Mavzu: O`rta Yevropa.
1. O`rta Yevropaga qayerlar kiradi?- Alp-Karpat tog`lari, pastekisliklar, qadimgi yassi tog`liklar, Buyuk Britaniya va Irlandiya orollari.
2.Alp tog`lari g`arbdan-sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Yoy shaklida bo`lib, g`arbdan-sharqqa 1200 km.
3. Alp tog`lari iqlimiga tavsif?- Iqlim mo`tadil bo`lib, qishi yumshoq, yozi salqin, yiliga 2000-3000 mm atrofida yog`in yog`adi.
4. Boden ko`li qaysi davlatda joylashgan?- Germaniya.
5. Italiya alpidagi qo`riqxona?- Grand-Paradiza.
6. Alp tog`larida balandlik mintaqalari shimoliy va janubiy yonbag`irlarida qanday iqlim ta`sirida shakillangan?- Shimoliy yonbag`rida mo`tadil iqlim ta`sirida, janubiy yonbag`rida subtropik iqlim ta`sirida.
7. Alp tog`larining shimoliy etaklari va yassi tog`liklarida uchraydigan tuproq turi?- podzol tuproqlar.
8.Karpat tog`lari tabiiy xususiyatiga ko`ra qanday qismlaraga bo`linadi?-3 ta:G`arbiy Karpat, Sharqiy Karpat, Janubiy Karpat.
9. Karpat tog`larining uzunligi, o`rtacha balandlikgi va eng baland joyi?- Uzunligi 1500 km, o`rtacha balandligi –800-1200 m, eng baland joyi Baland Tatra tog`idagi Gerlaxovski-Shtof 2655 m.
10. Karpat tog`lari iqlimiga tavsif?- Iqlimi biroz kontinentalroq, Yanvarning o`rtacha harorati –30 –50 C. Tog` etaklarida yoz issiq o`rtacha harorat +17 +200 C.
11. Karpat tog`larida dashtlar nima deb ataladi?- Pushta.
12. O`rta Yevropada eng ko`p yog`in qayerda tushadi?- G`arbiy yonbag`riga 3000-3500 mm.
13. Qaysi tog`da 15-27 km uzunlikdagi muzliklar bor?- Alp tog`larida.
14. Poloni nima?- Karpat tog` yaylovlari.
15. Karpat tog`larida qanday hayvonlar uchraydi?- Qo`ng`ir ayiq, to`ng`iz, silovsin, olmaxon, suvsar.
16. Karpatning eng katta tabiiy boyligi?- Tog` o`rmonlaridir.
Mavzu: Sharqiy Yevropa.
1. Sharqiy Yevropa tekisligining maydoni?- 4 mln km2.
2. KMA va Krivoy-Rog konlaridan nima qazib chiqariladi?- Temir rudasi.
3. Sharqiy Yevropa tekislikligida qanday ko`mir havzalari mavjud?- Moskva yoni, Donetsk, Pechora ko`mir havzalari.
4. Sharqiy Yevropa platformasining yuza qismi qanday yotqiziqlar bilan qoplangan?- Hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlar bilan.
5. Sharqiy Yevropa tekisligida qaysi hududlarida neft va yonuvchi slanes konlari bor?- Volga-Ural rayoni va Pechora havzalaridan neft, Boltiqbo`yidan yonuvchi slanes konlari bor.
6.Donetsk, Timan o`rtasidagi umumiylik?- Kryajlar.
7. Sharqiy Yevropa tekisligi qanday dengizlar bilan chegaralangan?- Shimolda Barens va oq dengizlar, janubda Azov, Qora va Kaspiy dengizlari bilan chegaradosh.
8.Sharqiy Yevropa iqlimiga tavsif?- Tekislikning g`arbida qish yumshoq (-60,-80 C), sharqida sovuq (-100, -200 C). Yozi salqin (+180,+220 C). Janubi-sharqida (+250,+290C) issiq jazirama yog`in miqdori (800-600 mm) sharq tomonga kamayib boradi.
9. Eng kam yog`ingarchilik qayerda kuzatilgan?- Kaspiy bo`yi pastekisligida 200 mm.
10. Volga, Dnepr, Ural daryolari qaysi tomonga oqadi?- Janubga oqadi.
11. Sharqiy Yevropaning asosiy ko`llari?- Ladoga, Onega, Kaspiy bo`yidagi Elton, Bosqunchoq.
12. Qaysi daryolarda suv omborlari barpo etilgan?- Volga, Kamadon va Dnepr daryolari.
13. Sharqiy Yevropa tekisligida nima yaqqol ifodalangan?- kenglik zonalligi.
14. Sharqiy Yevropa tekisligini qaysi qismida ko`llar ko`p?- Shimoliy-G`arbida.
Do'stlaringiz bilan baham: |