Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi


V Bo’lim  OSHQOZON OSTI BEZI KASALLIKLARIDA OVQATLANISH



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

V Bo’lim 
OSHQOZON OSTI BEZI KASALLIKLARIDA OVQATLANISH 
PRINSIPLARI 
So’nggi yillarda xorijiy va yurtimiz olimlaridan V.S. Savelev (1983), 
A.A. Shalimov (1983), M.I. Kuzin (1989), O’.O. Oripov (1984), M.V. 
Danilov (1985) amaliy jarrohlikning pankreatologiya sohasi rivojiga katta 
hissa qo’shdilar. Me’da osti bezi (g. pancreas) hazm qilish yo’lining eng 
muhim bezlaridan biri bo’lib, juda katta fizilogik vazifani bajaradi. Ichki va 
tashqi sekret ishlab chiqarish funktsiyasini bir vaqtning o’zida bajaradigan bu 
aralash bez, nafaqat hazm qilish jarayonida, balki metabolizmning boshqa 
ko’pgina tomonlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
Uning anatomik joylashuvi, jigar, me’da, taloq, arteriya va qopqa vena 
sistemasining yirik arteriyalari quyosh chigalining postganglionar tarmoqlari 
bilan chambarchas aloqasi, unda operatsiya o’tkazishni birmuncha 
qiyinlashtiradi va jarrohlardan bu xayotiy muhim a’zoga yondoshish yo’llarini 
puxta o’rganish va operatsiyaning tejamkor, kam invaziv va samarador 
usullarini izlab topishni talab etadi. 
5.1 Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Me’da osti bezi qorin pardasi ortidagi bo’shliqda I-II bel umurtqalari 
sathida joylashgan bo’lib, umurtqa pog’onasini ko’ndalang yo’nalishda kesib 
o’tadi, shu tufayli boshchasi va tanasining boshlanishi o’rta chiziqdan o’ng 
tomonda, tana va dum qismining ko’proq qismi esa, chap tomonda bo’ladi. 
Bez o’lchamlari odatda ~ 16,0x4,0x2,5 sm bo’lib, uning vazni taxminan 60-
70 g atrofida bo’ladi (105-rasm). 
Me’da osti bezi sintopiyasi va tarkibiy qismlari. 


1 - a. et v. hepatica; 2 - a. et v. gastrica; 3 - truncus coeliacus; 4 - aorta; 5 
- a. splenica; 6 - v. colica; 7 - v. mesenterica inferior; 8 - a. colica inferior; 9 - 
a. et v. mesenterica superior; 10 - a. et v. pancreatoduodenalis inferior; 11 - 
ductus pancreaticus; 12 - papilla Fateri; 13 - ductus choledochus; 14 - a. 
pancreatoduodenalis superior; 15 
- a. gastroepiploica; 16 
- a. 
gastroduodenalis;
 
Me’da osti bezining boshchasi taqasimon shakldagi o’n ikki barmoqli 
ichakning orasiga kirib, dum qismi esa taloq darvozasigacha etib boradi. 
Meda osti bezi uning oldingi-yuqori sathi bo’ylab o’tadigan, katta charvi 
xaltasining orqa devoridagi (bursa omentalis) qon tomirlar, nervlar va parietal 
qorin pardasi varag’i bilan qoplangan. 
Arterial va venoz qon-tomir sistemasi. Me’da osti bezi truncus coeliacus 
tarmoqlaridan, boshchasi - a. pancreaticoduodenalis dan, tana va dum qismi a. 
lienalis dan oziqlanadi, bu arteriya me’da osti bezining yuqori chekkasi 
bo’ylab 
o’tib, aksariyat hollarda uning parenximasiga kiradi va o’z yo’lida qator 
tarmoqlar (aa. pancreaticus breves) beradi. Bir nomdagi venalar qopqa vena 
sistemasiga qon olib boradi. 
Innervatsiyasi. Meda osti bezi quyosh chigalining ham simpatik, ham 
parasimpatik tolalaridan innervatsiya qilinadi. 
Bezning butun tanasi orqali asosiy yo’l (ductus VVirsungi) o’tib, u 
bezning ko’p sonli bo’lakchalaridan sekret yig’adi va ko’pincha umumiy o’t 
yo’lining distal qismi bilan birga, o’n ikki barmoqli ichakning katta 
so’rg’ichiga (papilla Fateri) quyiladi. Asosiy yo’ldan tashqari, 75-80% 
hollarda qo’shimcha Santorini yo’li (ductus Santorini) uchraydi. Bu yo’l 
ba’zan asosiy yo’l bilan qo’shiladi, ba’zan esa bez boshchasidan kesib o’tib 
o’n ikki barmoqli ichakka mustaqil, qo’shimcha so’rg’ich holida ochiladi. 
Virsung yo’lining umumiy o’t yo’li bilan qo’shilishining bir necha turlari bor: 
alohida holda ochilish yoki to’liq bo’lmagan Fater so’rg’ichidan markazroq 
joyda, ikkita yo’lning qo’shilishi turida ochilish shular qatoriga kiradi. 
Ko’rsatib o’tilgan anatomik xususiyatlar, me’da osti bezi yo’liga o’t suyuqligi 
reflyuksi yoki o’t yo’llariga pankreatik shira tushishi mumkinligini ko’rsatadi. 
Me’da osti bezi to’qimasi tashqi va ichki sohalari bo’lgan epitelial 
xujayralardan tashkil topgan. Keyingisi sekret ishlab chiqaradigan va hazm 
qilish jarayonida ishtirok etadigan granulalardan iborat. Bezsimon to’qima 
orasida ichki sekretor faoliyatni bajaradigan, kapsulaga o’ralgan Langergans 
orolchalari joylashadi. Orolchalar ko’p sonli qon tomirlar va quyosh chigali 
sistemasidagi simpatik nerv tarmoqlari bilan o’ralgan. Langergans 


orolchalarining soni 2 000 000 gacha etadi (1 g bezga 5 000 dan 25 000 
gacha). 
Me’da osti bezining tashqi sekretsiyasi faoliyatida, 24 soat mobaynida 
1200-2200 ml pankreatik shira ishlab chiqariladi, u ishqoriy reaktsiyaga (pH 
8,5-8,8) ega bo’lib, uning solishtirma og’irligi 1015 ga teng keladi. Me’da osti 
bezida quyidagi fermentlar ishlab chiqariladi: oqsillarni parchalaydigan 
proteazalar (tripsinogen, peptidaza, kollagenaza, ribodezoksiribonukleaza) va 
2 turdagi (alfa, betta) aktiv arnilaza. Ular uglevodlar va yog’larni yog’ 
kislotalari va glitseringacha parchalaydi. Lipaza ta’sirini o’t suyuqligi 
kuchaytiradi. 
Odatda tripsinogen bez yo’llarida aktivmas holda bo’ladi, biroq o’n ikki 
barmoqli ichakka tushgach enterokinaza ta’siri ostida aktivlanadi, ya’ni 
tripsinogen tripsinga aylanadi. Tripsin, oqsil me’da shirasi ta’siriga 
uchragandan keyin (xlorid kislota va pepsin), oqsillarni polipeptidlar va 
arninokislotalargacha parchalaydi. 
Sekretsiya neyrogumoral yo’l bilan: parasimpatik nervlar, ovqat luqmasi 
bilan uchrashgach esa, o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatidan ajralib 
chiqadigan sekretin gormoni orqali idora qilinadi. Me’da osti bezining ichki 
sekretor faoliyati Langergans orolchalari ishlab chiqaradigan gormonlar 
hisobiga ro’yobga chiqadi. Bunda gipoglikemik gormon - insulin ishlab 
chiqaradigan B-xujayralar katta aharniyatga ega bo’ladi (insulin etishmasligi 
qandli diabet rivojlanishiga olib keladi). Bundan tashqari, me’da osti bezi 
yana 2 turdagi gormon ishlab chiqaradi: jigarda yog’ almashinuviga ta’sir 
qiladigan - lipokain va o’n ikki barmoqli ichakda aktivlanadigan, gipotonik 
ta’siri bo’lgan - kallikrein (padutin). 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish