatish yo’li bilan vaqtincha gemostazni ta’minlash va qulay joyda qon 
tomirlarini tikish yoki bog’lash kabi amaliyotlar qo’llanadi. Jarohatlangan 
jigarga xirurgik ishlov berish, mahalliy gemostaz uchun kichikroqlarini 
koagulyatsiya qilish, majaqlangan va xayotga layoqatsiz to’qimalarni kesib 
olib tashlash, atipik rezektsiyalar, П-simon choklar quyish yoki klipsalar 
yordarnida qonni to’xtatishdan iborat. Ba’zi hollarda, jarohatlangan qismni 
katta charvining tutarni bilan tompanada qilish yoki maxsus gemostatik 
preparatlar qo’llash yo’li bilan qonni to’xtatish talab etiladi. 
Jigar jarohatini bartaraf etish amaliyotining bosqichlari. 
Jigar parenximasining yirik qon tomirlar va o’t yo’llarini qamrab olgan 
jarohatlanishlari, jigarni bir qismini rezektsiya qilishni talab etadi va bu holda 
jigarning sektoral va segmentar tuzilishlari hisobga olinishi lozim bo’ladi. 
Operatsiyadan keyingi davrda kechikkan qon ketishi, o’t oqmalari, o’t 
yo’llari strikturalari, darvoza venasi stenozlari, portal gipertenziya va jigar 
abstsesslari shakllanishi, koagulopatiya va sepsis kabi asoratlar yuzaga kelishi 
mumkin. Odatda, katta jarohatlarda qon ketishining asosiy sabablaridan biri 
jigar arteriyasining uzilishi yoki unda anevrizma shakllanishi, uning esa 
yorilib o’t yo’llariga tushishi (gemobiliya) paydo bo’lishiga sabab bo’lishi 
mumkin. Bu asoratlarni aniqlash uchun jigar arteriyasi selektiv 
arteriografiyasini bajarish lozim bo’ladi. 
O’t oqmalari magistral o’t yo’llarida o’tkazuvchanlikning buzilishi 
(yorilishi yoki to’siq paydo bo’lishi) oqibatida va o’t qopchasi 
gipertenziyasida yuzaga kelishi mumkin. Bu hollarda oqmadan chiqayotgan 
o’t suyuqligini tashqariga faol ravishda aspiratsiya qilish orqali, qorin 
bo’shlig’iga o’t suyuqligining tarqab ketishini oldini olish va o’t oqmasini 
shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’t chiqaruvchi yo’llar strikturasida toraygan qismlarni dilyatatsiya qilib 


kengaytirish, stentlar o’rnatish vositasida, endoskopik yoki jigar orqali 
endobiliar operatsiyalar yordarnida dimlanib qolgan o’t suyuqligini tashqariga 
yo’llash orqali vaqtincha bemor ahvolini yaxshilash, keyin esa rejali amaliyot 
o’tkazib qoniqarli natijaga erishish mumkin. Rejali usulda bajariladigan 
bunday xirurgik operatsiyalarga, aylanma yo’l orqali o’t oqimini 
ta’minlaydigan biliodigestiv anastomozlar qo’yishlar kiradi. 
Jigar jarohatlanishlarida o’lim darajasi yuqori (10-60%) bo’lib, jarohatga 
qo’shilib keladigan shokning og’irligiga, jarohatlanishning hajmi, tabiati va 
xususiyatiga, operatsiyadan keyingi asoratlar turiga va uning og’irligiga 
bog’liq bo’ladi. Jigarning pastki kovak venasi, darvoza venasi va jigar 
venalari bilan birgalikdagi jarohatlanishi, ayniqsa o’ta xavfli hisoblanadi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish