Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi


III BO’LIM  ME’DA VA 12 BARMOQ ICHAK YARA KASALLIGIDA



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

III BO’LIM 
ME’DA VA 12 BARMOQ ICHAK YARA KASALLIGIDA 
OVQATLANISH PRINSIPLARI 
3.1
 
Qisqacha anatomik-
fiziologik ma’lumotlar 
Me’da chap qovurg’alar ostida va qorinning chap yarmida joylashgan, 
uning chiqish qismigina o’rta chiziqdan o’ngga o’tadi. Me’da to’lganda uning 
katta egriligi kindik sohasida proektsiyalanadi. Me’dada kardial bo’lim, tubi, 
tanasi, antral bo’lim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich me’da bilan 
o’n ikki barmoqli ichak o’rtasidagi chegara 
hisoblanadi. O’n ikki barmoqli ichak me’da 
osti bezi boshchasini taqa ko’rinishida bo’lib, 
Treytts 
boylarni 
oldida 
duodenoeyunal 
bukilma hosil qiladi. O’n ikki barmoqli 
ichakda 4 qism qayd qilinadi: yuqori 
gorizontal, pastga tushadigan (unga umumiy 
o’t yo’li va me’da osti bezi yo’li quyiladi), 
pastki gorizontal va yuqoriga ko’tariladigan 
qism. 
Me’da tanasi bilan antral bo’lim o’rtasida burchak kemtigiga muvofiq 
keladigan oraliq egat chegara bo’lib hisoblanadi. Me’dani shu tarzda bo’lish 
me’daning gistologik tuzilishiga va fiziologik xususiyatlariga muvofiq, 
keladi. Me’da qon bilan qorin aortasi tarmoqlaridan ta’minlanadi. 
Tomirlarning a’zolar ichidagi katta aloqalari, ularning anastomozlari qon 
ta’minotining ko’pligini keltirib chiqaradi. Bu hol eroziyalardan va yaralardan 
qon oqqanda qon ketishini to’xtatishni qiyinlashtiradi. Me’da venalari 
arteriyalarga mos keladi va qopqa vena tarmog’i hisoblanadi. Me’da kardial 
bo’limining shilliq, pardasi ostidagi qavatda venoz chigallar portal sistemani 
yuqori kovak vena sistemasi bilan tutashtiradi, bu portal gipertenziyada 
venalarning varikoz kengayishini diagnostika qilishda va davolashda g’oyat 
muhim. 
Me’dadan limfa oqib ketadigan yo’llar me’dada onkologik jarayon 
sababli o’tkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim aharniyatga ega. Asosan 
tomirlar yo’li bo’ylab joylashadigan asosiy limfatik sohalar soni 3 ta: 1) chap 
me’da arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi bo’ylab o’tgan limfatik tomirlar; 3) 
jigar arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlar.Bu uchala asosiy 
arteriyalar tarmoqlari bo’ylab joylashgan tugunlar birinchi tartibdagi limfatik 
tugunlar, bu arteriyalarning o’z tutarni bo’ylab joylashgani - ikkinchi 
10-rasm
. Me’da va o’n ikki barmoqli 
ichakning qorin bo’shlig’ida joylashishi 


tartibdagi tugunlar, qorin arteriyasi (truncus coeliacus) bo’ylab joylashgani 
esa uchinchi tartibdagi limfatik tugunlar deb ataladi. Me’dani intramural nerv 
chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan simpatik nervlar 
innervatsiya qiladi. 
Me’da funktsiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, ba’zan esa ham 
oldingi, ham orqadagi qo’shimcha tutamlar ko’rinishidagi adashgan nervlar, 
o’ng tutamdan chiqadigan va qizilo’ngachning orqa chap yuzasi bo’ylab 
me’da tubiga Gis burchagi sohasida boradigan Grassi qo’shimcha tarmog’i 
muhim aharniyatga ega. Bu qo’shimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara 
kasalligining qaytalanishida muhim rol o’ynaydi. Adashgan nerv tutamlari 
sekretor faoliyatini boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmog’i bilan 
tugallanadi, uning oxirgi 2-4 tarmoqlari esa motor funktsiyasini boshqaradi. 
Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari orasida antral bo’lim sohasida ham, tanasi 
va hatto kardiya sohasida ham kollaterallar bo’ladi. 
Me’da sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida o’zaro ta’sir 
qiladigan neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Adashgan nervlar 
I faza deb ataladigan neyrogen fazani ta’minlab beradi, u o’rta hisobda 
taxminan yarim soat davom qiladi va sekretsiyaning go’yo ish solish 
mexanizmi hisoblanadi. Ayni vaqtda adashgan nervlar ovqatning me’dadan 
o’n ikki barmoqli ichak motorikasini va evakuatsiyasini ta’minlab beradi. 
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra ovqat eyilgandan keyin me’dani bo’shashishi 
noadrenergik tormozlanish nerv tolalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Me’da sekretsiyasining (II faza) gumoral rag’batlantirishni 1905 yil 
Edkins kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof holda ajratib olgan 
gastrin vositasida amalga oshiriladi. Gastrin me’daning antral bo’limi shilliq 
pardasida joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), o’n ikki barmoqli va 
och chaklarning proksimal qismlarida, hatto me’da osti bezidagi hujayralar 
tomonidan sintez qilinadi. Fiziologik sharoitlarda C-hujayralar oqsili ovqat, 
peptonlar, arninokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan rag’batlantiriladi va 
endi uning o’zi ichki omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, me’da osti bezi 
fermentlari sekretsiyasini rag’batlantiradi, me’da va och ichak peristaltikasini 
kuchaytiradi. 
Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim 
mualliflar ingichka ichakning yuqori bo’limlarida me’da sekretsiyasini 
rag’batlantiradigan enterogastron hosil bo’ladi deb hisoblasalar, boshqalari 
ingichka ichakda oqsil parchalanishida gistarnin hosil bo’ladi deb 
hisoblaydilar. Ma’lumki, ingichka ichak sekretsiyani faqat qo’zg’atish 
ta’siriga emas, balki tormozlash ta’siriga ham ega. Biroq, bu vagus 
innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday bo’ladi. 


Me’dada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi: 
Kardial - ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq ajratadi. 
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar 
pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va Kastl 
ichki omilini ajratadi; qo’shimcha hujayralar bufer xossalarga ega shilliq 
ishlab chiqaradi; differentsiatsiyalanmagan hujayralar - ulardan qolgan 
hujayralar rivojlanadi. 
Antral bezlar hujayradan tashqari suyuqlik pH iga yaqin bo’lgan pH li 
eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi. 
Me’daning tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi 
shilliq pardani o’z-o’zini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda 
ko’rinishida bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi. 
O’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi: 
gastrin ishlab chiqaradigan C-hujayralar, S-hujayralar - sekretin, J-hujayralar - 
pankreozimin ishlab chiqaradi. 
Bir sutka ichida me’dada 1 l gacha me’da shirasi hosil bo’ladi. Ovqatda 
xlorid kislota, pepsinogendan hosil bo’ladigan pepsin tomonidan xlorid 
kislota ta’siri ostida ishlov beriladi. Ovqatning o’n ikki barmoqli ichakka 
portsiya- portsiya bo’lib tushishini pilorus va me’daning antral bo’limi 
funktsiyasi ta’minlab turadi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish