Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Yuqori bosqich o‘rta maktabi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Yuqori bosqich o‘rta maktabi
. Bu maktablar ta’lim yo‘nalishining 10-12-
sinflarini  o‘z  ichiga  oladi.  Yaponiyada  bunday  bosqich  maktablarining  kunduzgi, 
kechki va sirtqi bo‘limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqichli maktablarda o‘qish 
muddati  3  yil.  O‘quvchilarning  95  foizi  kunduzgi  maktablarda  ta’lim  oladilar. 
Bunday  maktablarda  o‘qish  ixtiyoriydir.  Yuqori  bosqich  o‘rta  maktabining 
bitiruvchilari  yana  imtihon  topshiradi  va  yuqori  natijaga  erishgan  o‘quvchilar 
mamlakatning  o‘ta  nufuzli  oliy  o‘quv  yurtlariga,  shu  jumladan,  Tokio,  Nagoya 
kabi universitetlarga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. 
Yaponiyada  oliy  ta’lim  tizimini  tashkil  etishda  kichik  kollejlar,  texnik 
kollejlar,  maxsus  ixtisoslashtirilgan  kollejlar  va  universitetlar  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Yaponiya  ta’lim  tizimi  uchun  «Ixtisos  maktablari»  va  «turli» 
maktablarning  mavjudligi,  ya’ni  ularning  ko‘pchiligi  xususiy  bo‘lib,  ular  turli 
firma, konsern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda kasblar o‘rgatadi. Dunyo 


97 
 
maktablaridan  farqli  o‘laroq  Yaponiya  maktablarida  o‘qish  1-apreldan  boshlanib 
kelasi yilning 31-martida nihoyasiga yetadi. 
Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv yili uch semestrga bo‘linadi: 
aprel – iyul, sentabr – dekabr, yanvar – mart. Katta o‘rta maktablarda esa o‘quv yili 
2 yoki 3 semestrga bo‘linadi. 
O‘quv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 60 kun 
ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda 
boshlanib  uchdan  keyin  tugaydi.  O‘quvchilar  haftasiga  2-3  soat  sinfdan  tashqari 
klub  ishlarida, 7  soat  ixtisos  bo‘yicha  mashg‘ulotlarda  yoki  repetitorlar  ixtiyorida 
bo‘ladilar. Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 
80  ta  sinov  topshirishadi.  O‘quvchilar  majburiy  asosiy  fanlardan  tashqari  o‘z 
xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar. 
Yaponiya  ta’limining  asosiy  maqsadi  va  mazmuni  yoshlarni  zamonaviy 
texnik, texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy sanoatda samarali 
ishlashga  moslashtirishdir.  Mamlakatda  maktabga  muhim  ijtimoiy  vazifani 
bajaruvchi,  jamiyatni  olg‘a  siljishini  ta’minlovchi  dargoh  deb  qaralib,  xalq 
tomonidan  e’zozlanadi.  Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  Yaponiyada  ta’lim 
tizimi  ham  shaklan,  ham  mazmunan  yuksak  uyg‘unlik  kasb  etgan.  Ibrat  olsa, 
o‘rgansa  arziydigan  jihatlari  ko‘p.  E’tiborli  yana  bir  tomoni  –  Yaponiyada  faqat 
milliy an’analar bilan cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Fransiya Germaniya 
kabi  taraqqiy  etgan  mamlakatlarning  ilg‘or  pedagogik  ish  tajribalari  ham  ijodiy 
o‘zlashtirilgan.  Shu  o‘rinda  Yaponiya  va  O‘zbekiston  maktablarida  geografiya 
o‘quv  kurslarining  mazmuni  va  mohiyatini  taqqoslash  maqsadga  muvofiqdir. 
Tadqiqot  natijalari  shuni  ko‘rsatadiki,  Yaponiya  geografiya  ta’limi  va 
O‘zbekistondagi  geografiya  ta’limi  tuzilishida  muayyan  tarzdagi  farqlar  mavjud 
bo‘lib, u quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan: 
 
Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida sinflar bo‘yicha geografiya kurslari 
bo‘yicha taqqoslash  
6-jadval  
O‘quv yili 
Yaponiya maktablarida o‘quv kurslari  
bo‘yicha geografiyani o‘rganish 
O‘zbekiston maktablarida o‘quv 
kurslari bo‘yicha geografiyani 
o‘rganish 
1-sinf 
2- sinf 
3- sinf 
4- sinf 
5- sinf 
 
 
 
6- sinf 
Hayot haqidagi fan 
Hayot haqidagi fan 
Jamiyat  
Jamiyat  
Jamiyat. Geografiya. Yaponiyaning oziq-
ovqat va ishlab chiqarish, uning aholisi 
va hayoti 
Jamiyat  Geografiya. Siyosat va hayot. 
Jahonning turli davlatlari bilan aloqalari. 
Atrofimizdagi olam 
Atrofimizdagi olam  
Tabiatshunoslik 
Tabiatshunoslik  
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi  
 
 
Materik va okeanlar geografiyasi
 
7- sinf 
 
8- sinf 
 
9- sinf 
Jamiyat  Geografiya. Jahon regionlari va 
yaponiya rayonlari  
Yaponiya rayonlari va jahon regionlari  
Yaponiya xalqaro hamjamiyatda 
O‘rta  Osiyo  va  O‘zbekiston  tabiiy 
geografiyasi 
O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi  
Jahonning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 


98 
 
geografiyasi 
10- sinf 
 
 
 
 
11- sinf 
12- sinf 

guruxidagi 
o‘quvchilar  Jamiyat. 
Geografiya.  
B  guruxidagi  o‘quvchilar  Hozirgi  zamon 
taraqqiyoti izlash 


Amaliy geografiya 
 
 
 


 
Yaponiya  majburiy  ta’lim  va  yuqori  bosqich  o‘rta  maktablarida 
o‘rganiladigan    geografiya  bo‘yicha  olinadigan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirishga  qo‘yiladigan  talablar  O‘zbekiston  maktablarida  geografiya 
bo‘yicha  davlat  ta’lim  standarti  bo‘yicha  beriladigan  bilim,  ko‘nikmalarni  hosil 
qilishga  qaratilgan  o‘quv  dasturlarining  mazmun  va  mohiyati  bir  muncha  farq 
qiladi. U quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan. 
 
Yaponiya va O‘zbekiston maktablarida geografiya bo‘yicha o‘quv dasturlarning 
mazmunini taqqoslash    
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish