Kodominantlik – geterozigota holatda har ikkala gen bir-bridan mustaqil ravishda o’z ta’sirini yuzaga chiqaradi. Bunga misol qilib IV qon guruhini keltirsak bo’ladi.
Qon guruhlarini belgilash quyidagi tartibda bo’ladi:
Qon guruhlari
|
Gomozigota
holati
|
Geterozigota
holati
|
I yoki (O)
II yoki (A)
III yoki (B)
IV yoki (AB)
|
IOIO
IAIA
IBIB
-
|
-
IAIO
IBIO
IAIB
|
Qon quyish quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Qon guruhlari
|
Qon berishi mumkin
|
Qon qabul qilishi mumkin
|
I
|
I.II.III.IV
|
I
|
II
|
II.IV
|
I.II
|
III
|
III.IV
|
I.III
|
IV
|
IV
|
I.II.III.IV
|
Quyidagi jadval asosida qon guruhlari to’rt guruhga bo’linadi:
1-masala: III qon guruhi bo’yicha geterozigotali ayol II qon guruhi bo’yicha geterozigotali erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada farzandlarning qanday qon guruhlariga ega bo’lib tugilish ehtimolini toping.
Yechish:
P fen: gen: ♀ IA IO × ♂ IB IO
Gameta: IA; IO; IB; IO. F1 IA IB; IA IO; IB IO; IO IO. Fen: IV II III I
Javob: Ushbu oilada I, II, III, IV qon guruhiga ega bo’lgan farzandlar tug’ilishi mumkin.
2-masala: II qon guruhli ayol I va III qon guruhli farzandlarga ega. Farzandlarning otasi qanday qon guruhiga ega ekanligini aniqlang. Yechish: Ayol II qon guruhli ekanligi ma’lum, lekin uning gomozigota yoki geterozigota ekanligi ma’lum emas. Ayolning qon guruhi geterozigota yoki gomozigota ekaligini farzandlarning qon guruhlariga qarab aniqlab olish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, ayolning II qon guruhi gomozigota holatda emas ekan. Aks holda, oilada I qon guruhli farzandlar tug’ilmagan bo’lar edi. Demak, ayolning qon guruhi geterozigota holatda bo’ladi:
P fen: gen: ♀ IA IO × ♂ IB IO
Gameta: IA; IO; IB; IO. F1 IA IB; IA IO; IB IO; IO IO. Fen: IV II III I
Javob: Demak, otaning qon guruhi geterozigota bo’yicha III qon guruhi bo’ladi (qolgan holatlarda o’zingiz tekshirib ko’ring).
O’zingizni sinab ko’ring!
1. Odamlarda normal eshitish tug’ma karlikka nisbatan, burun teshini keng bo’lishi tor bo’lishiga nisbatan dominantlik qiladi. Birinchi qon guruhiga ega tug’ma kar, burun teshigi keng bo’lgan ayol sun’iy urug’lantirish natijasida homilador bo’lib, so’ng vaqti-soati kelganda, har xil tuxumdan rivojlangan egizak (o’g’il-qiz) ko’rdi. O’g’li II qon guruhli bo’lib, normal eshitadigan, burun teshigi keng, qizi esa III qon guruhli, tug’ma kar va burun teshigi tor edi. Ayol, uning egizak farzandlari va otaning genotipini toping.
2. (V-2008. 124-36.) II qon guruhli, qo’yko’z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko’kko’z, 5 barmoqli otadan I qon guruhli, ko’kko’z, 5 barmoqli farzand tug’ildi. (qo’yko’zlik ko’kko’zlik ustidan, polidaktiliya 5 barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi) ota-ona genotipini aniqlang.
3. II va III qon guruhlariga ega bo’lgan, qoni normal iviydigan er-xotin nikohidan I qon guruhiga ega gemofilik bola tugildi. Ushbu oilada yana qanday fenotip va genotipga ega bo’lgan farzandlar tug’ilishini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |