Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
9.4. Geografiya olimpiadasi 
Sinfdan  tashqarida  olib  boriladigan  ta’lim  -  tarbiya  ishlaridan  biri  olimpiada 
o‘tkazishdir. Geografiya olimpiadasi o‘tkazishdan asosiy maqsad:  
O‘quvchilarning  geografik  karta  va  u  bilan  ishlay  olishlari,  geografik 
kashfiyotlar tarixi to‘g‘risidagi o‘quvchilar bilimini tekshirish, turli kartalarga qarab 
geografik ta’rif bera bilish, ayrim tabiiy geografik rayonlarga qiyosiy xarakteristika 
bera  olish,  o‘lka  materiallari  asosida  o‘z  shahri,  viloyati  va  respublikasi  haqida 
olgan  bilimlarini  mustahkamlash,  amaliy  xarakterga  ega  bo‘lgan  masalalarni 
(mo‘ljalga  olish,topografik  karta-sxema  chiza  olish,  o‘lchov  ishlarini  bajarish)  hal 
etish, hozirgi davrdagi yirik qurilish va o‘zgarishlardan xabardor qilishdan iboratdir. 
Olimpiada  o‘tkazish  bilan  maktablarda  olib  boriladigan  o‘lkashunoslik 
ishlariga  yakun  yasaladi.O‘lkani  o‘rganish  ishlari  yo‘lga  qo‘yilgan  eng  yaxshi 
maktablar  va  eng  yaxshi  “o‘lkani  o‘rganish”  to‘garaklari  aniqlanadi,  shuningdek 
geografiya  ta’limi  va  o‘quvchilar  bilimidagi  asosiy  yutuq  va  kamchiliklar  bilib 
olinadi.  To‘g‘ri  o‘tkazilgan  geografiya  olimpiadasi  qiyinchiliklarni  yengishda 


252 
 
o‘quvchilar  faolligini  oshiradi.  Olimpiadani  o‘tkazishda  universitet,  pedagogika 
institutlari,  viloyat  xalq  ta’limi  boshqarmasi  (shahar  bo‘limi),  viloyat  (shahar) 
pedagog  xodimlarni qayta  tayyorlash  va malakasini  oshirish  markazlari,  bolalar  va 
o‘smirlar  saroylari,  Yoshlar  Ittifoqi,  o‘lkashunoslik  muzeyi  va  bolalar  turistik 
stansiyalari o‘z hissalarini qo‘shadilar. 
Geografiya  olimpiadasi  to‘rt  bosqichda  o‘tkaziladi.  Bosqichlarni  o‘tkazish 
vaqtini Respublika xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
belgilaydi.  Geografiya  olimpiadalari  –  maktablarda  dekabr  oyi  oxirida  (birinchi 
bosqich),  tuman(shahar)lar  bo‘yicha  yanvar  oyi(qishqi  ta’til)  paytida  (ikkinchi 
bosqich),viloyat  bo‘yicha  mart  oyi  (bahorgi  ta’til)  paytida  (uchinchi  bosqich), 
respublika  bo‘yicha  aprel  oyining  oxirida(to‘rtinchi  bosqich)  o‘tkaziladish. 
Maktabda  o‘tkaziladigan  olimpiada  topshiriqlarini  bajara  olmagan  o‘quvchilar 
tuman  (shahar)  bosqichi  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  olimpiadada  qatnashmaydilar. 
Tuman  (shahar)dagi  olimpiada  g‘oliblari  viloyat  bosqichi  g‘oliblari,  o‘z  navbatida 
yakuniy  respublika bosqichi olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.  
Olimpiadada  beriladigan  savollar  mazmuni  jihatidan  o‘quvchilarning  bilim 
darajasiga mos kelishi kerak. Geografiya olimpiadasiga alohida tayyorgarlik ko‘rish 
kerak. Maktablarda olimpiada o‘tkazishga tayyorgarlik hakamlar tarkibini tuzishdan 
boshlanadi.  Hakamlar  hay’ati  tarkibiga  maktab geografiya  o‘qituvchilari  ( ularning 
biri mas’ul bo‘ladi), o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Yoshlar Ittifoqining 
vakillari kiradi. Maktablarda olimpiada oldidan suhbat, geografik kechalar, viktorina 
o‘tkazish,  maxsus  devoriy  gazetalar  chiqarish,  shuningdek,  ko‘zga  tashlanib 
turadigan joylarda olimpiada haqida e’lonlar osib qo‘yish kerak .  
Hakamlar  hay’ati  a’zolari  har  bir  sinf  uchun  alohida,  ikki  variantdan  iborat 
savollar  tuzib  chiqadilar.  Maktabda  o‘tkaziladigan  olimpiada  ikki  davradan  iborat 
bo‘lishi  mumkin.  Birinchi  davrada  geografik  mazmundagi  qiziqarli  masalalar  va 
maktab  olimpiadasida  beriladigan  topshiriqlar  mazmuniga  yaqinroq  savollar 
bo‘lib,oldindan  e’lon  qilinadi  va  o‘quvchilar  ma’lum  vaqt  ichida  javob  yozadilar. 
Mana shu birinchi davradagi savollarga javob bergan o‘quvchilar  ikkinchi davraga, 
ya’ni maktabda o‘tkaziladigan birinchi bosqich olimpiadasiga ishtirok etadilar. 
Maktabda  olimpiadada  ishtirok  etuvchilar  aniqlangandan  so‘ng  hakam  uning 
o‘tkazish  kunini  belgilaydi.  Maktab  birinchi  smenada  bo‘lsa  ,  darsdan  keyin, 
ikkinchi smenada bo‘lsa o‘qish boshlanishidan avval , bir kunni olimpiada kuni deb 
belgilanadi.  O‘quvchilar  maktab  zaliga  yig‘iladilar  hakamlar  hay’ati  raisi 
olimpiadani ochadi. So‘ngra o‘quvchilar sinflar bo‘yicha xonalarga tarqaladilar. Har 
bir  olimpiada  o‘tkaziladigan  sinf  doskasiga  savollar  yozib  qo‘yiladi.  Keyin  javob 
yozish uchun o‘quvchilarga yozuvsiz karta, qog‘oz, chizg‘ich, kompas, qalam ham 
beriladi. Berilgan savollarga javoblar belgilangan vaqt  (2-3 soat) davomida amalga 
oshiriladi. 


253 
 
 Maktabda  o‘tkazilgan  olimpiadada  beriladigan  savollar  umumiy  tamoyil 
asosida o‘qituvchi tomonidan tuzib chiqiladi. Savollar ikki variantda berilib, har bir 
variantda 3-4 tadan savol bo‘ladi.  
Maktabdagi  olimpiada  ishtirokchilari  o‘z  ishlarini  topshirganlaridan  keyin  har 
qaysi  sinf  bo‘yicha  ularning  ishlari  hakamlar  hay’ati  a’zolari  tomonidan  tekshirib 
chiqiladi va o‘sha kunning o‘zida natijalar tantanali tarzda e’lon qilinadi, g‘oliblarga 
mukofotlar topshiriladi. Tuman (shahar) olimpiadasiga  maktab olimpiadasida, ya’ni 
birinchi  bosqichda  g‘olib  chiqqan  o‘quvchilar  yuboriladi.  Har  bir  maktab  tuman 
(shahar)  uslubiy  kengashiga  olimpiada  ishtirokchilarining  soniga  qarab  maxsus 
shaklda  talabnoma  yuboradi.  Demak  ,  tuman  (shahar)  komissiyasi  olimpiadaga 
qadar jami nechta o‘quvchi tuman (shahar) olimpiadasiga ishtirok etishi mumkinligi 
haqida  ma’lumotga    ega  bo‘ladi.Tuman,  shuningdek,  shahar  olimpiadasida 
beriladigan  savollar  tajribali  geografiya  o‘qituvchilari  va  metodistlar  tomonidan 
tuziladi,  ular  konvertga  solinib  muhrlanadi  va  olimpiada  boshlanganda  e’lon 
qilinadi.  Tuman  (shahar)  olimpiadasi  o‘tkazish  uchun  xalq  ta’limi  bo‘limi 
tomonidan  tuman  (shahar)dan  bir  namunali  maktab  belgilanadi.  Olimpiadani 
o‘tkazish  uchun  tayyorgarliklarni  tuman  (shahar)  komissiyasi  olib  boradi.  Tuman 
(shahar)  olimpiadalari  barcha  tuman  (shahar)larda  ta’til  vaqtida  yoki  dam  olish 
kunida  ,  bir  vaqtda  va  bir  xil  savollar  asosida  o‘tkaziladi.  Tuman  (shahar) 
olimpiadasida    bajarilgan  ishlar  hakamlar  hay’ati  tomonidan  baholanib,  olimpiada 
g‘oliblari  e’lon  qilinadi,  ular  mukofotlanadi  hamda  olimpiadaning  viloyat 
bosqichiga yo‘llanma oladilar. Har bir tuman, shahar viloyat olimpiadasida ishtirok 
etish  uchun  Qoraqalpoqiston  Respublikasi,  viloyat  (Toshkent  shahar)pedagog 
xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlariga  maxsus shakldagi 
talabnomani taqdim etadilar. O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta 
maxsus  ta’lim  vazirligi  tomonidan  o‘quvchilar  fan  olimpiadasini  o‘tkazish 
to‘g‘risidagi Nizom asosida respublika ta’lim markazi xodimlari rahbarligida viloyat 
olimpiadasi  bahorgi  ta’til  paytida  o‘tkaziladi.  Olimpiadaning  viloyat  bosqichini 
o‘tkazish  uchun  hakamlar  hay’ati  tuziladi,  unga  oliy  o‘quv  yurtlari  prfessor-
o‘qituvchilari,  tajribali  geografiya  o‘qituvchilari  jalb  etiladi.  Nizomga  ko‘ra 
olimpiada  ikki kun davomida olib boriladi. Birinchi kunda olimpiada ishtirokchilari 
(9-11 sinflar) yozma ishni bajaradilar, bu ishlar jyuri a’zolari tomonidan tekshirilib, 
o‘sha  kunning  o‘zida  baholar  e’lon  qilinadi.  Ikkinchi  kun  barcha  olimpiada 
ishtirokchilari  (9-11  sinflar  kesimida)  test  topshiriqlarini  bajaradilar,  u  ham 
hakamlar  hay’ati  tomonidan  tekshirilib  baholanadi.  Olimpiada  ishtirokchilarining 
ikki  tur  bo‘yicha  to‘plagan  ballari  hakamlar  hay’ati  raisi  tomonidan  e’lon  qilinadi. 
Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan g‘oliblar taqdirlanadi, faqat 11-sinf 
bo‘yicha birinchi o‘rinni egalagan o‘quvchi respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 
Olimpiadaning respublika bosqichi aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi, unda 


254 
 
Qoraqalpoqiston  Respublikasi,  barcha  viloyatlar  hamda  Toshkent  shahar  11-sinf 
olimpiada  g‘oliblari  ishtirok  etishadi.  Olimpiada  respublika  test  markazi  xodimlari 
tomonidan  ikki  tur  yozma  va  test  sinovlari  tarzida  amalga  oshiriladi.  Olimpiada 
natijalariga  ko‘ra  75  baldan  ziyod  ball  to‘plagan  1,  2,  3  –  o‘rinni  egallagan 
o‘quvchilar  geografiya  yo‘nalishi  bo‘yicha  mamlakatimiz  oliy  o‘quv  yurtlari 
talabasi  degan  sharafga  sazovor  bo‘ladilar.  Olimpiada  g‘oliblari  matbuotda 
“Ma’rifat” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish