Mavzu: Janubi-G`arbiy Osiyo.
1. Janubi-G`arbiy Osiyoga qayerlar kiradi?- Arabiston yarim orolidagi davlatlar.
2. Arabiston yarim oroli qaysi erada Afrika platformasidan ajralib Yevrosiyo plitasiga qo`shilgan?- Kaynazoy.
3. O`lkaning shimoliy qismidagi hududlar qaysi burmalanishda k`otarilgan yosh tog`lar zanjiridan iborat?- Alp tog` burmalanishi.
4. Arabiston yarim orolining tog`li qismidan nima qazib olinadi?- Fosfarit.
5. Arabiston yarim orolining eng baland va eng past joylari?-Eng baland joyi Tiahama tog`i 3760 m, eng past joyi nuqtasi O`lik dengizi (-405 m).
6. Janubi-G`arbiy Osiyo iqlimiga geografik tavsif bering?- Shimoliy qismi subtropik, qolgan qismi tropik iqlim mintaqasiga to`g`ri keladi. Yog`inlar O`rta dengiz sohili va Tiahama tog`larida 1000 mm gacha yog`sa, qolgan hududlarda 100 mm dan kam yog`adi/ Cho`llarda garmsel-issiq samum shamollar.
7. Mesapatamiya pastekisligida qanday tabiat zonasi tarkib topgan?- Chalacho`llar zonasi.
8. O`lkada qanday o`simlik va hayvonlar k`op uchraydi?- Shuvoq, iloq, yantoq, saksovul, cho`l vohalarida xurmo, palma, dengiz sohilida kofe, bug`doy yetishtiriladi. Ohu, tuya, turli kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar uchraydi.
9. O`lkaning qayerlarida qumli qumoq, taqir tuproqlar tarqalgan?- Tropik va qisman subtropik cho`llarida.
10. Slavakiya qaysi davlatlar bilan chegaradosh?- Polsha, Ukraina, Vengriya, Avstriya, Chexiya bilan.
11. San Matvey oroli qaysi dengizda joylashgan?- Bering dengizi.
12. Hindiston yarim ororli asosan qaysi iqlim mintaqada joylashgan?- Subekvatorial.
Mavzu: Dunyo aholisi soni, o`sishi, joylashish xususiyatlari.
1. Dunyo aholisi eramizning boshlarida 1000 yilda, 1500-yillarda qancha kishiga yetgan?- Eramiz boshida 230 mln, 1000-yilda 305 mln, 1500-yilda 440 mln kishiga.
2. Oxirgi 1000 yillikda aholining 2 baravar ko`payishi uchun necha yil kerak bo`lgan?- 600 yil.
3. BMT ma`lumotiga ko`ra 1999 yil 12-oktabrda dunyo aholisi qancha edi?- 6 mlrd kishi.
4.Dunyo aholisi qachon 6,3 mlrd kishini tashkil etgan?- 2003 yil.
5. Dunyo aholisi har minutda, har kuni va har yili qanchaga ko`paymoqda?- Har minutda 150 kishi, har kuni 22000 kishi, har yili 80 mln kishiga ko`paymoqda.
6. Demografik portlash nima?- Aholining juda tez suratlar bilan o`sishi.
7. Qaysi davlatlarda aholining o`rtacha umr ko`rish davri 37-40 yoshni tashkil etadi?- Mali davlati, Syerra-Leone, Zambiya, Gvineya.
8. Eng uzoq umr ko`radigan xalqlar?- Yaponlar.
9. Qaysi davlatlarda o`rtacha umr ko`rish davri 79-80 yoshni tashkil etadi?- Shveysariya, Shvetsiya, Islandiya, Fransiya, Italiya.
10. Dunyo aholisi o`rtacha zichligi qancha?- 1 kv km ga 46 kishi.
11. Qaysi davlatda aholi zichligi 925 kishini tashkil etadi?- Bangladej.
Do'stlaringiz bilan baham: |