Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Germaniyada geografik ta’lim



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

3.3 Germaniyada geografik ta’lim 
XX  asrning  90-yilida  jahon  siyosiy  kartasida birlashgan  yagona  Germaniya 
davlati  paydo  bo‘ldi.  Ta’kidlab  o‘tish  joizki,  yagona  Germaniyaning  bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tish  yo‘li  bizning  mamlakatimizdagiga  o‘xshab  ketadi.  Ayniqsa, 
Germaniya  Demokratik  Respublikasida  ta’lim  tizimini  isloh  qilish  bo‘yicha  olib 
borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga to‘g‘ri keladi. 
Germaniyaning  hozirgi  davr  ta’lim  tizimidagi  asosiy  muammolaridan  biri 
sifatida  sobiq  GDRdagi  ta’limni  bir  xil  milliy  me’yorga  solishga  qaratilganligi 


93 
 
bilan  xarakterlanadi.  Avvalambor  shuni  ta’kidlash  joizki,  Germaniyada  ta’lim 
davlat  va  jamiyat  tomonidan  ardoqlanayotgan  soha  hisoblanib,  u  mamlakatning 
iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlar  ichida  kuchli  oltilikka  kirishiga  imkon 
bergan.  Germaniya  ta’lim  tizimining  tuzulishi  quydagicha:  Germaniyada  ta’lim 
tizimi: maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich 
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi 
bosqichi  hisoblansada,  lekin  u  davlat  tizimi  tarkibiga  kirmaydi.  Bog‘chalarni 
mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari xayriya birlashmalari korxonalar 
xususiy shaxslar diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga 
o‘z  farzandlarini  tarbiyalanganliklari  uchun  ancha  miqdorda  pul  to‘laydilar.  3 
yoshdan  6  yoshgacha  bolalarning  80%i  bog‘chalarga  qatnaydi.  Germaniyada 
odatda  bolalar  bog‘chada  tushgacha  tarbiyalanadilar.  Kunning  ikkinchi  yarmida 
esa uyda oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor. 
Majburiy  ta’lim  6  yoshdan  18  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarga  tegishli.  Bu 
jarayon  12  yil  davom  etadi.  Bundan  9  yillik  (ba’zi  joylarda  10  yil)  to‘liqsiz 
maktabda  o‘qishni  bitiradi.  Keyin  hunar-texnika  bilim  yurtida  o‘qishni  davom 
ettiradi.  Ta’lim  davlat  maktablarida  bepul  bo‘lib,  maktab  o‘quvchilarni  o‘quv 
qo‘llanma,  darsliklar  bilan  ta’minlaydi.  Xususiy  maktablar  ozroq.  O‘qish  6 
yoshdan  boshlanib,  4  yil  davom  etadi  (faqat  Berlinda  6  yil).  Boshlang‘ich 
maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 
5-6  sinf  bosqichdagi  yo‘nalish  maktablarda  maxsus  dastur  asosida  o‘qiydilar. 
Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: 
Bular:  asosiy  maxsus  maktab  real  bilim  yurtlari.  Deyarli  30%  bola  asosiy 
maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka 
o‘tiladi.  Maxsus  maktablarda  nuqsonga  ega  bo‘lgan  bolalar  o‘qiydi.  Real  bilim 
yurtlar  asosiy  maktab  va  yuqori  maktab  o‘rtasida  turadi.  Qoidaga  ko‘ra  bu  yerda 
o‘qish  6  yil  davom  etadi  (5-13  sinfgacha)  va  to‘la  ma’lumot  berish  bilan 
tugallanadi.  Bilim  yurtini  tugatganlar  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtiga  yoki  yuqori 
bosqichdagi  hunar-texnika  maktabiga  kirib  o‘qish  huquqiga  ega  bo‘ladi. 
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 
sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. 
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish 
imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, 
chunki  yuqori  malakali  ishchilarga  bo‘lgan  talab  kuchlidir.  To‘liqsiz  o‘rta 
maktabni 
bitiruvchilarning 
(9-10 
sinflar) 
79% 
to‘liq  o‘rta  maktabni 
bitiruvchilarning  esa  20%  hunar  ta’limi  tizimida  bilim  olishni  davom  ettiradilar. 
Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan 
iborat  bo‘lib  birinchi  yili  asosiy  hunar  ta’limi  beriladi.  Bunga  o‘qitilayotgan 
kasbga  taalluqli  maxsus  fanlardan  nazariy  asoslash  berilib  yirik  korxonalarda 
amaliy  mashg‘ulotlar  o‘tkaziladi.  Ikkinchi  yil  davomida  maxsus  hunar  ta’limi 
beriladi.  O‘quvchining  birinchi  yildan  ikkinchi  yilga  o‘tish  sinov  imtihonlari 
o‘tkazilib, o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida 
maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus 
komissiya  tomonidan  qabul  qilinadi.  Komissiya  a’zolari  korxonalarning  yetakchi 


94 
 
mutaxassislari
,
  federal  yerlardagi  sanoat  palatasi  hunarmandchilik  palatasi 
vakillaridan tashkil topadi.  Hunar  maktablarining diplomlari  oliy  o‘quv  yurtlariga 
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish 
talab  etiladi.  O‘qishga  qabul  qilish  imtihonsiz,  ya’ni  maktabni  tugatganligi 
to‘g‘risidagi hujjatga binoan amalga oshiriladi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish 
huquqiga  ega.  Oliy  o‘quv  yurtini  shtatdagi  rektor  yoki  bir  necha  yilga  saylangan 
Prezident  boshqaradi.  O‘z-o‘zini  boshqarishda  vazifalari  aniq  taqsimlab  berilgan 
bir  necha  guruhlar  bosqichma-bosqich  ishtiroki  tamoyiliga  amal  qilinadi.  Uning 
tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar 
kiradi.  Talabalar  o‘qishi  erkin  tashkil  etilgan.  Ko‘p  sonli  o‘quv  bosqichlari  bilan 
birga  o‘quv  rejalari  taklif  etiladi.  O‘qishga  haq  to‘lanmaydi.  Agar  talaba  yoki 
ularning  ota-onalari  oziq-ovqat  xarajatlarini  ko‘tara  olmasa,  o‘qish  uchun 
moliyaviy  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risidaga  federal  qonunga  ko‘ra  ular  moliyaviy 
yordam  oladilar.  Bu  yordamning  yarmi  stipendiyaga  qo‘shib  berilsa,  ikkinchi 
yarmi qarz tariqasida beriladi. 
Mamlakatda  ta’limni  isloh  qilish  masalasi  ko‘pdan  buyon  muhokama 
qilinmoqda,  bunda  o‘quv  jarayonini  qisqartirish  taklif  qilinmoqda.  Hozir 
universitetlarda  talabalar  7  yil  o‘qiydi.  Ular  o‘qishga  kirganlariga  qadar 
korxonalarda  bir  necha  yil  ishlashlari  yoki  bundesverda  xizmat  qilishni  hisobga 
olsak,  talabalar  haqiqiy  mehnat  faoliyatlarini  ancha  kech  boshlayotganligini 
tushunamiz.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  Germaniyadagi  mavjud  ta’lim  o‘ziga  xos 
yo‘nalishga ega bo‘lgan juda murakkab tizim hisoblanadi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish