IQLIM
SABABI
XUSUSIYATLARI
Iqlim mintaqalari, iqlim tipi (iyul,
yanvar, yillik amplituda, yog‘in
miqdori va rejimi), shamollar
yo‘nalishi
Geografik kenglik, relyef (tog‘
tizmasi, yo‘nalishi va balandligi va
h.k.) dengiz oqimlari va b.
113
boyliklaridan unumli foydalanishda unga oqilona yondashish lozimligini
o‘quvchilar bilib olishlari kerak.
Inson va tabiat g‘oyasini tushuntirishda inson xo‘jalik faoliyatida tabiatning
ahamiyatini baholash nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda yondashishi lozim.
Bunda o‘quvchilar inson tabiatga aralashmasdan hech iloji yo‘q degan xulosaga
kelishlari kerak, chunki tabiat insonga yashash uchun zarur bo‘lgan barcha
narsalarni, oziq-ovqat, qurilish materiallari, sanoat xom-ashyosini, energiya va h.k.
larni beradi. Bunday yondashish tabiiy geografiyaning boshlang‘ich tabiiy
geografiyasi kursidan boshlanadi. Ayniqsa, o‘quvchilar yashab turgan joylari
misolida TXK qismlariga inson qay darajada ta’sir qilishini aniq misollar asosida
ko‘radilar. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursida esa, respublika hududidagi har
bir TXK misolida insonning tabiiy sharoiti va boyliklariga xo‘jalik jihatidan baho
berish bilan tanishadilar. O‘quvchilar odatda tabiat qismlari (relyef, ichki suvlar,
tuproq va h.k.) inson xo‘jalik faoliyati uchun ahamiyatini hamda tabiatini
qo‘riqlash borasidagi tadbirlarni to‘g‘ri aytadilar. Ammo o‘quvchilar tabiat
kompleksi qismlari o‘rtasidagi nihoyatda mustahkam aloqadorlik mavjudligini
juda kam biladilar. Ayniqsa, bu bilimlarni yetarlicha egallamasdan, tabiatga ta’sir
etish yomon oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olmaydilar. Tabiiy
kompleksning bitta qismiga o‘ylanmasdan ta’sir qilish uning boshqa qismlariga
ham salbiy ta’sir o‘tkazilishi mumkinligini yetarlicha anglab yetmaydilar. Buni
Orol fojiasi misolida o‘quvchilar ongiga yetkazish juda foydalidir. Amudaryo
suvidan tejab – tergab foydalanmaslik, paxta yakka hokimligi Amudaryo quyi
mintaqasida tuproq tarkibini buzdi. Ko‘plab gerbitsidlarning qo‘llanilishi esa,
suvning zaharlanishiga, hayvonlarning qirilishiga olib keldi va h.k. To‘g‘ri, bunga
qisman maktab geografiyasi va geografiya o‘qituvchilar ham aybdor. Chunki
maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar tabiat bilan inson o‘rtasidagi murakkab
bog‘liqlikni, aloqadorlik haqida yetarlicha bilim olmayaptilar. O‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish tinimsiz mehnat va muntazamlik asosida ish olib
borishni talab qiladi. Geografiya ta’limini shunday tashkil qilish kerakki, tabiat va
xo‘jalikda sodir bo‘ladigan voqea va hodisalar bog‘liqlikda, doimiy o‘zgarishda
ekanligini har bir o‘quvchi tomonidan mustahkam egallay olishlariga e’tibor
qaratish zarur bo‘ladi. Geografik qobiqda bo‘lib turadigan hodisalarni o‘quvchilar
mustahkam baholay olishga erishmog‘imiz lozim. Demak, maktab geografiyasida
o‘quvchilar dunyoqarashining shakllantiruvchi g‘oyalar quyidagilardir:
1. Dunyoning moddiyligi.
2. Dialektik munosabatlar (qarama – qarshilik, miqdor o‘zgarishlari va sifat va
h.k.).
3. Hozirgi zamon xo‘jaligi va tabiatning bir butunlikda rivojlanishi.
4. Tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish.
114
5. Xalq turmushi va farovonligini oshirishni tabiatga zarar yetkazmasdan
amalga oshirish.
6. Ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona joylashtirish.
7. Xalqaro iqtisodiy uyg‘unlashuv.
8. O‘zbekistonning dunyodagi barcha mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar
o‘rnatishi.
9. Xo‘jalikni joylashtirishda tabiatning ahamiyati va uning vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarishi.
10. Geografik muhitning xo‘jalikni rivojlantirish va joylashtirishda o‘rin
tutishi.
11. Tabiat va xo‘jalik aloqadorligida ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning o‘rni.
12. O‘quvchilarga geografiya darslarida mehnat tarbiyasi va mehnatga
muhabbat xislatlarini shakllantirish.
13. ona Vatanga, tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash va h.k.
Yuqoridagi g‘oyalar tabiiy geografiya, ijtimoiy-iqtisodiy geografiya
sohasidagi bilimlarni mustahkamlanishida asosiy zamin (baza) bo‘lib xizmat
qiladi.
Tabiiy-geografiya kursida ko‘riladigan masalalar, ya’ni sabab va
oqibatlarning umumiyligi, o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. O‘qituvchi
materiallarni bayon etib borib, (materiallarni) mazmuniga qarab xulosaga
kelib, o‘quvchilarni mustaqil ishlashlarini izohlab beradi.
O‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan mustaqil
ishlarni 2 turga ajratish mumkin:
Birinchi
topshiriq:
geografik
bilimlar
asosida
dunyoqarash
g‘oyalarini to‘g‘ri yo‘naltirish topshiriqlari, ya’ni antropogen ta’sirlarning
tabiatni o‘zgartirishda, rivojida muhim ekanligini isbotlab bera olish (Orol
fojeasini eslash).
Ikkinchi topshiriq: fizik, kimyoviy, biologik qonunlar asosida tabiiy-
geografik
hodisalarni
mustaqil
xulosalar
asosida
dunyoqarash
g‘oyalarini umumiylashtirib yakun yasay bilish.
Dunyoqarashni shakllantirishdagi eng asosiy moment materiallarni
izohlab, o‘sha asosida aniq xulosalarga kela olish, buning uchun nazariy
bilimlarni xulosa qila olish va yakunlash.
Bu
darslarda
o‘quvchilarga topshiriqlar, savollar berib, ko‘p
materiallarni qamrab olgan, predmetlar doirasida (predmetlar bilan
bog‘langan) keng qamrovli mavzularni izohlab berish yuklatilishi kerak.
O‘quvchilarning bilish doirasini kengaytirishda boshqa yaqin bo‘lgan
fanlardan topshiriqlar berib, ularni dunyoqarashni boyitib, kengaytirib borish,
albatta, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
115
Tabiiy-geografik jarayonlarni tushuntirish bilan biologik hodisalar
haqida fikr yurita olish. Masalan, o‘simlik, hayvonot dunyosining evolyusiyasi
hamda tuproq va o‘simlik dunyosi har doim o‘zgarishda ekanligi.
O‘quvchilarning bilimini tarix fani tomonga yo‘naltirsak, aytish
mumkinki, Afrika va Osiyo mamlakatlarida bo‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklar
tarixiy o‘tmishga bog‘liq ekanligi.
Geografiya fanidan o‘lka materiallarini o‘rganish jarayonida
o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, undagi boyliklarni avaylab-asrashga
qaratilgan dunyoqarash shakllantirib boriladi. Bu haqda o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, ilmiy mushohadalar, murakkab bo‘layotgan hodisa va
voqealarni farqlay oladigan, o‘z fikrini dalillar asosida isbotlay oladigan
bo‘lishlari muqarrar. Tabiiy geografiya kursini o‘tishning boshida keyingi
materiallarda solishtirish asosida yer qobig‘lari xususiyatini o‘rgana borish eng
asosiy maqsad bo‘lib geografik bilimlarni egallashda muhim rol o‘ynaydi.
Materiklar va okeanlar geografiyasi kursida hududiy shu tariqada yirik
region, mamlakatlarni solishtirish, taqqoslash asosida tabiat hodisalari tushuntira
boriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kursida ham solishtirish, taqqoslash
muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa, xo‘jalik tarmoqlarini tushuntirish jarayonida.
Masalan, Polshaning qishloq xo‘jalik uchun ajratilgan bir qismi, ya’ni
tabiiy sharoiti Boltiq bo‘yi hududlariga ham yaqin keladi. Xulosalar chiqarish
jarayonida Polshaning qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish masalalarida Boltiq
bo‘yi davlatlari bilan o‘xshashlik borligi tushuntiriladi. Shunga o‘xshash
ko‘pgina misollarni keltirish mumkin.
Dialektik fikrlash bu oliy shakldagi fikrlash desa bo‘ladi, chunki
obyektiv dunyodagi voqea va hodisalar qarama-qarshiliklar asosida
rivojlanadi. U faqat kurash yo‘li bilan yengiladi. Dialektikaning asosi qarama-
qarshiliklarning birlik qonuni asosida tushuntirilib maqsadga erishiladi.
Dialektik qarama-qarshiliklarni hal etishda o‘qituvchi ko‘pchilik hollarda
materiallarni muammo tariqasida izohlab bera oladi. Masalan, Ustyurt platosi
rayonini iqtisodiy tomonlarini tushuntirishda qulay va noqulay tomonlariga
taalluqli
muammoni
oladi,
Ustyurt
platosi
boyliklarini
ko‘pligi
tushuntiriladi. Ikki tomondan qiyinchilik, ya’ni boyliklarni qazib olish, yo‘l
qurish, zavodlar qurish, turar joylar tiklash ancha qimmatga tushadi va
shunga o‘xshash. Geografiyani o‘qitish bilan o‘quvchilarda yetarli dialektik
tafakkurning yuzaga kelishida voqea-hodisalarni har tomonlama o‘rganib,
o‘zgarish va rivojlanishlar muayyan qonuniyatlar asosida bo‘lishi izohlab
beriladi. Har bir hodisa konkret o‘sha sharoitga bog‘liq ekanligi aytiladi.
Demak yuqoridagilardan shu narsa ko‘rinadiki, maktab geografiya
mazmunida falsafiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va sof geografik mazmunidagi
116
g‘oyalar mavjud. Ularni darslarda bir-biridan ajratish samarali natija bermasligini
tajribalar
ko‘p
marta
isbotlagan.
O‘quvchilar
dunyoqarashlarining
shakllanganligini baholashda quyidagi o‘lchovlarni tavsiya etish mumkin:
Konkret geografik misollar yordamida dunyoqarash g‘oyalarini asoslay
bilishlari zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |