Model adekvatligi. Model adekvatligini tekshirish. Ob’ekt modelining adekvatligi deganda shu ob’ektning barcha xossa va xususiyatlari modelda qanchalik to’g’ri ifodalanishi tushuniladi.
• Analitik usulda tuzilgan matematik modelning adekvatligi, ya’ni aniqligi, modellashtirilayotgan ob’ekt xossalarini matematik apparat yordamida qay darajada ifodalanganligigi bilan aniqlanadi. Shu bilan birga bu usulda modelning adekvatligi uning yechish usullari aniqligiga ham yetarli ravishda bog’liq bo’ladi.
• Eksperimental modelning adekvatligi o’tkazilgan tajribalar soniga, tajriba o’tkazish shart-sharoitlariga hamda tajribani o’tkazishda foydalanilgan o’lchash asboblarining aniqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Тajribalar soni qancha ko’p bo’lib, o’lchash asboblarining aniqlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, olingan natijalar haqiqiy natijalarga yetarlicha yaqin bo’ladi, ya’ni model adekvat bo’ladi.
• Ob’ektning adekvat matematik modelini tuzish uchun, birinchidan ob’ektning barcha xossa va xususiyatlarini to’liq o’rganish kerak bo’lsa, ikkinchidan bu xususiyatlarning barchasi qurilgan matematik modelda o’z aksini topgan bo’lishi zarur. Shu bilan birga matematik modelni yechishda foydalaniladigan yechish usuli yetarlicha aniqlikka ega bo’lishi talab etiladi.
Ma’lumot modeli nima? Ma’lumotlar modellariga qanday talablar qo’yiladi
Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to’plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bulib, u ko’plab omillardan bog’liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta’minotlar, hamda avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi.
Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismdan iborat:
1.Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga muljallangan ma’lumotlar tuzilmasi. 2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo’lgan operatsiyalar. Ular ko’rib chiqilayotgan ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil etadi. YAxshi ma’lumotlar tuzilmasining uzigina etarli emas. Ma’lumotlarni aniklash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bulish zarur.