1.. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, unig jinsiy hujayrasidagi autosoma xromasomalar sonini aniqlang.
A)38 B)40 C)42 D)20
2) . Autotrof oziqlanuvchi eukariod(a) va prokariot(b) organizmlani aniqlang. 1.shumg`iya 2. pichan bakteriyasi 3.olingugurt bakteriyasi 4.sarsabil 5.zarpechak 6.nintella 7.floks 8.xrokokk
A)a-4,7 b-3,2 B)a-4,6,7 b-1,2 C) a-1,4 b-3,2 D)a-6,7 b-3,8
3) Pavlovga tegishli bo`lgan fikr(lar)ni ko`rsating. 1.tashqi tormozlanishni shartsiz tormizlanish deb atagan 2.pay va muskullardagi sezuvchanlikni yashirin sezgi deb atagan 3.me`dadan birinchi bo`lib sof shira ajratib ololmagan 4.shartli reflekslar haqida ta`limotni yaratgan 5.”nutq bizni odam qildi” degan fikrni ilgari surgan 6.fagositoz hodisasini ochib bergan 7.hech bir organizm tashqi muhidsiz yashay olmaydi digan
A)6,7,5 B)1,3,4 C)2,6,7 D)1,4
3) Bitta oilaga kiruvchi o`simliklarni aniqlang.
A)Obidov, Samarqand-3 B)Vatan, Lola
C)Sarmarqand-3, Ulug`bek-600 D)Obidov, Gultish
4) . HaeIII ga xos bo`lgan belgilarni aniqlang. 1.tarkibida peptid bog`i bor 2.tarkibida vodorod bog`i bor 3.fosfodiefir bog`ini uzadi 4.vodorod bog`ini kesadi 5.yopishqoq uchlar hosil qilib kesadi 6.4ta nukleotid juftligini kesadi
A)3,6 B)3,5 C)1,6 D)2,5
5) . Hozirgi kunda mutatsion ta’limotida ilgari surilgan g‘oyalar qaysilar? 1)mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi, yo‘nalishga ega emas va irsiylanadigan o‘zgaruvchanlikdir; 2) mutatsiyalar individual xarakterga ega, ya’ni populatsiyaning ayrim individlarida sodir bo‘ladi; 3) mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir; 4)mutatsiyalar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; 5) mutatsiyalar har xil ko‘rinishlarda bo‘lib, foydali va zararli, neytral bo‘lishi mumkin; 6) mutatsiyalarning uchrash ehtimoli o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq; 7) o‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin.
A)1,3,5,7 B) 2,4,6 C) 1,3,4,6 D) barchasi.
6) 1.Quyidagilardan idioadaptatsiya (a),aramarfoz (b) va degeneratsiya (c)ga tegishli ma’lumotlarni to’g’ri juftlab ko’rsating. 1)parazitlarda hazm organlarining yo’qligi misol bo’ladi;2)uzoq davom etgan irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro’y beradi;3)oddiydan murakkab tuzilishga o’tadi;4)xususiy moslanishlar paydo bo’ladi;5)yashashga birmuncha qulayliklar tug’diradi;6)yangi sistematik guruhlar hosil bo’ladi;7)muhim bo’lgan organlar sistemasi takomillashadi; 8)qayin,qayrag’ochning meva va urug’larida qanotsimon o’simtalar bo’lishi misol bo’ladi
A)a-4,8; b-5,7; c-3 B)a-5,7; b-6,2; c-3,4
C)a-6,7; b-8,3; c-1 D)a-5,8; b-2,7; c-1
7) . Bakteriyalarga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1)tallomida hosil bo’lgan o’simtalarni ajratish yo’l bilan ko’payadi; 2)irsiy belgilari polinukleotid zanjirida joylashgan; 3)membranasi lipid va oqsil moddalaridan iborat; 4)ribosomalari endoplazmatik to’r bilan hamkorlikda oqsil sintezini amalga oshiradi; 5)hujayra qobig’I murein moddasidan iborat bo’lb, irsiy belgilari yadroda joylashgan; 6)membranasi sitoplazmani hujayra qobig’idan ajratib turadi A)2,4,6 B)1,4,5 C)1,3,5 D)2,3,6
8) 3.O’zbekiston respublkasi ‘’QIZIL KITOBI’’ga kiritilgan quyidagi o’simliklar gulli o’simliklarning qaysi sinflariga mansubligini aniqlang. a)magnoliyasimon,b)lolasimon 1)Oloy xiyoli; 2)targ’il lola; 3)Olga sorbariyasi; 4)karraklar; 5)tangao’tlar; 6)oksitropslar; 7)jumagul; 8)shirachlar A)a-3,4,5,6 b-1,2,7,8 B)a-1,3,4,5,6 b-2,7,8 C)a-1,2,4,6,8 b-3,7,5 D)a-3,5,6,7 b-1,2,4,8
9.Quyidagilar orasidan hujayrasida kuchli rivojlangan sillq endoplazmatik to’r tizimiga va turgorlik holatini ta’minlovchi organoidga ega bo’lganlarni aniqlang. 1)o’rik mag’izi; 2)makkajo’xorining endospermi; 3)maxsarning urug’I; 4)loviyaning urug’pallasi; 5)jigar; 6)o’rdakning quymich bezi; 7)moshning dukkak mevasi A)3,4,5 B)2,5,7 C)1,6,7 D)1,2,3
10. Trias davriga (a),silur davriga (b),bo’r davriga (c) xos aromorfozlarni aniqlang. A)a-bir urug’pallali,ikk urug’pallali sinflarining ko’p oilalari rivojlanishi; b-suvaraklar,ninachilarning rivojlanishi; c-ko’p hujayral yashil suvo’tlarning ba’zilari quruqlikka chiqishga muvaffaq bo’lshi B)a-kaltakesak,toshbaqalar ajdodlarining paydo bo’lishi; b-dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning paydo bo’lishi; c-dastlabki qalqondorlarning paydo bo’lishi. C)a-zamburug’lar paydo bo’lishi; b-kaltakesak, toshbaqalar ajdodlarining paydo bo’lishi; c-sutemizuvchilarning xaltali va yo’ldoshli kenja sinf vakillarining paydo bo’lishi D)a-dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning paydo bo’lishi; b-ko’p hujayrali yashil suvo’tlarining ba’zilari quruqlikka chiqishga muvaffaq bo’lishi; c-bir urug’pallali, ikki urug’pallali sinflarining ko’p oilalari rivojlanishi
11. Komiljon bir sutka davomida qabul qilgan ovqati ratsionida yog’ va oqsilning miqdori teng , uglevod miqdori oqsil miqdoridan 4.5 marta ko’p. To’qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o’tishi va ish bajarishi uchun 2548 kkalni tashkil etgan bo’lsa uning ovqat ratsionidagi uglevod (a) va yog’(b) miqdorlarini (gramm) aniqlang A)a-360; b-80 B)a-540; b-120 C)a-530; b-130 D)a-550; b-220
12.Xordalilar tipiga mansub hayvonlar haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A)O’rta osiyo toshbaqasining suyak va muguzdan iborat kosasi qovurg’a,ko’krak,bel,dum umurtqalari va o’mrov suyaklari bilan tutashgan B)Oqchaning yurak qorinchasidan chiqqan qon qorin aortasidan jabraga, undan orqa aortaga chiqadi C)Ko’l baqasining o’pka va terisiga ketuvchi kapillyarlardagi qon tarkibida kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan yuqori bo’ladi D)Forel balig’ining bosh qutisi qisman suyakka aylangan, umurtqaga birikkan suzgich kamari va suzgich yoylaridan tashkl topgan orqa orqa suzgichining ortida yana bitta suzgichi bo’ladi
13. Yonbargchalari bo’lmaydigan ko’p yillik o’simliklarni aniqlang. A)liftok, partenotsessus, tok B)teresken, izen, saksovul C)olma, nok, shaftoli D)baliqko’z, oq sho’ra, yantoq
14.To’shak qandalasi odam va hayvonlar qonini so’radi, uning qanotlari bo’lmaydi, tanasi mayda sezgir tuklar bilan qoplangan, chala o’zgarish bilan rivojlanadi. Ushbu matnda turning qaysi mezonlari aks etgan? A)ekologik, genetic B)geografik, ekologik C)morfologik, fiziologik D)biokmyoviy, fiziologik
15.Populyatsiyaning statistic belgilarini mos ravishda juftlang. a)populyatsiyaning zichligi; b)populyatsiyaning soni; c)populyatsiyaning Yoshi; 1)jinsiy yetilish vaqti, ko’payish jadallgi bilan belgilanadi; 2)ma’lum maydon birligida individlar soni bilan belgilanadi; 3)ma’lum vaqt davomida tug’ilish va o’limning miqdori bilan belgilanadi. A)a-3; b-2; c-1; B)a-2; b-1; c-3; C)a-2; b-3; c-1; D)a-1; b-3; c-2;
16.Odamlarda sariq va tekis soch retsessiv belgi hisoblanadi.Sochi sariq va to’lqinsimon bo’lgan ayol sochi qora va to’lqinsimon bo’lgan erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada birinchi farzand sariq sochli tug’ildi.Farzandlarning necha foizi qora va jingalak sochli bo’lishi ehtimolini aniqlang. A)37,5 B)75 C)12,5 D)50
17.Biosfera haqidagi qaysi ma’lumot noto’g’ri ekanlgini aniqlang. A)Biosfera- tirik organizmlar yashaydigan, ular faoliyati natijasida tinmay o’zgaradigan sayyoramiz qobig’ining bir qismidir. B)Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o’ta chidamli aeroplanktonlar uchraydi C)Biosferadagi modda va energiyaning biotik davriy aylanishi hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi D)sayyoramzda yashaydigan faqat hayvon va o’simliklarning yig’indisi biosferaning tirik moddasini tashkl qiladi
18.Tanasidagi paypaslagichlari ozuqani tutishda qatnashmaydigan hayvonlarni aniqlang. 1)oq planariya; 2)qizil korall polip; 3)aureliya; 4)yashil bronza qo’ng’izi; 5)baqachanoq; 6)chuchuk suv shillig’i A)2,4,6 B)1,2,5 C)1,4,6 D)1,3,6
19.Karam kapalagidan uning lichinkasining farq qiluvchi belgilarini ko’rsating. 1)barglar rangiga o’xshash himoya rangga ega; 2)karamdoshlar bargi bilan oziqlanadi; 3)bu bosqich davrida filogenezni takrorlaydi; 4)tanasida qora dog’lar bor; 5)bu bosqichda tullab voyaga yetadi; 6)birlamchi konsument; 7)faqat 3juft ko’krak oyoqlarga ega; 8)5juft soxta oyoqlariga ega A)1,5,7 B)1,2,4 C)3,6,8 D)2,5,8
20.Lansetnikning qon aylanish sistemasi bo’ylab qonning, qonning harakati qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A)orqa aorta-- Jabra kapillyarlari -- jabralar -- qorin aortasi -- mayda qon tomirlari-- to’qimalar—orqa aorta B)yurak bo’lmachasi—qorin aortasi—jabra arteriyasi—kapillyarlar—orqa aorta—arteriyalar—kapillyarlar—venalar—yurak qorinchasi C)qorin aortasi—jabra kapillyarlari—jabralar—orqa aorta—mayda qon tomirlar—to’qimalar—qorin aortasi D)yurak qorinchasi—qorin aortasi—jabra arteriyasi—kapillyarlar—orqa aorta—arteriyalar—kapillyarlar—venalar—yurak bo’lmachasi
21. Monomerlarning birikishidan hosil bo’lgan birikmalarni aniqlang. 1)treonin; 2)interferon; 3)xolesterol; 4)glikogen; 5)transpozaza; 6)triptofan; 7)tripsin; 8)tirozin; 9)maltoza; 10)xitin A)4,5,7,9 B)2,3,4,6,10 C)3,5,7,8,9 D)1,2,6,10
22. Qo’y zotlari haqida noto’g’ri fikrni aniqlang. 1)arxar, argali, muflon qo’y zotlarining ajdodi hisoblanadi; 2)Romanov, hisor, merinos inson tomonidan yaratilgan sun’iy populyatsiyalardir; 3)muflon, hisor, arxar ajdod turlar hisoblanadi; 4)ularni keltirib chiqaruvchi omil sun’iy tanlash hisoblanadi; 5)hisor qo’yining juni faqat mayin, 8-10sm li tivitdan iborat; 6)ularni keltirib chiqaruvchi omil foydali irsiylanmaydigan o’zgaruvchanlik va tabiy tanlanish hisoblanadi; 7)ular kam nasl berganligi uchun yakka tanlash va duragaylash usuli orqali olinadi A)1,2,4 B)2,4,7 C)1,4,7 D)3,5,6
23.Biologiya va uning fanlar sistemasida qo’llaniladigan usullarni ularga xos ma’lumotlar bilan juftlang. 1)taqqoslash; 2)biokimyoviy; a)hujayra nazariyasiga asos solingan; b)timozin gormonining miqdori o’rganiladi; c)hujayra organoidlarini ayrimayrim holda ajratishga imkon beradi;
A)1-a, 2-b B)1-c, 2-a C)1-b, 2-a,c D)1-b,c 2-a
24.To’g’ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang.
A)bug’doyning diploid navida mikrosporadan vegetative hujayraning hosil bo’lishida metafaza bosqichida 14ta xromosoma va 28ta DNK bo’ladi B)ikki urug’pallali o’simliklarda qo’shimcha ildiz poyaning yerga yaqin qismidan, murtakdagi poyacha asosidan va ildizpoyadan hosil bo’ladi C)mexanik to’qimaning kollenxima hujayralari tirik, cho’ziq va qalin devorli bo’lib o’simlikka tayanch mustahkamlik beradi D)sambitgul, qirqbo’g’im va kampircho’pon kabi o’simliklarning barglari bo’g’imda halqasimon joylashgan.
25.Lichinkasida kipriklari bor organizmlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang. 1)jigar qurti; 2)exinakokk; 3)gidra; 4)nerieda; 5)oq planariya; 6)dengiz o’troq ko’p tukli chuvalchangi 7)yomg’ir chuvalchangi A)1,3,6 B)1,4,6 C)2,3,6 D)1,5,7
Do'stlaringiz bilan baham: |