Yechilishi: Qora kalamushning tuxum hujayrasida xromosomalar to'plami gaploid bo’ladi. Agar 18 tasi autosomn bo’lsa, bitta X jinsiy xromosoma bo'ladi, ya’ni 18+X=19 ta bo’lar ekan. Blastomerlarda xromosomalarning diploid to'plami bo'ladi Qora kalamushning diploid to'plamidagi xromosomalar soni esa 38 ta ekan. Blastomerlar sonini topish uchun jami btastomerlardagi xromosomalar sonini bitta blastomerdagi xromosomalar soniga bo' lamiz: 19456/38=512 ta ekan.
5. Interfazadan (I) va mitoz bo’linishdan so’ng (II) hosil bo'lgan hujayra jami nechta hujayra markazi (1) va sentriola mikronaychalariga (2) ega bo'ladi?
a) 54; b) 108; c) 27; d) 1; e) 2.
Yechilishi: interfaza davrida hujayra markazi soni ikki hissa ortganligi uchun, soni ikkita bo'ladi. Mitoz bo’linish tugagandan so’ng ular hujayrada yana bitta bo'lib qoladi. Bitta hujayra markazi ikkita silindr shaklidagi kichik tanachadan iborat bo’lib, bitta silindrda 9 ta bog’lam, 27 ta mikronaycha (har bir bog'lam uchta mikronaychani o'z ichiga oladi), ikkinchi silindrda ham shunchadan bo’lib, hujayra markazida jami 18 ta bog’lam, 54 ta mikronaycha bo’ladi. Hujayra markazi ikki hissa ortgan paytda sentriola mikronaychalari ham ikki hissa ortadi, bunda ular soni 108 ta bo’lib qoladi. Javob I-1-e; 2-b; II-1-d; 2-a bo'ladi.
6. Drozofilada ko'zning oq rangda bo’lishi retsessiv, qizil rangda bo'lishi dominant hamda jinsga bog'liq holda irsiylanadi. Erkak drozofila oq ko'zli bo’lsa, gametogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo'lgan spermatozoidlarning nechtasi ushbu belgi bo'yicha retsessiv (a) va nechtasi dominant (b) genga ega bo'ladi?
A) a-2 ta; b-2 ta В) a-1 ta; b-1 ta C) a-2 ta; b-0 ta D) a-0 ta ; b-2 ta
Yechilishi: XA- qizil ko'zli, Xa-oq ko'zli. Oq ko'zli erkak drozofila genotipi XaY bo'ladi. Spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayraning bo'linishi natijasida to’rtta spermatozoid hosil bo'ladi. Ularning ikkitasi Xa, ikkitasi Y geniga ega bo'ladi, ya’ni ikkitasi oq ko'z belgisi bo'yicha retsessiv genga ega bo'ladi, ikkitasi esa bu belgiga ega bo'lmaydi. Dominant belgiga ega bo'lgan spermatozoidlar umuman hosil bo'lmaydi. To'g'ri javob - C.
7. Urg'ochi kaptarning somatik hujayrasida autosomalar soni 78 ta bo'lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida zigotada 3 marta ekvtorial, 4 marta meridinal bo'linishi kuzatilgan bo'lsa, hosil bo'lgan blastomerlardagi jami birikish guruhlari soni va urg'ochi kaptar tuxum hujayrasida xromosomalar holati qanday bo'ladi?
A) 10240; 78 ta autosoma. 2 ta jinsiy xromosoma B) 5120; 39 autosoma, faqat bitta X jinsiy xromosoma C) 10240; 40 autosoma, bitta Y jinsiy xromosoma D) 5120; 39 to autosoma. 1 ta X yoki Y jinsiy xromosoma
Yechilishi: Urg'ochi kaptarning somatik hujayrasida 78 ta autosoma, 2 ta jinsiy xromosoma bo'lsa, jami kariotipida 80 ta xromosoma mavjud. Blastomerlar diploid to'plamli bo'lib, unda birikish guruhlarining soni xromosomalarning gaploid to'plami soniga teng, ya’ni 40 ta. Zigota maydalanishida 3 marta ekvatorial, 4 marta meridinal bo'linish kuzatilsa, 128 ta blastomer hosil bo'ladi. 128 ta blastomerning har birida birikish guruhlarining soni 40 ta bo'lsa, umumiy birikish guruhlarining sonini topamiz: 128x40 5120 ta ekan. Qushlarda urg'ochilari geterogametali, erkaklari gomogametali bo' ladi. Shunday ekan, urg’ochi kaptar tuxum hujayrasida gaploid to’plam, ya’ni 40 xromosoma bo'lsa, undan 39 tasi autosoma, bittasi (X yoki Y) jinsiy xromosoma hisoblanadi. Demak. 39+X yoki Y bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |